Слайд 1
Navoiy Davlat Konchlik va Texnologiyalar Universiteti
Qishloq Xo’jaligi fakulteti 39-23 guruh AGR talabasi
G’ulomova Lolaxonning
Botanika va o’simliklar fiziologiyasi fanidan
“O’zbekiston Respublikasida meva sanoati’’ degan mavzu
bo’yicha
PRIZENTATSIYASI
Слайд 2
Ma’lumki, mamlakatimizdagi mavjud tabiiy-iqlim sharoiti qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini, xususan,
Meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini beradi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sohani bozor
munosabatlariga o’tish jarayonida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga
ustuvor yo’nalishlar sifatida katta e’tibor qaratmoqda. Zero, meva-
sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat
valyuta tushumining sezilarli qismi shakllanayotganligi ham sohani tubdan
isloh qilish va jadal rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi.
Слайд 3
Xususan, so’ngi yillarda bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularga O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martida “O’zbekiston Respublikasida meva-
sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5388
va 2019-yil 23-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning
2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-4239 qarorlarini
keltirish mumkin. O’zbekistonda iqtidsodiyotida meva-sabzavotchilik tarmog’ining o’rni
umuman olganda, tarmoqda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar quyidagi iqtisodiy-ijtimoiy
masalalarini hal qilish imkonini yaratmoqda:
Iqtisodiy masalada-meva-sabzavotchilik jami ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini 32,2%ni (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,7%ni) tashkil etgan holda
qishloq joylarida aholining asosiy daromadlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning qator
tarmoqlarini rivojlanishiga o’zining bevosita ta’sirini ko’rsatadi. Shuningdek, ushbu tarmoq
mamlakat qishloq xo’jaligi eksportida asosiy o’rinlarini egallaydi;
Ijtimoiy masalada-meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish samaradorligi, nafaqat
qishloq aholisining turmush darajasiga, balki mamlakat barcha aholisining ijtimoiy
faravonligini oshirishga bevosita ta’sirini ko’rsatadi. Yakuniy natijada ushbu islohotlardan
pirovard maqsad mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanib, yangi O’zbekiston
rivojlanishining barcha jarayonlarida amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy
natijalarida yaqqol namoyon bo’ladi hamda aholi turmush darajasining oshib borishini o’zida
aks ettiradi.
Слайд 4
Shu bilan bir qatorda meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor
mexanizmlari tizimi yo’lga qo’yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning
mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalanmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra,
1gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6
baravar, yong’oqdan 5 baravar ko’p daromad olish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, ushbu mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash hamda eksport qilishda mavjud
imkoniyatlardan to’liq foydalanilyapti, deb bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-
sabzavotlarning atigi 15 foizi qayta ishlanib, 8foizi eksport qilinmoqda, xolos. Ayniqsa, Sirdaryo,
Jizzax, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko’rsatkichlar hamon pastligicha
qolmoqda. Joriy yilda 860ming tonna yoki 620million dollarlik meva-sabzavot eksport qilingani
bizning imkoniyat va salohiyatimizga mosmi? Yo’q, albatta! Rivojlangan davlatlar tajribasi
asosida bog’lar va tokzorlarga ishlov beradigan, sabzavot va kartoshka urug’larini ekadigan va
yig’ishtirib oladigan texnikalar mavjud emas. Fermer, dehqon xo’jaliklariga yoqilg’i-moylash
mahsulotlari, mineral o’g’itlar, urug’lik, yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi
kurash ishlari talab darajasida tashkil etilmagan.
Слайд 5
Слайд 6
Слайд 7
Слайд 8
Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini qayta ishlash va
saqlash
Meva-sabzavotchlik mahsulotlarini nobud qilmay qayta ishlash,
mavsumiyligini uzaytirish ham foydalanilmagan
imkoniyatlardan biridir. Yangiligicha saqlangan ho’l mevalar
assortimenti mo’lligi bozorlarda shu turdagi mahsulotlarni
tannarxining har yili qishki-bahorgi mavsumda sun’iy ravishda
ko’tarilib ketishini oldini oladi hamda aholi ijtimoiy
himoyasiga ijobiy ta’sir etib, turdosh mahsulotlar qishki
mavsumdagi importiga hojat qolmaydi.
Слайд 9
Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning
assortiment tuzilmasini takomillashtirishning eng yuqori omillaridan biri
ozuqaviy qo’shimchalarini mintaqamizda mavjud tabiiy xomashyo
zaxiralarini qayta ishlash asosida keng assortimentini tayyorlashni amalga
oshirishdir. Misol uchun, Shirin yaxna ichimliklar ozuqaviy qo’shimchalarning
asosiy qismi chetdan valyuta hisobiga keltirilayotgan sun’iy xomashyolar
(nastoyka, ekstraktlar ) yordamida tayyorlanmoqda. Vaholanki,
respublikamizda mavjud xomashyo potensialini, ho’l mevalarni qayta ishlash
asosida olinishi mumkin bo’lgan raqobatbardosh, tabiiy sof ozuqaviy
qo’shimchalar xomashyo bazasi yaxna ichimliklar assortiment turkumining
o’nlab yangi qirralarini ochib berishi mumkin. Shu bilan birga, viloyatlarda
import xomashyoga valyuta mablag’I bo’lmagan yuzlab turli quvvatdagi
yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari ish faoliyatini tiklash
imkoniyati yaratilishi mumkin.
Слайд 10
Tahlillar natijasining ko’rsatkichiga ko’ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarning yildan-yilga
oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog’idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartarak etish,
sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng
foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda. Xususan:
-respublikada umumiy ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan mevaning 18,9foizi, sabzavot va poliz
mahsulotlarining 5,6foizi, uzumning 9,5foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda;
-yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini hududlarda saqlash uchun sovutgichlar bilan
ta’minlanganlik darajasi 3,7 foizni (sovutish omborxonalari yil davomida bor yog’I 20-22% ga mahsulot
bilan ta’minlangan) tashkil etmoqda.
-soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasiga innovatsion yondashuvni taqozo etmoqda. Ilg’or
tajribali zamonaviy uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga ega,qayta ishlash ,saqlash yo`nalishi bo`yicha
mutaxassislar tayyorlashga yetarlicha e`tibor berilmayapti;
-saqlash va qayta ishlash korxonalarning zamonaviy-texnologik talablari va hajmlaridagi mahsulotlar
bilan yetarli darajada ta’minlash masalalariga tizimli yondashilmayapti;
-transport va logistika sohasi zamon talabidan ortda qolmoqda;
-so’nggi yillarda meva-sabzavotchilikni yuritish intensive texnologiya asosida olib borilmoqda. Natijada
qishloq xo’jaligida foydalaniladigan resusrlar, jumladan, YoMM, kimyoviy vositalar (meva-sabzavot
yetishtirish uchun 255ming tonna fosforli, 290ming tonna azotli o’g’it yetishmaydi) va urug’lik
narxlarining ortib ketishi, qishloq aholisi daromadlarining pastligi, shuningdek, mineral o’g’itlar,
kimyoviy vositalarning qo’llanishi, og’ir texnikadan foydalanish, yer resusrlari sifatining yomonlashuvi,
ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda.
Слайд 11
Shu bois, tahlillar va BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi
sohasidagi tashkilotning (FAO) ma’lumotlariga ko’ra, meva-
sabzavotchilik mahsulotlarini yig’ishtirish, tashish va
saqlashdagi yo’qotishlar hajmi 22-45foizgacha, isrofgarchiliklar
esa 12-18foizni tashkil etmoqda.
Yana bir muhim masala hududlarda yetishtirilayotgan
mahsulotlar haqida xaridorlarga zarur bo’lgan ma’lumotlarni
beruvchi axborot-maslahat markazlari va raqamli texnologiyalar
faoliyati yo’lga qo’yilganligidandir. Bundan tashqari
respublikada transport-logistika borasidagi mavjud
muammolarni hozirgacha hal etilmaganligi mahsulotlarni
saralash, qayta ishlash, qadoqlash va xaridorlarga yuborish
muammoligicha qolmoqda.
Слайд 12
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti
Eksport qilingan ayrim turdagi mahsulotlar to’g’risida Davlat statistka qo’mitasining ma’lumoti:
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari
Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya va Turkiya davlatlari hissasiga to’g’ri kelgan.
Слайд 13
Xulosa. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning hozirgi bosqichida ushbu chora-
tadbirlarni amalga oshirish, meva-sabzavotchilikni
uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta’minlab,
tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat
mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish, uning
xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini
kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini
oshirish imkonini beradi.
|