Navoiy davlat konchilik instituti energo mexanika fakulteti




Download 50.19 Kb.
bet2/12
Sana23.05.2022
Hajmi50.19 Kb.
#21659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AKUSTIKAVIY OLCHASH
Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
Umumiy qoidalar
Apparatlar nazorat obyektida nuqsonlarning yuzaga kelishi, mavjudligi va ularning rivojlanish jarayonini buzmaydigan akustik-emission nazoratini bajarishda qo‘llaniladigan akustik-elektron qurilmalardan tashkil topadi. Akustik emissiya usuli akustik nazorat turiga mansub bo‘lib, ma’lumot olish sxemasiga ko‘ra passiv usul hisoblanadi. Bu asosiy vazifasi AE signallarni qabul qilish va identifikatsiyalash, ularni kuchaytirish, qayta ishlash, signal parametrlari qiymatlarini ajratish va aniqlash, ma’lumotlarni qayd qilish va taqdim etish bo‘lgan apparatlarning strukturasini belgilab beradi.
Materiallarning plastik deformatsiyasi va buzilishida akustik-emission jarayon stoxastik (tasodifiy) impulsli jarayon hisoblanadi. Ishchi jismning ishqalanishi va emirilishi uzluksiz AE bilan birga kechadi. AE turi signallarni qayta ishlash usullari, asboblarning ajratiladigan parametrlari va strukturasini belgilaydi.
Nisbatan katta dinamik diapazonda ishlash zaruriyati AE apparatlarining o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Bu kichik amplitudali alohida AE signallarni aniqlashning ahamiyati, shuningdek nisbatan katta amplitudali intensiv impulslar oqimi bilan ajralib turadigan darzlarning jadal rivojlanishida AE signallarni qayd qilish zaruriyatidan kelib chiqadi. Nazorat o‘tkazish paytida AE signallarning dinamik diapazoni 100 dB ga etishi va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
AE usul texnik vositalari obyektlarni nazorat qilish va AE signal parametrlari qiymatlarini aniqlash vositalari hisoblanadi. Ular sertifikatlashtirish sinovlari jarayonida har qaysi AE tizimi (asbobi) uchun aniqlanishi talab etiladigan parametrlar va texnik tavsiflarga ega.
Akustik emissiya asboblari blok yoki komponentlari parametrlarining qiymatlari va texnik tavsiflarini nazorat qilish va aniqlash usullari hamda bajarilgan operatsiyalar natijalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Zamonaviy AE tizimlarda ma’lumotlarni yig‘ish, to‘plash, taqdim etish va tahlil qilishni boshqarish uchun protsessorlar (mini yoki mikrokompyuterlar) va periferiya qurilmalari ishlatiladi. Qo‘llaniladigan AE tizimi hisoblash bloklari mustaqil bloklar — AE apparatlarining nomaxsus qismi sifatida qaraladi. Shuning uchun EHM larni o‘z ichiga olgan AE tizimlarini attestatsiya qilishda hisoblash texnikasi va uning periferiyasi ishlab chiqaruvchilarining tavsiyalaridan foydalanish lozim. Hujjat EHM va uning periferiyasini sinovdan o‘tkazishga joriy etilmaydi.

Download 50.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 50.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat konchilik instituti energo mexanika fakulteti

Download 50.19 Kb.