• “Inson ul-peshravi hayot yo shayton al- fatxi mamot”
  • Taqrizchi: Doniyor Murtazoyev




    Download 388.82 Kb.
    bet6/25
    Sana10.04.2017
    Hajmi388.82 Kb.
    #3871
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Taqrizchi: Doniyor Murtazoyev

    Navoiy madaniyat va san’at kolleji

    Xor dirjorligi va nazariyaasoslari kafedrasi mudiri

    T A V S I F

    G.N.Ramazonova

    «Inson shaxsining shakllanishida xor san’atining

    o’rni» malakaviy ish. – Toshkent.:

    “Musiqa” kafedrasi

    2013 yil. 33 bet.

    REJA

    KIRISH (Mavzuning dolzarbligi)



    NAZARIY QISM

    1.O‘ZBEKISTONDA XOR MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

    2. SHAXS TARBIYASIDA MUSIQANING O’RNI

    AMALIY QISM


    1. Vokal-xor malakalarini shakllantirishda repertuarning roli va xordagi ansambllar

    XULOSA

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    MUNDARIJA

    KIRISH

    Q’adimdan xalq tomoshalari ko’rinishida bo’lib, musiqa va teatr sifatida shakllangan bu san’at doim ijtimoiy hayotga munosabat tusini olgan. Inson turli chegaralarni tuzadi, ammo san’at chegarani bilmaydi: G’arbu Sharqda ham, Shimolu Janubda ham u inson manzaralarini namoyish etaveradi. San’atning mintaqasi ham chegarasizdir1!...

    Islom Karimov
     Jahon xalqlari madaniyatida qo’shiqchilik va xor san’atining o’ziga xos uslubiy yo’nalishlari, milliy va mahalliy ijrochilik xususiyatlari avloddan-avlodga o’tib, takomillashib, zamon murruvati ila bizgacha yetib kelgan. Inson shaxsining borliq va undagi ruhiyyat olamida shakllanib borishida ayniqsa, xor dastalari, jumladan; havaskorlik, to’garak shakli va o’zga xos professional tizimlari oqimining quvvai- hofizi, har bir davlatning o’z o’rnida cheksiz tarixiyyat xazinasi va yuksak mavq’ei bilan chambar-chas bog’liqdir. Shuningdek, jahon badiiy san’at yo’nalishlaridagi inson tarbiyasi va barkamol shaxsning shakllanib borishida tutgan o’rni beqiyosdir.

    Хоrlаrning turlаri: “Хоr-bu vаkаl musiqiy chоlg’u аsbоblаri jo’rligidа yoki jo’rsiz ijrо etuvchi хоnаndаlаr kоllеktivi “Хоr-аtаmаsi yunоnchа so’zidаn оlingаn bo’lib “to’dа”, “yig‘in” mа’nоsini bildirаdi. Yana;

    «XOR-bu,(Grek tilidan olingan bo’lib) “Xonandalarning hammunosabatda birlashib kuylashlari”- dir. Bunda; Vokal uslubining bir- birovi bilan uzviy bog’langanlik jarayonida ovozlar turlanishlarga ajratiladi. Bular: maktabgacha va uzluksiz ta’limdagi bolalar xori, ayollar xori, erkaklar xori va aralash xor jamoalaridir. Bilvosita; xor ovozlari uchun yaratilgan janrlar musiqiy asarning bir ovozli, ikki ovozli, uch yo maxsus intonasiyalar qo’shilishida to’rt…..ovozli birlashgan differensialligining partiyasini tashkil etadi va Xormeyster rahbarligida uslubiy konsepsiyasiga bo’y sunadi!.»- S.B.Saidiy

    «XOR san’ati– bu, Jahon davlatlarining o’zlik maqomidagi milliylik ramzi, iftihori, shaxs sifatida har bir fuqarosining faxri va g’ururi, ma’naviy ruhiyyatining badiiyligini ifodalovchi oynayu- omilidir!....» S.B.Saidiy

    Qadimda u yo bu jarayonlarda, ya’ni fol’klor- (mahalliy) yo milliy-(professional) saroy xor jamoasi, harbiylar xori, havasmandlar xorida alohida e’tibor qaratib kelingan. Xor – nafaqat inson tarbiyasida shaxsni ajdodlar ruhida tarbiyalash vositasida kamolotga yetkazish hatto ramziy hollarda insoniyat hayotini ham saqlab qolganligi va hamdo’stlikni kuchayib borishida ham ruhiy jihatdan o’z taassirotini yetkazib turganligi haqida rivoyatlar mavjud.

    Tarix sarchashmalarida rivoyat qilishicha, kunlarning birida “Har ikkala qo’shni davlat kelishmovchiligidan jang maydonini tanlab, qo’shinlarini bir-biroviga qarshi qaratib saf tortib turgan emish. Jang boshlanishidan oldin birining otasi yo tog’osi, akasiyu- ukasi, kuyavi va boshqa qarindoshlari bir –biroviga qarshi dushman sifatida qarab turgan paytda, u va bu tomondagi mashhur aka-ukalarning biri shoir va ikkinchisi esa nay ijrochisi bo’lgan ekan. Akasi- ukasiga qarab har ikkala tomon xalqlariga mashhur bo’lgan va gohida xor bo’lib kuylashgan “Inson ul-peshravi hayot yo shayton al- fatxi mamot” deb, nomlangan she’riyatini baland ovozda suxanronlik qilib ukasi tomon ohista-sekin qadam bosib boribti, ularga qarshi turgan ukasi Nay cholg’usini olib, she’riyatga jo’r bo’lgan holda ohista- sekin qadam tashlab akasining yoniga boribti. Uning orqasidan esa qo’shinlar ham bir-biroviga qarab ushbu so’zlarni tong otguncha xor bo’lib kuylashgan va jang masofasidan chiqib bir –birovlariga qo’shilib, chatishib borishibti va shu tariqa ushbu she’riyat ramzlariga aylanib, harbiylar “Madxiya” si yuzaga kelganligi va jang emas, hamdo’stlik bayramlariga aylanib borganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Boshqa risolalarda esa, har ikkala tomon ham o’zlarining “madxiya” larini o’qib tugatishi bilanoq, jangga kirishib borganligi va qaysi davlat g’alabaga erishgan bo’lsa, unda “Madhiya” si yanada jozibali va tantanavor tarzda yangragankim, buni uzoq masofadan ham aholi anglab bilganligi haqida maqollar bitilgan.

    Masalan, "Ho-zamzam” qo’shig’ini Tojikistonda fol’klor uslublarida aytilishini uchratish mumkin. Bu qo’shiq davrlar o’tib ancha takomillashib, zamonaviy musiqa ijrochiligida o’z o’rniga ega bo’lgan. Uning fol’klor uslubiga birmuncha yaqinligi, usul tartiblari Buxoroning «ufar»iga o’xshab ketadi. Biroq, Buxoro an’anaviy ufarining ijro etilish xususiyatini o’zga biror etnik guruh yoki xalqniki bilan solishtirib bo’lmaydi. U faqat Buxoroga xos uslubiy shaklda ekanligi bilan alohida ajralib, sezilib turadi.

     R.Abdullaev tadqiqotida, asosan o’zbek, turkman, qozoq, qirg’iz va qoraqalpoq kabi turkiyzabon aholi bilan birga, fors-tojik vakillari ham yondosh yashashi natijasida milliy an’analarning musiqiy-ma’naviy hayotda ko’plab urf-odatlar, bayramona bazmlar, diniy marosimlarning naqadar qo’shilib-chatishib ketganligi haqida qiziqarli fikr-mulohazalar yuritadi

    Qadimdan bizga ma’lum cholg’ular tarannumidan tashqari "chapak", "qars" hamda qo’lga angishvona taqib, likopchalarga zarb berib, xor bo’lib kuylash udumlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Masalan, Zardushtiylarning qadimgi Kushon davri san’atiga xos diniy bayram usullari va harbiy xor jamoasining qo’shiqlari, ya’ni "Mozandaron" harbiy qo’shig’I, “Qini Siyovush” (Siyovush qasosi) – marsiyasi yoki qadimgi Buxoro umum- guruh jamoasi an’analaridan "Yazno-Nofarin" qo’shig’i,“Ho-zamzam” usullari hozirgi davrda M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston xalq konservatoriyasi o’qituvchilarining tashabbuskorligi bilan talabalar va o’qituvchilardan tashkil topgan aralash xor dastasi va turli xil ansambllar dasturidan o’rin olgan1. Ammo Buxoroda bu yo’nalishlar sho’rolar hukmronligi davrida asta-sekin e’tibordan chetga chiqib qolgan. Biroq, turli aholi qatlamlari orasida hanuzgacha shunday ijro uslublarining ayrim tartib-namunalari saqlanib qolgan.

    Buyuk Qo’shoniylar davrining 300 ta talabadan iborat “Shoxona” professional Saroy XOR jamoasining repertuari.



    Download 388.82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 388.82 Kb.