|
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash
|
bet | 30/163 | Sana | 01.03.2023 | Hajmi | 3.32 Mb. | | #43882 |
Bog'liq BlackcurseAxborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi komp’yuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
Keltirilgan kontseptual yo’riqlarga asoslangan holda, «Biologiya o`qitish metodikasi» kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy tuzilishi va ta`lim jarayonida tutgan o’rni, o’quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqib, ma`lum sharoit va o’quv rejasida belgilangan vaqtda o’qitish, kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshirildi.
o’qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, laboratoriya ishlash usuli.
o’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh.
o’qitish vositalari o’qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda - komp’yuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullarI va vositalari: kuzatIsh, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Ma`ruza va Laboratoriya mashG`ulotlarda O’Qitish texnologiyalari
|
| |