• Kuchayishni o‘lchash
  • Chastota tavsifi va chastota mintaqalarini aniqlash




    Download 50.19 Kb.
    bet8/12
    Sana23.05.2022
    Hajmi50.19 Kb.
    #21659
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    AKUSTIKAVIY OLCHASH
    Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
    Chastota tavsifi va chastota mintaqalarini aniqlash
    O‘lchov sxemasi 1-rasmda berilgan. U oldindan kuchaytirgich, filtrlar, asosiy kuchaytirgich, ulovchi kabellarni o‘z ichiga oladi.

    1-rasm.
    Kesma chastotalari o‘rtasida joylashgan va amplituda-chastota tavsifi qiymatlari uning o‘rtacha geometrik chastotadagi qiymatiga nisbatan 3 dB ga kam bo‘lgan soha asbob (tizim) elektron qismining ishchi chastotalari diapazoni hisoblanadi. Apparatlarning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan asbob o‘tkazish mintaqasining yuqori va pastki chastotalari o‘rtacha geometrik qiymatiga teng chastota (fsg) o‘rtacha geometrik (O‘G) chastota hisoblanadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

    bu yerda ƒH — kesmaning nominal pastki chastotasi, ƒH — kesmaning nominal yuqori chastotasi.
    Asbobning amplituda-chastota tavsifi (AChT)ni o‘lchashda o‘lchov generatorining rostlash chastotasi AE asbobi O‘G chastotasi qiymatiga teng qiymatda o‘rnatiladi. Generatorning kuchlanish amplitudasi kuchaytirgich zo‘riqmaydigan darajaga keltiriladi. Generator chastotasi AE asbobining kuchaytirgich trakti chiqishidagi amplituda O‘G chastota miqdoriga nisbatan 3 dB ga kamaygunga qadar kamaytirib boriladi. Hosil bo‘lgan chastota AE asbobi (tizimi) ishchi chastotalarining pastki chastotasi hisoblanadi. AE asbobi (tizimi) ishchi chastotalarining yuqori chastotasi ham shu singari o‘lchanadi.
    Kuchaytiruvchi traktning chiqish signali o‘rtacha kvadrat qiymat voltmetri bilan o‘lchanadi. Signal kattaligi avtomat tarzda yoki qo‘lda yozib boriladi. Kuchlanishlar shkalasini detsibelda (dB) berish tavsiya etiladi. Chastota shkalasi chiziqli yoki logarifm ko‘rinishida berilishi mumkin.
    Ishchi chastotalar diapazonini aniqlash uchun spektr analizatori va svipgenerator yoki oq shovqin manbai ishlatilishi mumkin. Oq shovqin generatori ishlatilganda u kirishga ulanadi, spektr analizatori esa chastota tavsifini yozib olish uchun chiqishga ulanadi.
    Kuchayishni o‘lchash
    Kuchayishning umumiy koeffitsiyenti 1-rasmda keltirilgan sxema yordamida o‘lchanishi lozim. O‘lchov generatori ishchi chastotaga o‘rnatiladi. Zo‘riqish natijasida natijalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun generator amplitudasi qiymati asbobning dinamik diapazoni doirasida belgilanadi. Generatorga ulangan voltmetr ko‘rsatkichi 1 V qiymatga qo‘yiladi. Attenyuatorda kutilayotgan umumiy kuchayishga nisbatan kattaroq qiymat belgilanadi. Shundan keyin voltmetr asbobning chiqishiga ulanadi. Attenyuator voltmetrdagi qiymatni 1 V ga keltirgan holda rostlanadi. Umumiy kuchayish attenyuator ko‘rsatkichlari qiymatlarining farqiga teng bo‘ladi.

    Download 50.19 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 50.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chastota tavsifi va chastota mintaqalarini aniqlash

    Download 50.19 Kb.