Akustik-emission nazorat vositalarining tavsifi




Download 50.19 Kb.
bet3/12
Sana23.05.2022
Hajmi50.19 Kb.
#21659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AKUSTIKAVIY OLCHASH
Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
Akustik-emission nazorat vositalarining tavsifi
AE vositalari murakkabligiga qarab asboblar va tizimlarga ajratiladi. AE asboblari quyidagilarga ajratiladi:
bir kanalli;
ikki kanalli;
to‘rt kanalli;
ko‘p kanalli.
AE tizimlari apparat vositalari, hisoblash qurilmalari va maxsus dasturiy ta’minot yig‘indisidan tashkil topgan ko‘p kanalli murakkab qurilma bo‘lib, maxsus protsessorlar, shuningdek universal EHM larni o‘z ichiga oladi.
Ishlatiladigan joyiga qarab AE tizimi apparat vositalari quyidagilarga ajratiladi:
laboratoriya apparatlari;
dala apparatlari.
Ishlatish usuliga qo‘ra ular quyidagilarga ajratiladi:
statsionar apparatlar;
mobil (harakatlanuvchi texnik vositalarga o‘rnatilgan) apparatlar;
ko‘chma apparatlar.
Qo‘llanilish sohasiga ko‘ra:
universal apparatlar;
ixtisoslashgan apparatlar.
Sinflar bo‘yicha AE nazorati apparat vositalari AE nazorati paytida olinadigan ma’lumot hajmiga ko‘ra to‘rtta sinfga ajratiladi:
a) I sinf apparatlar — “Idishlar, apparatlar, qozonlar va texnologik quvurlarning akustik-emission nazoratini tashkil etish va o‘tkazish qoidalari”ga to‘liq muvofiq holda AE manbalarini ajratish, qayta ishlash, taqdim etish va tasniflashni ta’minlovchi apparatlar. I sinf apparatlarga universal AE tizimlari kiradi.
b) II sinf apparatlar — “Idishlar, apparatlar, qozonlar va texnologik quvurlarning akustik-emission nazoratini tashkil etish va o‘tkazish qoidalari”da ko‘rsatilgan parametrlarning bir yoki bir nechtasi, lekin ko‘pi bilan 25% bo‘yicha AE manbalarini ajratish, qayta ishlash, taqdim etish va tasniflashni ta’minlamaydigan apparatlar. II sinf apparatlarga keng sohada qo‘llaniladigan AE asboblari kiradi.
v) III sinf apparatlar — “Idishlar, apparatlar, qozonlar va texnologik quvurlarning akustik-emission nazoratini tashkil etish va o‘tkazish qoidalari”da ko‘rsatilgan parametrlarning 25% — 50% bo‘yicha AE manbalarini ajratish, qayta ishlash, taqdim etish va tasniflashni ta’minlamaydigan apparatlar. III sinf apparatlarga ixtisoslashgan AE asboblari kiradi.
g) IV sinf apparatlar — “Idishlar, apparatlar, qozonlar va texnologik quvurlarning akustik-emission nazoratini tashkil etish va o‘tkazish qoidalari”da ko‘rsatilgan parametrlarning 50% dan ortig‘i bo‘yicha AE manbalarini ajratish, qayta ishlash, taqdim etish va tasniflashni ta’minlamaydigan apparatlar. IV sinf apparatlarga tor ixtisosdagi AE asboblari kiradi.
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan barcha talablar I va II sinf apparatlarga taalluqli.

Download 50.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 50.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akustik-emission nazorat vositalarining tavsifi

Download 50.19 Kb.