Akustik-emissiya apparatlarining parametrlari va texnik tavsiflariga qo‘yiladigan talablar




Download 50.19 Kb.
bet5/12
Sana23.05.2022
Hajmi50.19 Kb.
#21659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AKUSTIKAVIY OLCHASH
Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
Akustik-emissiya apparatlarining parametrlari va texnik tavsiflariga qo‘yiladigan talablar
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarni nazorat qilish uchun ishlatiladigan akustik emissiya apparatlarining parametrlari va texnik tavsiflariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) kuchaytiruvchi trakt o‘z shovqinlari kuchlanishining kuchaytiruvchi trakt kirishiga keltirilgan samarali qiymati (uning kirishining qisqa tutashuv rejimida) 5 μV dan oshmasligi kerak;
b) AE signal amplitudasini o‘lchash dinamik diapazoni kamida 60 dB bo‘lishi kerak;
v) apparatlarning ishchi chastotatalari diapazoni 10,0 kHz — 1,0 MHz doirasida bo‘lishi kerak. Kesma chastotalarning maksimal chetga chiqishi kesma nominal chastotalarining 10% dan oshmasligi kerak.
Tartib buzilganda ishchi diapazon tashqarisidagi kesma chastotalariga nisbatan oktavadagi (2-marta) kuchsizlanish AE apparatlarning har qaysi kanali bo‘yicha, odatda, kamida 30 dB bo‘lishi kerak. Amplituda-chastota tavsifining notekisligi ± 3 dB dan oshmasligi kerak.
g) chastotalarning ishchi diapazoni o‘rtacha geometrik chastotada o‘lchanganda AE signal amplitudasining o‘lchov xatoligi ± 2 dB dan oshmasligi kerak.
d) kirishga keltirilgan bo‘sag‘a kuchlanishni rostlash diapazoni: 20 dB — 80 dB (kuchaytiruvchi trakt kirishida nisbatan 1 μV), imkoniyat 1 dB;
e) belgilangan bo‘sag‘a bilan bir qatorda “o‘zgaruvchan bo‘sag‘a” ham qo‘llanilishi mumkin, bo‘sag‘a darajasining o‘rtacha kvadrat shovqin darajasi qiymatidan oshishi 10 ÷ 20 dB doirasida tartibga solinishi kerak;
j) apparatlarda AE energiyasi (energetik parametrlari)ni hisoblash bloki bo‘lishi kerak;
z) apparatlarning belgilanadigan vaqtinchalik parametrlari (AE impulsining maksimal qiymatini nazorat qilish oralig‘i, impuls davomiyligi, impulsning tugashi): 50 μs ÷ 65 ms;
i) apparatlarda belgilangan bo‘sag‘adan oshganda ishga tushadigan yorug‘lik va (yoki) tovush signalizatsiyasi bo‘lishi kerak;
k) AE signalning kelib tushishi vaqtini qayd qilishda: imkoniyat ko‘pi bilan 1 μs;
l) signal davomiyligini o‘lchash diapazoni: kamida 65 ms, imkoniyat ko‘pi bilan 1 μs;
m) chiqishlar (impulsda) sonini o‘lchash diapazoni: kamida 65000, imkoniyat 1;
n) signalning o‘sib borish (maksimal qiymatga etish) vaqtini o‘lchash diapazoni: kamida 65 ms, imkoniyat ko‘pi bilan 1 μs;
o) bir kanalli rejimda ishlaganda AE signallarni qayta ishlash tezligi: kamida 1000 1/s;
p) apparatlar AE signallarning birlamchi parametrlarini va ularning bog‘lanishlarini qayd qilish va kamida 10 yilga arxivlashni ta’minlashi kerak;
r) har qaysi kanal bo‘yicha akustik-emissiya signallarining birlamchi o‘lchanadigan parametrlarini baholash generator (imitator) tomonidan beriladigan signal parametrlari qiymatlarini apparatlarda o‘lchangan qiymat bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Nisbiy xatolik quyidagicha bo‘lishi kerak:
vaqtinchalik parametrlar uchun — ko‘pi bilan 0,5 % ± 1 μs;
boshqa parametrlar uchun — ko‘pi bilan 2 dB.
O‘lchovlar asbob ishchi chastotalari diapazonining o‘rtacha geometrik chastotasida bajariladi.
s) parametrik kanal parametrlar o‘lchovining dinamik diapazonini kamida 60 dB bo‘lishini ta’minlashi kerak;
t) apparatlarda apparat yoki dastur darajasida tayyorlangan yuklanish sikllari sonini hisoblagich bo‘lishi tavsiya etiladi;
u) tok kuchlanishi: o‘zgaruvchan tok, kuchlanish 127 V ÷ 220 V;
doimiy tok, kuchlanish 12V ÷ 24V;
f) iste’mol qilinadigan quvvat: 2,5 kVA gacha.

Download 50.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 50.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akustik-emissiya apparatlarining parametrlari va texnik tavsiflariga qo‘yiladigan talablar

Download 50.19 Kb.