25
5-AMALIY MASHG’ULOT
Ishlab chiqarish va
xodimlarni boshqarish
usullari
Reja:
5.1. Ishlab chiqarish jamoasi haqida tushuncha.
5.2. Ishlab chiqarish jamoasining tashkil topishi.
5.3. Boshlang’ich ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-psixologik iqlimi.
Mavzuning maqsadi:
Тalabalarda ishlab chiqarish va
xodimlarni boshqarish usullari, ishlab
chiqarish jamoasi, uning turli iqlimi va muhitini asosiy tayanch so’z
va iboralar
hamda masalalar, muammoli savollar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali
bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
Mavzuga oid asosiy tushunchalar
«Kollektiv» so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib
butunlik, jamoa degan
ma’noni bildiradi. Ishlab chiqarish jamoasi
deganda esa korxonalardagi
rahbarlardan tortib oddiy ishchilargacha tushuniladi.
Mehnat jamoasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashar ekan, eng
kam sarf xarajat qilgan holda sifatli
mahsulot ishlab chiqarishga, muayyan ish
hajmini bajarishga intilmog’i zarur.
Norasmiy yoki ijtimoiy-psixologik tarkib shaxsiy mayl va xush ko’rmaslik,
qiziqishlar
umumiyligi, xarakterlar o’xshashligi, jamoat obro’siga ega bo’lishi
asosida vujudga keladigan norasmiy munosabatlarni aks ettiradi. U kishilarning
ruhiy va ahloqiy xususiyatlariga ta’siri ostida vujudga keladi.
26
Zamonaviy ishlab chiqarishda rahbarning murakkab vazifasi, ya’ni
davlat, jamoa va shaxsning qiziqishlarini birlashtirishni bilishi lozim. Bundan
tashqari u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy
rag’batlantirishni to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim.