|
«Научный импульс» Января, 02 1561 simsiz tarmoqlar xavfsizligini ta’minlashda eap (extensible authentication protocol) protokolining qo’llanilishiBog'liq Shermuxammedov Jasurbek Abobakir o\'g\'li часть
2
«
Научный импульс
»
Января
, 202
4
1564
ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina muzokarali qarashlar gobal tarmoq orqali keng tarqalmoqda.
Qanday qilib, tarmog‘ingiz xavfsizligini yuqori darajaga ko‘tarish mumkin?
Har qanday tarmoq kirish nuqtasi va simsiz mijoz aloqasi quyidagicha qurilgan:
• Autentifikatsiya — mijoz va kirish nuqtasi bir — birlariga qanday tanishtirilishi va
o‘zaro aloqa qilishga huquqini tasdiqlaydi;
• Shifrlash — uzatiluvchi ma’lumotlarda qanday shifrlash algoritmlari qo‘llanilishi,
qanday qilib shifrlash kaliti shakllantirilishi va u qachon o‘zgartirilishi.
Simsiz aloqa tarmog‘i ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda uning nomi, tarmoq paketlari
yordamida bog‘lanish nuqtasi bilan doim aloqada bo‘ladi. Kutilgan xavfsizlik sozlamalaridan
tashqari, xohishga ko‘ra bir necha ko‘rsatkichlar uzatilishi mumkin: QoS (xizmat ko‘rsatish
sifati) va 802.11n (simsiz aloqa standarti) ma’lumot almashish tezligi hamda boshqa qo‘shnilar
haqida axborot beradi. Autentifikatsiya mijozni kirish nuqtasiga o‘zini tanishtirishni aniqlab
beradi.
Yuz berishi mumkin bo‘lgan variantlar:
• Open — ochiq tarmoq, barcha ulanuvchi qurilmalar oldindan avtorizatsiya qilingan;
• Shared — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi kalit yoki parol bilan tekshirilishi lozim;
• EAP — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi tashqi server EAP protokoli bilan tekshirilishi
lozim.
EAP protokollaridan ixtiyoriy bittasini qo‘llash tarmoq ma’muri tomonidan bajarilishi
zarur. Windows XPGVistaG7, iOS, Android OTga o‘rnatilgan standartlar kamida EAP-TLS va
EAP-MSCHAPv2 protokollarini ishlata oladi. Windows osti Intel mijoz adarterlarini ProSet
utilitasini (mavjud ro‘yxatni kengaytira oluvchi) taqdim etadi. Buni Cisco Any Connect Client
amalga oshiradi. Open Authentication va No Encryption uchun hech narsa kerak emas,
tarmoqqa ulanishni o‘zi kifoya. Radio muhit ochiqligi sababli signal barcha yo‘nalishlarda
tarqaladi va uni to‘sib qolish qiyin masala. Ulanishga qo‘shilish mumkinligi mos mijoz
adapterlari tufayli tarmoq trafigi hujum qiluvchiga o‘zini xuddi simli aloqa tarmog‘ida, NUV
da, SPAN-port kommutatoridagidek xis qiladi. WEP protokoliga asoslangan shifrlash uchun
TKIP yoki AES asoslangan shifrlash uchun to‘g‘ridan — to‘g‘ri deshifrlash nazariyada iloji
bor, ammo amaliyotda buzish xolati uchramagan. Albatta, PSK kalit uchun yoki EAP
protokolidan biriga parol tanlashni sinab ko‘rish mumkin. Berilgan hujumlarning qo‘llanilishi
noma’lum. Bu jarayonda ijtimoiy injeneriya yoki kriptoanaliz usullaridan foydalanish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Научный импульс» Января, 02 1561 simsiz tarmoqlar xavfsizligini ta’minlashda eap (extensible authentication protocol) protokolining qo’llanilishi
|