«So’lak fermentlarining kraxmalga ta’siri» 6-laboratoriya mashg’ulotida o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar




Download 3.32 Mb.
bet141/163
Sana01.03.2023
Hajmi3.32 Mb.
#43882
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163
Bog'liq
Blackcurse
8-T, 2-amaily(2)
«So’lak fermentlarining kraxmalga ta’siri» 6-laboratoriya mashg’ulotida o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar
1. Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazm qilish jarayonini tushuntiring.
2. Og’iz bo’shlig’ida joylashgan so’lak bezlarining nomlarini ayting.
3. So’lak tarkibida qanday moddalar mavjudligini aniqlang. Ular qaysi organik birikmaga ta’sir ko’rsatishini ayting
4. Sizga berilgan 3 ta probirkaga tomizg’ich yordamida 3 mldan kraxmal kleysteridan quying.
5. Har bir probirkaga teng miqdorda suv bilan aralashtirilgan so’lak eritmasidan 3 mldan quying.
6. 1-probirkani 37 gradusli suv hammomiga qo’ying.
7. 2-probirkaga 2-3 tomchi xlorid kislota eritmasidan tomizib, u ham suv hammomiga qo’yiladi.
8. 3-probirka muz solingan idishga joylashtiriladi. Oradan 30 minut o’tgach, uchala probirkaga 2-3 tomchidan yod eritmasi tomiziladi.
9. Kuzatilgan hodisani quyidagi jadvalga yozing.

Probirkalar

Solingan moddalar

Sharoit

Kuzatilgan natija

1-










2-










3-










10. Tajriba natijalariga asoslanib, xulosa yasang.
O’quvchilar o’tkazilgan tajriba natijasiga ko’ra so’lak fermentlari muayyan sharoit, haroratda kraxmalni parchalashi yuzasidan xulosa yasaydilar.
Laboratoriya mashg’ulotini qisman-tadqiqot metodidan foydalangan holda tashkil etish tavsiya etiladi.
Laboratoriya mashg’ulotining boshida torshiriqdan o’rin olgan savol­lar yordamida o’quvchilarning bob bo’yicha o’zlashtirgan bilimlari faollash­ti­ri­ladi. Muamoli vaziyatni vujudga keltirish maqsadida o’quvchilarga muammoli savol bilan murojaat etiladi:
1. Ovqat tarkibidagi qaysi modda so’lak ta’sirida kimyoviy o’zgarishga uchraydi? Uni qanday tadqiq etsa bo’ladi?
O’quvchilar o’zlarining o’zlashtirgan bilim zahiralaridan foydalanib, muammoli vaziyatdan chiqishga harakat qilishadi. Laboratoriya mashg’ulot­ning bu tarzda boshlanishi o’quvchilarning bilimlarini faollashtirishi baroba­rida ishni ongli bajarishi va to’g’ri xulosa yasash imkonini beradi.
Shundan so’ng, laboratoriya ishini bajarishga kirishiladi. Laboratoriya ishini o’tkazishda kutilishi lozim bo’lgan 30 minutdan o’qituvchi unumli foydalanishi, o’quvchilarga quyidagi didaktik kartochkalarni tarqatishi va
kichik guruhlar o’rtasida o’quv bahsi uyushtirishi lozim.

Download 3.32 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163




Download 3.32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«So’lak fermentlarining kraxmalga ta’siri» 6-laboratoriya mashg’ulotida o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar

Download 3.32 Mb.