• Akustik-emissiya apparatlarini sinashda ularning parametrlarini o‘lchash tartibi
  • Sinov shartlari
  • VI bob. Akustik-emissiya apparatlarining aniqlanadigan parametrlari va texnik tavsiflari




    Download 50.19 Kb.
    bet6/12
    Sana23.05.2022
    Hajmi50.19 Kb.
    #21659
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    AKUSTIKAVIY OLCHASH
    Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
    VI bob. Akustik-emissiya apparatlarining aniqlanadigan parametrlari va texnik tavsiflari

    AE apparatlarining quyidagi parametrlari va texnik tavsiflari aniqlanishi kerak:


    kuchaytiruvchi traktning kirishga keltirilgan o‘z shovqinlari kuchlanishi;
    ishchi chastotalar diapazoni;
    amplituda-chastota tavsif notekisligi;
    signalning ishchi diapazon doirasidan tashqari kuchsizlanishi;
    kuchaytiruvchi traktning kuchayish koeffitsiyenti qiymati (zarur hollarda);
    AE signal amplitudasini o‘lchashning dinamik diapazoni;
    bo‘sag‘a darajalar;
    AE impulslarini qayta ishlash tezligi;
    AE signallarning o‘lchanadigan (hisoblanadigan) AE parametrlari;
    AE impulsning amplitudasi, davomiyligi, chiqishlar soni, impulslar soni, AE impulsni etib kelish vaqti.
    AE signallarning energiyasi apparatlarning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan tegishli ifodalar yordamida aniqlanadi.
    Akustik-emissiya apparatlarini sinashda ularning parametrlarini o‘lchash tartibi
    AE apparatlarini chiqarishda ishlab chiqaruvchi ularning parametrlari va texnik tavsiflarini o‘lchashi shart.
    O‘lchovlar natijalari bayonnomada qayd etilishi kerak.
    Apparatlarning asosiy parametrlari va texnik tavsiflari ularning texnik pasportida berilgan bo‘lishi kerak.
    Shuningdek, buyurtmachining talabi bo‘yicha unga zarur umumiy parametrlar va texnik tavsiflar taqdim etilishi kerak.
    AE apparatlarning egasi har yil apparatlarning asosiy parametrlari va texnik tavsiflarini o‘lchagan holda ularning nazorat sinovlari (tekshiruvlari)ni o‘tkazishi kerak.
    Sinovlar potensial xavfli ishlab chiqarishlar va obyektlar uskunalarini nazorat qilish va sinovdan o‘tkazish dasturlari, usullarini ekspertizadan o‘tkazish (xulosa bergan holda) uchun “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatnomasi (litsenziyasi)ga ega bo‘lgan ekspertiza tashkilotlari tomonidan bajariladi.
    AE apparatlarini sinovdan o‘tkazishda operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi:
    1) AE apparatlari bloklari va uzellarini tashqi ko‘zdan kechirish va ularning ishlash qobiliyatini tekshirish.
    2) Ishchi chastotalar diapazonini, amplituda-chastota tavsif notekisligini va AE signalning ishchi chastotalar diapazoni doirasidan tashqarida kuchsizlanishini o‘lchash.
    3) Kuchaytiruvchi traktning o‘z shovqinlarini aniqlash.
    4) Kuchaytiruvchi traktning kuchayish koeffitsiyentlarini o‘lchash.
    5) O‘lchov traktining dinamik amplituda diapazonini o‘lchash.
    6) Akustik-emissiyaning o‘lchanadigan birlamchi parametrlarini aniqlash.
    Apparatlarni ishlab chiqaruvchi ularning barcha parametrlari va texnik tavsiflarini mazkur hujjatning 14, 15, 17, 18-bandlarida belgilangan to‘liq hajmda o‘lchash va aniqlash ishlarini bajaradi. Foydalanuvchi bu operatsiyalarni faqat asosiy parametrlar (14-band) va texnik tavsiflar uchun bajarishi mumkin.
    AE apparatlari parametrlarini aniqlash operatsiyalari va ularni bajarish tartibiga sinovlar jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
    Sinov shartlari
    AE apparatlar sinovlarini o‘tkazishda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
    xonadagi havoning harorati 20 ± 5° S;
    havoning nisbiy namligi 65 ± 15%;
    atmosfera bosimi 100 ± 4 kRa (750 ± 30 mm Hg);
    elektr tarmog‘idagi kuchlanish 220 ± 4,4 V;
    elektr tarmog‘idagi chastota 50 ± 0,5 Hz.
    Apparatlarni sinovdan o‘tkazishdan oldin barcha asboblar yerga ulanishi kerak.
    . Apparatlar jamlamasi bilan ishlaganda “Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari” (EQTQ), “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” (TFQ), “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (XTQ)ga muvofiq xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi kerak.

    Download 50.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 50.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI bob. Akustik-emissiya apparatlarining aniqlanadigan parametrlari va texnik tavsiflari

    Download 50.19 Kb.