Gorizontal kon lahimlarini mustahkamlash turlari haqida umumiy tushuncha




Download 60.28 Kb.
bet2/4
Sana24.02.2023
Hajmi60.28 Kb.
#43451
1   2   3   4
Bog'liq
9-1
12-1hsshah, 77, 1, mustaqil ish, Moliyaviy hisob asoslari, sano-o-simligining-shifobaxshlik-xususiyatlari (1), Restoran biznesini shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari, tayorlov daftar, 6, 5-dekabr, 3.A, Elektr ta’minoti qurilmasi, CV (2), Шартнома doc
Gorizontal kon lahimlarini mustahkamlash turlari haqida umumiy tushuncha
Asosiy qo‘llaniladigan krep tuzilmasi – trapetsiyasimon yoki to‘g‘riburchakli mustahkamlash ramalari chala, to‘liq, kuchaytirilgan, nosimmetrik va b. bo‘lishi mumkin. CHala mustahkamlovchi rama ikkita ustunda 3 va yuqori to‘sindan iborat, to‘liq mustahkamlovchi rama, bundan tashqari, tagsinchga ega.Tagsinch lahim tuprog‘iga yotqiziladi, tagsinchga ustunlar o‘rnatiladi. Trapetsiyasimon krep ramasi ustunlari 80—85° burchak ostiga o‘rnatiladi. Ramalar lahimning bo‘ylama o‘qiga perpedikulyar yaxlit (birini ikkinchisiga tutashtirib) yoki 0,5—1 m va undan ko‘p masofada bir biridan uzoqlikda (har tomonlama) o‘rnatiladi. Har tomonlama mustahkamlashda ramalararo bo‘shliq obapollar 4, taxtalar, arralangan taxtalar yoki qoqilgan yog‘och bilan tortiladi.


Har tomonlama (a) va yaxlit (b) yog‘ochli chala mustahkamlovchi ramali lahimlar
Lahim shipi doimo yaxlit tortiladi, yonlari esa jinsning qattiqligi va mustahkamligiga bog‘liq holdatortiladi.
Tortib bog‘lash orqasidagi bo‘shliqqa mayda jins joylashtiriladi yoki sepiladi. Ustunli yuqori to‘sin birlashtirilgan joylardagi ramaga pona qoqiladi 2.
YAxlit krep mustahkam bo‘lmagan jinslarda lahim o‘tkazishda, har tomonlama – mustahkamroq va qattiq jinslarda, tagsinchli mustahkamlash ramalari – lahim tuprog‘idagi bo‘sh tog‘ jinslarida qo‘llaniladi.
Mustahkamlash ramalar qismlari birlashgan joy qulf deyiladi. YUqori to‘sinli ustunlar birlashishi panjada, pazda (ariqchada), turumda, va tutashuvda amalga oshiriladi. Panjada birlashtirish ko‘p tarqalgan. U ustun keladigan yuklama yo‘nalishiga bog‘liq holda bajariladi. Tagsinchli ustunla birlashishi panjada, tishda va oddiy o‘yish bilan amalga oshiriladi.


Panjada birlashishning har xil turlari yuqoridan bosim (a), yondan (b), yuqoridan va yondan (v, g)
Agar odatdagi mustahkamlash ramalari kon bosimini ko‘tara olmasa, unda ularni qo‘shimcha elementlar, ustunlar, tayanch to‘sinlar va xashaklar bilan kuchaytiriladi. Katta yon bosimi holatida qo‘shimcha ustunlar lahim o‘qiga qiya qilib o‘rnatiladi.
Barcha yog‘ochli mustahkamlovchi ramalar chegaralangan moslashuvli tuzilmalarga kiradi. YOg‘och krep moslashuvini ta’minlash uchun ustunlarning pastki uchi konus (“qalam” ) yoki pona shaklida uchqur qilinadi. Tog‘ jinslari bosimi ostida o‘tkirlangan ustun uchlari pachaqlanadi va krep o‘zining ko‘tarish qobiliyatini saqlagan holda tushiriladi (beriladi). Bunday krep moslashganligi
10—15 sm ni tashkil etadi. Lahim ichida ustun pastki qismlari chiqib ketmasligi uchun ularni chuqurligi 15—20 sm bo‘lgan chuqurchaga o‘rnatiladi.
Mustahkamlovchi materiallar sortamenti (mahsulot turi) GOST talablarini qoniqtirishi lozim. Ramali krep tayyorlash uchun aylana yog‘ochning minimal diametri 16 sm bo‘lishi lozim.
Turli tuzilmali krep tiklashning umumiy holati va qoidalari quyidagicha belgilanadi:Krepni o‘rnatmasdan oldin lahimning shipidan va yon tomonlaridan qatlamlangan jinslarni va bo‘rtiq parchalarni olib tashlash, ustun osti uchun o‘yiq yoki tagsinch osti uchun bo‘ylama ariqchalar tayyorlash lozim. Krep ramalari lahim o‘qiga perpendikulyar o‘rnatiladi, burilishlarda esa – lahim burilishi radiusi yo‘nalishi bo‘ylab. Rama shoqul (osma, tosh bog‘langan ip) yordamida o‘rnatiladi. Birinchi navbatda ustunlarni lahim gorizontal o‘qiga berilgan qiyalikli qilib o‘rnatiladi. Ustunlarni qo‘shni ramalarga taxtalarga mix qoqib biriktiriladi. ustunlar o‘rnatilgandan so‘ng yuqori to‘sin (verxnyak) o‘rnatiladi. Lahim o‘qiga tegishli holda ramalar holati uchta shoqul bo‘yicha (lahimda berilgan yo‘nalishni saqlash uchun) nazorat qilinadi, keyin yog‘ochli ponalar yordamida ponalanadi, shipni to‘liq tortib bog‘lash amalga oshiriladi, agar zarur bo‘lsa, yonyoqlarham tortiladi.

Download 60.28 Kb.
1   2   3   4




Download 60.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gorizontal kon lahimlarini mustahkamlash turlari haqida umumiy tushuncha

Download 60.28 Kb.