II BOB. Korroziya turlari va umumiy tasnifi




Download 320 Kb.
bet5/29
Sana24.03.2017
Hajmi320 Kb.
#2059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
II BOB.

Korroziya turlari va umumiy tasnifi

Metall va uning qotishmalaridan tayyorlangan asbob-uskunalar, quvurlar, rezervuarlar va boshqa konstruksion materiallar ishlashlari davomida korroziyalanib (zanglab,yemirilib ,parchalanib) xalq xo’jaligiga katta zarar keltiradi .Masalan , AQSH ning neft- gaz sanoati korroziya natijasida; 1975- yil 75 milliard dollar; 1984-yil esa 150 milliard dollar ziyon ko’rgan. Bunday misollarni ko’plab keltish mumkin. Respublikamiz mustaqilligidan keyingi sanoat tarmoqlarining keng miqyosida rivojlanishi natijasida zamonaviy texnologiyalar usullari

jihozlar va uskunalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Jihoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash, ishonchli ishlanishi ta’minlash uchun ularni korroziyadan himoya qilish dolzarb vazifalardan biridir . Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion- faol moddalar bilan umumiy ifloslanishi , hamda neft va gaz maxsulotlarini qazib olish, saqlash va transport qilishda ishlab beriladigan maxsulotlarning uziga xos xususiyatlari shu sohada qullaniladigan jihozlarning korroziyabardoshliligini oshirishni talab qiladi. Korroziya - metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o’zaro ta’siri natejasida yemirilish jarayonidir . Korrozion muhit- metallarning korrozion jarayonlar sodir bulishiga olib keladigan agressif atmosfera , kislotalar eritmalari , ishqorlar , tuzlar va boshqa muhitlardir . Ko’pgina metallar agressif muhitlar ta’sirida termodenamik noturg’un bo’lganligi uchun oksidlangan xolatda utadi va yemiriladi . Metallarning korrozion jarayonlar kechishi natejasida masalalari kamayadi , zaruriy texnologik xossalari; mexanik mustahkamligi ; plastikligi ; qattiqligi kabi xossalari uzgaradi . Korroziya detallarning va mexanizmlarning ish qobiliyatining pasayishi va va ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi . Korroziya natejasida yo’qotishlarni bevosita va bilvosita usullarga bo’lish mumkin . Bevosita korroziyadan yo’qotishga buymlarni himoyalash uchun qilinadigan sarf – xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yuqotish natijasida tuliq ishdan chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10- 15% ini tashkil etadi .

Bilvosita korroziyadan yuqotishga jihozlarning ish unumdorligi kamayishi natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatida va xajmi kamayishi , hamda metallarning sarfining oshishi kiradi. Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko’pgina jihozlarning ish unumdorligini kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jumraklar va rezervuarlar shular jumlasidandir . Metallarning korroziyaga qarshilik kursatish qobiliyati korroziyabardoshlik deyiladi . Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil tashqi muhitlarda turlicha korroziyabardoshlikka ega buladi. SHuning uchun “ Korroziyaga qarshi ximoya “ fanning asosiy maqsadi metal va qotishmalarining ichki va tashqi muhitlarga bog’liq ravishda korroziyaga uchrashi va ulardan ximoyalanishi usullarini tadbiq qilishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi . Korrziyaga qarshi himoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish davridagi tadbirlarga bulinadi va uning usullari korrozion eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi.

Metalllar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metal sirtining tashqi muhit bilan kimyoviy o’zaro ta’siri natejasida o’z – o’zidan yemirilishi korroziya deyiladi .(lot. Corrodere-o’z- o’zidan yemirilish )

Korrozion metall sirtida sodir buladigan reaksiyalar mexanizmga ko’ra kimyoviy va elektrakimyoviy korroziyaga bo’linadi .

Kimyoviy korroziya metalning agressif muhit bilan o’zaro kimyoviy ta’sirida sodir buladigan jarayonlar orqali kechadi . Kimyoviy korroziyada metal sirti bilan suyuq yoki gazli muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo’lib , natijaviy elektr toki hosil bo’lishi kuzatilmaydi . Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va bug’lar ,. Suyuq elektrolitmaslar ( neft ------ va uning maxsulotlari , spirtlar , mineral yog’lar , organik birikmalar ) ta’sida kuzatiladi.

Elektrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo’lib , unga suvli eritmalarda , ham gazlarda , tuz va ishqoriy eritmalarda sodir buladigan jarayonlar kiradi va metallning muhit bilan uzaro ta’siri natijasida elektr toki hosil bulishi kuzatiladi . Elektrokimyoviy korroziyani sodir bulishi sharoiti , muhitning xossalariga va boshqa turlarga kura tasniflash mumkin. Agressiv muhitlarning turlariga kura korrozion jarayonlar atmosferaviy,Gazda , suyuqliklarda , tuproqda , adashgan toklar ta’sirida , biologik korroziyalarga bulinadi Sodir bulish sharoitiga kura kontakdagi ( har xil metallar birikishida ),oraliqdagi (ikkita metallar orasidagi bushlikda)va kuchlanish ta’siridagi korrozion jarayonlar buladi.Korrozion jarayonlarning tashqi omillari ta’sirida korrozion yemirilish tavsifi,kenetika va mexanizmlari uzgaradi.Korroziyadan shikaslanishning tavsifi va ning hosil bulishi shariotlariga ko’ra umuiy ( tuliq ),mahalliy va tanlanma korroziyalarga bulinadi.

Umumiy korroziyada korroziya maxsulotlari metall sirtining barcha qismlarini tekis yoki notekis kurinishda qoplaydi Mahalliy korroziya metall sirtining ipsimon,buylama ,alohida qismlarida dog’, donador ,nuqta, va sirt ostiga qatlamida tarqalgan kurinishda sodir buladi.Tallanma korroziya -komponent- tallanma va struktura - tallanma turlarga bulinib , ktistalitlararo va tig’simon kurinishlarda uchraydi .

Umumiy korroziya turlari. a- tekis korroziya ; b- notekius korroziya,.Mahalliy korroziya turlari a- dog’ ;b- yarasimon ; v- nuqtali g- sirt osti , d- ipsimon e- buylama

Tanlanma korroziya turlari ; a- kristalitlararo ; b- tig’simon

Agressiv muhitlarning va tashqi yoki qoldiq kuchlanishlarning birgalikda ta’sirida - korrozion darz ketishi , uzgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida korrozion charchash xodisalari ruy beradi

Korrozion muhitlarning va o’zaro siljish yoki ishqalanishlarning birgalikda ta’sirida natijasida metal sirtlari yemirilish korrozion erroziya deyiladi .

Korrozion erroziya ishqalanishdagi korroziya va fretting - koziga xos xususiyatlarga ega .

a) metallarning yemirilishi har doimo sirtdan boshlanadi ;

b) korroziya natijasida metal sirti tashqi kurinishlari uzgaradi .

v) korroziya natijasida metal oksidli yoki oksid gidratlari kurinishga aylanadi.

g) korroziya sirtidan chuqurlikka qarab usishi mumkin .

Metallarning korroziya va mexanik omillari ( kuchlanish , deformasiya , ishqalanish va b) ta’sirida shikaslanishi korrozion - mexanik shikaslanish deyiladi.

Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni ishlatilish sharoitida sodir bulishiga kura har xil turlar va kurinishlarga ega buladi .Bulardan keng tarqalgani

korrozion charchash , korrozion darz ketishi ishqalanishda sodir buladigan korroziyalardir. Korrozion charchash korrozion muhit va siklik kuchlanishlar ta’sirida metal va qotishmalarning yemirilish jarayoni natijasida yuzaga keladi . Korrozion charchashda darz hosil bulishning asosiy turlaru quydagilar .

- korrozion muhitning faolligi .

- siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi;

- vaqt birligida yuklanishning sikllar soni ;

- qotishmaning mustahkamligi va korroziyabardoshligi ;

Korrozion charchashning oldini olish uchun optimal tarkibli legirlovchi elementlar bilan legirlangan pulatlar ishlatiladi . Korrozion darz ketish juda agressif muhitda statik chuzuvchi kuchlanishlar ta’siri natejasida paydo bo’ladi . Korrozion darz ketishning quydagi sabablarini keltirish mumkin .–boyitilgan qattiq eritmali fazalarning ajralib chiqgan salbiy potensialli donalar chegarasining korroziya bordoshliligi kamligi

Qotishmada muhitga nisbatan noturg’in strukturaviy tarkibining borligi

- struktura donalari chegarasida vodorodning ko’payishi natijasida kristalitlararo mustahkamligining kamayishi . www. Qmii. Korrozion darz ketishiga qarshi materiallarni tanlashda albatta ekperimental tadqiqot natijalariga asoslaniladi . Frekting – korroziya sird oksid qatlamlarining davriy ravishda yemirilishi va qaytadan hosil bulishidir. Fretig- korroziya kontaklarda sodir bulganligi uchun bu jarayonni kuzatish qiyinroq kechadi . Yemirilish jarayoni tezligi nisbiy kuchish sikllari soni va kuchish amplatudalariga bog’liqdir .Metall sirtiga nisbatan katta tezlik bilan xarakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz oqimlari tezligi ta’siri tufayli erosion- kavitasion shkaslanish sodir buladi . 1.4.korroziyaga qarshi himoya usullari.Metall buyumlarning korroziyadan shikaslanishi natijasida katta yuqotishlar bulayotganligi , korroziyaga qarshi ximoya usullarini ishlab chiqishni toqozo etadi . Korroziyadan ximoya qilishning eng ko’p tarqalgan usullari buyumlar sirtida korrozion chidamli qatlamlar olishga qaratilgan. Bu usularga plastmassa, kompozitsion polimer , lak buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi . Metall buyumlarni sirtini boshqa metall bilan qoplash usullari amaliyotda keng qullaniladi . Temir va uning qotishmalari rux, qurg’oshin mis, xrom kabi metallar bilan qoplanadi . Bu qoplamalar ishlatishda anodli va katodli turlarga bulinadi . Anodli qoplamalarda qoplama materiali yemirilib , asosiy metallni korroziyadan saqlab qoladi . Masalan Fe da Zn qoplamasi . Katodli qoplamalarda qoplamaning yemilishi natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi sodir buladi . Masalan; Fe da Zn qoplamasi . Tabiy sharoitlarda metal sirtidan hosil buladigan yupqa qatlamlarning himoya ta’siri , ya’ni passiflanish jarayono ham metallarni korroziyadan saqlanishga katta yordam beradi. Kislotali muhitlardan metallarning korrozion yemirilish tezligini kamaytirish maqsadida ingibitorlardan foydalaniladi . Pularlarning korrozion bardoshligini oshirish uchun legirlovchi elimentlar qo’llaniladi . Legirlovchi eliment sifatida Cr , Ni elimentlari ishlatiladi . Zanglamas pulalatlardan 12…13 % Cr li , hamda 18% Cr va 8% Ni tarkibli xromnekel’ pulatlar keng kulamda ishlatiladi . Pulatlarning korroziyaga bardoshligi oshirish uchun termik va kimyoviy – termik ishlov berish usulari , hamda sirt tozaligini oshirishning mexanik usullari qullaniladi . Shuningdek metallarni saqlashda mikroiqlim va ximoyalaovchi atmosferalar kabi ximoya usullari mavjud. Korroziyaga qarshi ximoya

usullarini tadqiqot qilish asosan quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda ;


  1. metallga ta’sir ;

  2. muhitga ta’sir ;

  3. kombinatsiyalashgan va kompleks himoya usullarini ishlab chiqish

Sanoatda katodli himoya , protektorlar yordamida va boshqa turdagi elektrokimyoviy korroziyadan ximoyalish usullari qullanilishi keng tarqalgan . Neft va gaz konlarida qullaniladigan quvurlar va rezevuarlar neft – gaz –suv tizimi xossalariga bog’liq ravishda ichki korroziyaga va atrof muhit , atmosfera , tuproq va adashgan toklar ta’sirida tashqi korroziyaga uchraydi . Ichki korroziyadan ximoyalanish muhitga ta’sir qilinsa , tashqi korroziyadan ximoyalanish uchun esa metal sirtiga ta’sir qilinadi. Bu holda bir vaqtning uzida ikki tamonlama korroziyadan ximoyalanish alohida-alohida usullarda olib boriladi. Neft –gaz - suv tizimi tarkibida mexanik qushimchalar va noorganik moddalarning bulishi muhitning korrozion faolligini oshiradi va bir vaqtning uzida kimyoviy va elektrokimyoviy korrozion jarayonlarning kechishiga sabab. Shuning uchun muhitga stabilizator yoki ingibitorlarning kiritilishi muhimdir.



Download 320 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 320 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. Korroziya turlari va umumiy tasnifi

Download 320 Kb.