• Nasos stansiyasining prinsipial sxemasi
  • Nasoslar tuzilishi. Parrakli nasoslar




    Download 2.76 Mb.
    bet1/9
    Sana31.01.2023
    Hajmi2.76 Mb.
    #40456
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Nasos stansiyalarini tasniflash
    1 тест, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, 18 маъруза, 22-32, 2-ЛАБОРАТОРИЯ, РАҚАМЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМЛАРИ УМК 2018 237 БЕТ, ochiq dars ishlanma 5-sinf, Расписания АРТ апрел, Mavzu Go\'daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bn emotsi-fayllar.org, mustaqil ta\'lim BT sirtqi 2-kurs (96 soat), Tadqiqotlari, 1-topshiriq rgb-yorug’lik diodi. Impuls kengligining mo, Tcpip protokoli tarixi, labaratoriya 4 linux server

    Nasoslar tuzilishi. Parrakli nasoslar.
    Suyuqlikni haydash uchun mo’ljallangan gidravlik mashinalar nasoslar deyiladi. Nasoslar yuritkichning mexanik energiyasini harakatlanuvchi suyuqlikning mexanik energiyasiga aylantirib , suyuqlikni ma’lum balandlikka ko’tarish, gorizontal tekkislikda uni talab etilgan masofaga uzatish yoki berk tizimda aylantirish uchun hizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni birini bajargan holda nasoslar barcha holatlarda ham rasmda ko’rsatilgandek suv ta’minoti va kanalizatsiya shartlariga muvofiq ravishda nasos stansiyalari jihozlari tarkibiga kiradi.




    1.1-rasm. Nasos stansiyasining prinsipial sxemasi
    1-suv qabul qilish moslamasi; 2- nasos; 3-harakatga keltiruvchi elektr yuritgich; 4-elektr kuchlanishni pasaytiruvchi transformator; 5-elektr uzatish tarmog’i; 6-siquv quvuri; 7-suv chiqarish moslamasi.


    Mazkur sxemada nasosni harakatga keltirish uchun elektr tarmog`i ulangan elektr yuritgichdan foydalaniladi. Bunda suv voki boshqa ishchi suyuqlik, nasos bilan quyi havzadan so'rilib, siquv quvuri orqali yuqori havzaga, yuritgich energiyasini ^uyuqlik energiyasiga aylantirish hisobiga uzatiladi. Nasosdan keyingi suyuqlik energiyasi har doim nasosdan oldin bo'lgan energiyasidan katla bo`ladi.
    Nasos stansiyasi jihozlarining tarkibini, tuzifishining о ziga xosliklarini, shuningdek ish rejimini o'zgarish doirasini aniqlovchi asosiy ко'rsatkichlarga, nasos hosil qiiadigan siquv, uzatish, quwati va foydali ish koeffitsenti kabi ko'rsatgichJar kiradi.
    Siquv metrtarda o’Ichanadigan, nasosdan oldin va undan keyin bo'lgan kesimlardagi suyuqlikning solishtirma energiyasi farqini ifodalovchi kattalikdir. Nasos hosil qilingan siquv, suyuqlikni ko'tarish bo yicha eng baland yoki haydash bo'yicha eng uzoq masofani aniqlaydi (1.1 -rasmda mos ravishda H va L).
    Uzatish, ya’ni vaqt birligida siquv quvuriga nasos uzatadigan suyuqlik bajmi, odatda l/s yoki m3/ soatda o'Ichanadi.
    Quvvat, talab etilgan siquvni hosil qilish va quvurlar bo'yicha suyuqlik harakatda bo’lganda barcha energiya yo'qolishlami yengish uchun nasos sarflaydigan quvvatdir. Kilovat (kVt) larda o'lchanadigan nasos quwati, xarakatga keltiruvchi yuritgichni va nasos stansiyasining yig'indi (o'rnatilgan) quvvatini aniqlaydi.
    Foydali ish koeffitsenti (FIK), nasos yordamida yuritgich mexanik energiyasini harakatdagi suyuqlikning energiyasiga aylantirish bilan bog'liq bo'lgan energiya yo'qolishini hisobga oladi. F1K nasosning qolgan ko'rsatkichlari (siquv, uzatish, quvvat) o'zgarganda, nasosdan foydalaaishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
    Nasoslarni paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi, ulardan dastawal faqat suvni ko'tarish uchun foydalanilganligini ko'rsatadi. Xozirgi kunda shaharlami, sanoat korxonalami va elektr stansiyalarini suv ta’minoti va kanalizatsiyasidan tashqari, nasoslar yemi sug'orish va quritish, energiyani gidroakkumulyatsiyalash, materiallarini transportlash uchun qo'llaniladi.
    Issiqlik elektr stansiyalar qozonxonalarni ta’minot nasoslari, kema nasoslari, neft, kimyo, qog’oz, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlari uchun mo'ljallangan nasoslar mavjud.
    Ishlash prinsipi bo'yicha nasoslar ikki turga bo'linadr: dinamik va hajmiy (1.2-rasm).
    Dinamik nasoslarda, suyuqlik doimiy hajmga ega bo'lgan va uzatish hamda olib ketish moslamalari bilan jihozlangan kamerada ta’sir kuchi ostida harakatga keladi. Suyuqlikka ta’sir etadigan kuchning turiga ko'ra dinamik nasoslar o'z navbatida parrakli va ishqalanishli nasoslarga bo'linadi.
    Hajmli nasoslaming ishlash prinsipi, suyuqlikni kamera hajmining kamayishi hisobiga siqib chiqarilishga asoslangandir. Kamera hajmining davriy ravishda o'zgarishi ishchi qismining ilgarlama-qaytish yoki aylanma harakati hisobiga sodir bo'ladi. Bunda kamerani haydaladigan suyuqlik bilan galma-gal to'ldirilib bo'shatilishi, nasosning kirish va chiqish quvurchalarining klapan moslamalari bilan ta’minlanadi.

    1.2 -rasm. Nasoslaruing tasnifi
    1.2. Parrakli nasoslarning tuzilishi va ishlash priusiplari
    Parrakli nasoslarga markazdan qochma, o'qli va diagonalli nasoslar kiradi. Mazkur nasoslaming ishlash prinsipi, ishchi g'ildirak parraklarini oqib o'tadigan haydaladigan suyuqlik oquni bilan о’ zaro kuchli ta’sirlanishga asoslangandir. Lekin qayd etilgan turli hil nasoslarda o'zaro ta'sirlanish mcxanizmi har xil bo'ladi va shu sababli ulaming konstruktiv tuzilishi va foydalanish ko'rsatkichlari ham turli xildir.
    Markazdan qochma nasoslar. Markazdan qochma nasoslarda o'qga o'rnatilgan va qobiq ichida erkin aylanadigan ishchi g'ildirak uning asosiy qismidir (1.3-rasm). Ishchi g'ildirak bir biridan ma’lum masofada o'rnatilgan ikki (oldi va orqa) disklardan tashkil topgan.
    Disklar orasida, ularni yaxlit konstruksiyaga birlashtiruvchi va g'ildirakni aylanish yo'nalishiga teskari tomonga bir tekisda egilgan parraklar joylashgan
    G’ildirak aylanganda. parraklararo kanaldagi val o’qidan r masofada joylashgan har bir m massasiga ega bo'lgan suyuqlik qismiga, quyidagi ifoda bilan aniqlanadigan markazdan qochma kuch ta’sir etadi.

    1.3-rasm. Markazdan qochma nasos: a-uzunligi bo'yicha qirqim; 6-ko'ndalang qirqim;
    l-ishchi g'ildirak; 2-islichi g'ildirak kurakchalari; 3-val; 4-qobiq; 5-so rish quvurchasi; 6-so‘rish qavuri; 7-siquv quvurchasi; 8-siquv quvuri.
    Bu kuchning ta’sirida suyuqlik ishchi g ildirakdan chiqarib tashlanadi va buning natijasida g'ildirak markazida bosim pasayishi, uning chetlarida esa bosim ko'tarilishi sodir bo'ladi. Nasos orqali suyuqlik harakatini uzluksiz ta’minlash uchun haydaladigan suyuqlik ishchi g'ildirakka uzatilishi va undan olinishi lozim. So'rish quvuri 6 (1.3-rasm) va so'rish quvurchasi 5 orqali suyuqlik nasosning ishchi I g'ildirakning oldi diskdagi teshikdan kiradi. Suyuqlikni olish uchun nasos qobig'ida kengayadigan spiralsimon kamera mavjud, unga ishchi g ildirakdan suyuqlik otilib yuboriiadi. Spiralsimon kamera qisqa diffuzorga o'tadi va 7 siquv quvurchasini hosil qiladi. Siquv quvurchasi odatda 8 siquv quvuriga ulanadi.
    O'qli nasostar. O'qli nasoslaming ishchi g'ildiragi (1.4-rasm) bir nechta parraklar o'rnatilgan vtutkadan tashkil topgan. Parraklami oqimga uriladigan oldi tomonlari egilgan qanotlar ko'rinishida bo'ladi. Nasosning ishchi g'ildiragi suyuqlik bilan to lgan quvursimon kamerada aylanadi.
    1 4-rasm O'qli nasos:
    1-ishchi g'ildirak; 2-ishchi g'ildirak kamerasi; 3-to'g'riIovchi apparat; 4-otvod.
    Parraklar suyuqlikka dinamik ta’sir ko'rsatishi va oqim tezligini o'zgarishi natijasida panak ustida bosim ortadi, uni tagida esa pasayadi. Buning hisobiga ko'tarish kuchi hosil bo'ladi va g'ildirak doirasidagi suyuqlikning asosiy massasi o'qniag yo’nalishi bo'yicha harakatlanadi. Shuning uchun bunday nasoslar o'qli deyiladi.

    Download 2.76 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nasoslar tuzilishi. Parrakli nasoslar

    Download 2.76 Mb.