Qavslarni ochish komandasi
Qavslarni ochish komandasining umumiy ko`rinishi expand(, , ... , ) shaklda bo`ladi. Bu komanda algebraik ifodalardagi qavslarni ochib, yig`indi ko`rinishiga keltiradi. Xususan, ratsional algebraik ifodaning suratidagi qavslarni ochib chiqib, hosil bo`lgan ko`phadning har bir hadini maxrajga bo`ladi. Komandadagi berilgan bo`lib, , ... , lar esa berilgan ifodaning qismlari bo`lib, bu qismiy ifodalar qatnashgan qavslar ochilmasligi kerakligini bildiradi.
Misol:
> expand(exp(a+ln(b)));
> expand((x+1)^2*(y+z),x+1);
> expand((x+1)^2*(y+z));
Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratish
Maple 6 tizimida ko`phad o`zgaruvchi miqdor qatnashgan birhadlar yig`indisidir. Birhadning koeffitsiyentlari butun, kasr, suzuvchan vergul formadagi haqiqiy, kompleks va boshqa o`zgaruvchilar ishtirok etgan algebraik ifoda bo`lishi mumkin. O`zgaruvchilarning darajasi butun musbat bo`lishi kerak. Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratish komandasining sodda ko`rinishi factor () bo`lib, ko`phad ko`rinishidagi ifoda-dir.
Misol:
> factor(cos(y)^2-2*sin(x)*cos(y)+sin(x)^2);
SHuni ta’kidlash kerakki, bu komanda ko`paytuvchilarga ajratishni koeffitsiyetnlarning sonli maydonida amalga oshiradi, ya’ni barcha koeffitsiyentlar butun bo`lsa, ko`paytuvchilardagi koeffitsiyentlar ham butun bo`ladi. Komandaning factor(, ); ko`rinishi ko`phadni ko`rsatilgan koeffitsiyentlar maydonida ko`paytuvchilarga ajratadi. Bu yerda koeffitsiyentlar maydonining turi bo`lib, real, complex yoki radikallar ro`yxati bo`lishi mumkin.
Misol:
> factor(x^3+2); # butun koeffitsiyentlar maydonida
> factor(x^3+2.0); # haqiqiy koeffitsiyentlar maydonida
> factor(x^3+2,complex); # kompleks koeffitsiyentlar maydonida
> factor(x^3+2,2^(1/3)); # butun koeffitsiyentlar maydonida va radikal asosida
|