14
3-AMALIY MASHG’ULOT
Boshqaruv
usullari, rahbarlik va
uning madaniyati.
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish
va qabul qilish bosqichlari
Reja:
3.1.
Menejmentning iqtisodiy, tashkiliy farmoyish va ijtimoiy-psixologik usullari.
3.2. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi, boshqaruv qarorlariga
qo’yiladigan talablar.
3.3. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish.
Mavzuning maqsadi:
Тalabalarda boshqaruv usullari va boshqaruv qarorlarini asosiy tayanch so’z
va
iboralar hamda masalalar, muammoli savollar,
krossvord va boshqotirmalar
yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
Mavzuga oid asosiy tushunchalar
Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga
maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni
boshqaruvchining u
boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish
jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta’minlashdir.