• Akustik-emissiya apparatlarining parametrlari va texnik tavsiflari
  • Akustik-emissiya apparatlarining tarkibi




    Download 50.19 Kb.
    bet4/12
    Sana23.05.2022
    Hajmi50.19 Kb.
    #21659
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    AKUSTIKAVIY OLCHASH
    Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
    Akustik-emissiya apparatlarining tarkibi
    AE apparatlari tarkibiga quyidagi bloklar kiradi:
    AE o‘zgartirgichlar (AEO‘);
    dastlabki va asosiy kuchaytirgichlar;
    signallarni identifikatsiyalash va qayta ishlash, AE signallarning parametrlarini ajratish va o‘lchash, ma’lumotlarni qayd qilish va taqdim etish vositalari, shu jumladan bo‘sag‘a qurilmalari;
    yordamchi parametrlarni o‘lchash vositalari;
    kontrollerlar.
    AE apparatlari tarkibiga, shuningdek buyurtmachi bilan kelishilgan holda, EHM, akustik o‘zgartirgichlarni mahkamlash qurilmalari, kabel liniyalari, yordamchi fizik kattaliklarni qayd etish datchiklari va foydalanish xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa uskunalar kiritilishi mumkin. AE o‘zgartirgichlarga qo‘yiladigan talablar va ularni kalibrlash usullari “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan akustik emissiya o‘zgartirgichlariga qo‘yiladigan talablar”da beriladi.
    Akustik-emissiya apparatlarining parametrlari va texnik tavsiflari
    AE apparatlarining ishlashini tavsiflovchi texnik ma’lumotlar asosiy (parametrlar va texnik tavsiflar) va umumiy (parametrlar va texnik tavsiflar)ga ajratiladi.
    AE apparatlarining asosiy parametrlari va texnik tavsiflari — bu nazorat qilinadigan obyektning holatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega, AE nazorati amaliyotida tez-tez va adekvat holda ishlatiladigan texnik ma’lumotlardir. Qolgan barcha texnik ma’lumotlar umumiy ma’lumotlar toifasiga kiradi. AE apparatlarining asosiy parametrlari va texnik tavsiflari apparatlarning pasportida ko‘rsatilishi kerak va ular attestatsiya obyekti hisoblanadi.
    AE apparatlarining asosiy parametrlari va texnik tavsiflariga quyidagilar kiradi:
    a) kuchaytiruvchi traktning o‘z shovqinlari darajasi, ish;
    b) dinamik amplituda diapazoni;
    v) ishchi chastotalar diapazoni;
    g) amplituda-chastota tavsifi (AChT);
    d) AE impulslarni qayta ishlashning maksimal tezligi;
    e) apparatlarning kanallari soni;
    j) o‘lchanadigan AE signal parametrlarining ro‘yxati;
    z) AE apparatlarining o‘lchanadigan parametrlari ro‘yxati.
    Quyidagilar AE apparatlarining umumiy parametrlari va texnik tavsiflari hisoblanadi:
    a) elektr toki kuchlanishi;
    b) iste’mol qilinadigan quvvat;
    v) apparatlarning iqlimiy va texnik ish sharoitlari (namlik, harorat va h. k.);
    g) apparatlarning massasi;
    d) apparatlar va alohida bloklarning gabarit o‘lchamlari;
    e) apparat bloklarining soni.

    Download 50.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 50.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akustik-emissiya apparatlarining tarkibi

    Download 50.19 Kb.