9
2-AMALIY MASHG’ULOT
Menejmentning tashkiliy
tuzilmalari
Reja:
2.1.Menejment tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha.
2.2.Tashkiliy tuzilmalar turlari.
2.3.Tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish.
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda menejmentninig tashkiliy tuzilishi, tashkiliy tuzilmalar turlari va
tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish kabilarni asosiy tayanch so’z
va iboralar
hamda masalalar, muammoli savollar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali
bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
Mavzuga oid asosiy tushunchalar
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo’g’inlari va
bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum bo’g’inlar
yig’indisidir. Shu belgisiga ko’ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko’p
bosqichli (ko’p bo’g’inli), uch, ikki bosqichli (bo’g’inli) bo’ladi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turlari to’g’ri chiziqli va
funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar
tarkib topadi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri hisoblanadi.
Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang’ich, unga erishish
esa yakuniy bosqich hisoblanadi.
10
Asosiy tayanch iboralar
tashkiliy tuzilma
aralash tuzilma
davlat organlari
matritsa
divizional
bosqich
tashqi omil
ichki omil
egiluvchan tuzilma
ma’muriy hududiy tuzilma
Munozara uchun savollar
1. Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda nimani tushunasiz?
2. Boshqaruv bo’g’inlari nima?
3. Boshqarishning tashkiliy qurilmalari qanday bozor talablariga javob berishi
kerak?
4. Boshqaruv bo’g’ini va zvenosi o’rtasida qanday farq bor?
5. Hududiy va tarmoq boshqarish organlari o’rtasida qanday farq bor?
6. Chiziqli tuzilma va chiziqli-funksional tuzilmalar
qanday ustunlik va
kamchiliklarga ega.
7. Korxona boshqaruvi qanday maqsadni ko’zlaydi?
8. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini boshqarishda maqsadli yondashish
mohiyati nimada?
9. Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
10. Maqsadlar daraxti to’g’risida tushuncha bering?