• Sobirov Ulug‘bek Nabijon o‘g‘li
  • Kalit so’zlar
  • Ключевые слова
  • «Научный импульс» Октябрь, 2022 696 qattiq jism kristallarini o’stirish nazariyasi muminov Islomjon Arabboyevich




    Download 319.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana04.02.2023
    Hajmi319.5 Kb.
    #40974
      1   2
    Bog'liq
    Muminov
    1 курс Бошлангич таълим семестровка СИРТКИ 32 лик, элементарная математика 2022, 1. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining ya, A.Obidjon, Tabiatdagi simmetriya, 11-mavzu. Iqtisodiy indekslar reja Indekslar to’g’risida tushun, elektr-yuritma-asoslari-fanidan, klaviatura, Masofaviy ta’lim texnologiyasi, Reja Mexanik harakat, Ona yurtim tabiati, РПЛРПЛ, hgfhgf, uiuhiuhuh


    Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
    «Научный импульс» Октябрь, 2022
    696 
    QATTIQ JISM KRISTALLARINI O’STIRISH NAZARIYASI 
    Muminov Islomjon Arabboyevich 
    Farg’ona davlat universiteti, Fizika-matematika fanlari bo’yicha 
    falsafa doktori (PhD); 
    Sobirov Ulug‘bek Nabijon o‘g‘li 
    Farg’ona davlat universiteti, Fizika (Yarimo’tkazgichlar fizikasi) yo’nalishi magistranti 
    Qattiq jismlar kristall panjaralari tuzilishi, qattiq jism kristall panjaralarining o’stirish 
    mexanizmlari, polimorfizm xodisasi va kremniy kristallarini o’stirishda foydalaniladigan 
    ba’zi bir muxim usullari ustida qisqacha tahlil qilingan
    Kalit so’zlar: Kristall panjara tuzilishi, kristallarni o’stirish, polimorfizm, yashirin
    issiqlik. The structure of solid state crystal lattices, the growth mechanisms of solid state 
    crystal lattices, the phenomenon of polymorphism, and some important methods used in 
    the growth of silicon crystals are briefly analyzed. 
    Key words: Crystal lattice structure, crystal growth, polymorphism, latent heat. 
    Кратко проанализированы структура твердотельных кристаллических решеток, 
    механизмы 
    роста 
    твердотельных 
    кристаллических 
    решеток, 
    явление 
    полиморфизма и некоторые важные методы, используемые при выращивании 
    кристаллов кремния. 
    Ключевые слова: структура кристаллической решетки, рост кристаллов
    полиморфизм, скрытая теплота
    Moddaning kristall bo’lmagan holatdan (gaz, suyuqlik) kristall holatga o’tish jarayoni
    kristallanish deyiladi. Agar bu o’tish birinchi tur fazaviy o’tish bo’lsa, u holda issiqlik 
    ajraladi. Bunday issiqlik kristallanish yashirin issiqligi deyiladi. Yarimo’tkazgich va metall
    kristallarni olishda bir nechta texnologik usullar qo’llaniladi. Yarimo’tkazgichning kremniy 
    kristallarini o’stirishda foydalaniladigan ba’zi bir muxim usullari ustida qisqacha to’xtab 
    o’tamiz. Dastlab toza kremniyni uning birikmalaridan ajratib olish kerak. Buning bir necha 
    usullari mavjud: 
    Kremniy tetraxloridi SiCl
    4
    n
    i yuqori temperaturada rux yordamida tiklash yo’li bilan 
    undan ancha toza kremniy ajratib olish mumkin: 
    SiCl (gaz) + 2Zn(gaz) + Si(qattiq) + 2ZnCl
    2
    (gaz).
    (1) 
    Kremniy tetraxloridi SiCl
    4
    ni vodorod yordamida tiklash oldingi usulga nisbatan yana 
    ham toza kremniy olish imkonini beradi. Bu reaksiya 1050
    0
    C − 1100
    0
    C da amalga 
    oshiriladi: 
    SiCl
    4
    + 2H
    2
    → Si + 4NSl.
    (2) 
    Trixlorsilan SiNSlZ ni vodorod yordamida tiklash usuli ham yuqori temperaturada 
    (1000
    0
    C − 1100
    0
    C) kechadi: 


    Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
    «Научный импульс» Октябрь, 2022
    697 
    SiNSlZ + N
    2
    → Si + 3HCl.
    (3) 
    Toza kremniy olishning yana bir usuli - uni SiN
    4
    dan olishdir: 
    SiH
    4
    + Si + 2N
    2
    (4) 
    Bu parchalanish jarayoni 600
    0
    C − 700
    0
    C da yetarli darajada tezroq va to’laroq sodir 
    bo’ladi. Kremniy olishning yodid usuli xam mavjud bo’lib, bunda quyidagi birikish va 
    parchalanish reaksialari yuz beradi: Si + 2I → SiI
    4
    1100
    0
    C − 1200
    0
    C temperaturada reaksiya muvozanati toza kremniy ajralishi 
    tomoniga og’adi. Yuqorida tavsiflangan kremniyni ajratib olish usullari yetarli darajadagi 
    tozalikni bera olmaydi, unda ko’pdan-ko’p va xilma-xil kirishmalar qoladi. Yetarli darajadagi 
    tozalikka erishish uchun kremniy kristallizatsiyalash usullari yordamida tozalanadi. Ulardan 
    eng ko’p qo’llanadiganlari gorizontal va vertikal zonaviy suyultirish xamda suyuqlikdan 
    tortib olish usullaridir. Kremniyni asosan kvarsdan yasalgan idishlarda (tigel yoki 
    qayiqchalarda) suyultiriladi, tigelsiz vertikal zonaviy suyultirish usuli ayniqsa yaxshi natija 
    beradi. Bu usul asosida bir moddaning suyuq va qattiq xolatlarida begona(yot) moddalar 
    (kirishmalar)ning eruvchanligi xar xil bo’lishligi yotadi. 
    Yetarlicha tozalangan kremniyning monokristallarini olishda eng ko’p qo’llaniladigan
    usullar - suyuqlikdan tortib olish, Choxralskiy va tigelsiz zonaviy suyultirish) usullaridir. 
    Birinchi usulda idishdagi kremniy suyuqligiga qarmoq vazifasini bajaradigan kremniy 
    kristalchasi tekkiziladi, so’ng uni aylantirib, yuqoriga muayyan tezlikda ko’tariladi. 
    Suyulmaning qarmoq kristallchaga ilashgan qismi qarmoq bilan bir vaqtda ko’tarila boradi, 
    suyulmadan yuqorida sovib, kristallanib o’sa boradi. Kristallarni o’stirishning epitaksial 
    usullari ham mavjud. Bu usullar gaz yoki suyuq xolatdagi moddani taglik jismlar ustiga 
    monokristall yoki polikristall qatlam ko’rinishida o’tqazishdan iborat. 
    Polimorfizm xodisasi. Qattiq jismlarning ko’pchiligi har xil temperatura va bosimda 
    turg’un bo’la oladigan ikki hamda undan ortiq kristall to’zilishga ega bo’lishi mumkin. Bunday 
    xodisa polimorfizm deyiladi. U keng tarqalgan xodisadir, kimyo moddalarning yarmisidan 
    ortiqrog’ida polimorfizm nisbatan kichik temperatura oraliqlarida namoyon bo’lishi ma’lum. 
    Yetarlicha katta temperatura va bosim oraliqlarida har qanday moddada polimorfizm 
    mavjud bo’lishi kerak degan xulosaga kelindi. Polimorfizmga yorqin misol bo’ladigan modda 
    qalayidir. U ikki xil kristall tuzilishda mavjud bo’la oladi: oddiy metall- oq qalayi 13, Z + S 
    dan yuqorida turg’un bo’ladi (β-qalayi), mazkur temperaturadan pastda kul rang (tussiz)
    qalayi (α - qalayi) turg’un bo’ladi. Oq qalayi kristalining panjarasi hajmiy makazlashgan 
    tetragonal panjaradir, kul rang(tussiz) qalayi panjarasi esa olmosnikiga o’xshash, bunda 
    kovalent bog’lanish mavjud, u yarimo’tkazgichlik xossasiga ega. Mos ravishda β va α - 
    qalayining zichliklari 7,3 g/sm
    3
    va 5,8 g/sm
    3

    Qalayining hajmi β fazadan α fazaga o’tishda (polimorfizm o’tishda) 25% ga ortadi va α 
    -qalayidan yasalgan buyum yemirilib ketadi. Bu xodisa sovuq tushganda yuz beradi. Bunday 
    xodisaga «qalay vabosi» deb nomi berilgan. Yaxlit bir kristall tuzilishga ega bo’lgan kristallar 
    monokristallar deyiladi. Boshqacha aytganda, ular bir kristall donadir. Aloxida sharoitda 
    ularni o’stirish mumkinligi to’g’risida yuqorida aytildi. Ammo, amalda uchraydigan kristall 


    Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
    «Научный импульс» Октябрь, 2022
    698 
    jismlar, masalan, metallar, bir-biriga yopishgan juda ko’p sondagi mayda kristall 
    donachalardan iborat polikristallar bo’ladi. 

    Download 319.5 Kb.
      1   2




    Download 319.5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Научный импульс» Октябрь, 2022 696 qattiq jism kristallarini o’stirish nazariyasi muminov Islomjon Arabboyevich

    Download 319.5 Kb.
    Pdf ko'rish