Korroziyaning ayrim xillari




Download 320 Kb.
bet6/29
Sana24.03.2017
Hajmi320 Kb.
#2059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
2.1.Korroziyaning ayrim xillari

Karbonil korroziya. Metall bilan uglerod oksidning uzaro ta’siri natijasida karbonil korroziya vujudga keladi, masalan, yuqori xarorat va bosimda spirtlar olish jarayonida;

M+nCO R M(CO) n

Karbonillar past xaroratlarda qaynaydigan suyuqlik bulganligi uchun metal va uglerod oksidlari bug’lariga ajraladi . Temir pentakarbonili Fe (CO)5 xajmi dissosiasiya natijasida keskin oshadi va sirtlarda karbonil korroziyalari vujudga keltiradi .

Xlorli va vodorodli muhitda korroziya . Metallning Cl 2 va HCl.bilan reaksiyalari

Ekzotermik tavsifda bulganligi uchun metal sirti yonish mumkin . Bunday reaksiyalar alyumeniyda (1600 C), temirda (3000 C) misda (3000C) sodir buladi va korroziya juda tezlashadi . Bi muhitlarda nikel va uning qotishmalari hamda xromnikeli austenit pulatlar qullaniladi.

Suyuq metal mihitda korroziya . Bu jarayon asosiy ishqoriy metallar eriganda (Li, Na, K ) va og’ir metallarda (Pb, Bi, Mg) sodir buladi . Bu korroziya turi murakkab xolatda kechadi.

Uz-uzini tekshirish uchun savollar.



  1. Kislorodli muhitlarda deganda nimani tushunasiz .

  2. Xajmiy koeffisent uzgarishiga qarab qanday oksid qatlamlar xosil buladi.

  3. Tabiiy sharoitda xosil bulgan oksidlar qanday xossaga ega .

  4. Temir va kislorodning qanday oraliq faza turlarini bilasiz .

  5. Gazli mihitlarda korroziyadan qanday himoya qilish usullaruni bilasiz.

  6. Issiqbardosh metallar deganda nimani tushunasiz.

  7. Gaz vodorod korroziyasi sodir bulishi sharoitlarini ayting .

  8. Vodorod korroziyasidan qanday ximoya qilish mumkin .

  9. Oltingugurt birikmali muhitlarda metallar korroziyasi qanday kechzdi .

  10. Gazli mihitlarda korrozoyaning turlarini bilasiz .

Korroziyaga chidamli rangli metallar.

Mis va uning qotishmalari . Mis yuqori elektr va issiqlik utkazuvchanligi , yaxshi korroziyabardoshligi kabi xossalarga ega . Misning normal elektrod potensiali; Cu <-> Cu + jarayon uchun +0,5 2B, Cu- Cu2+ jarayon uchun +0,35 B bulganligi uchun Cu2 ionlarning xosil bulish extimoli katta. Misning 3% li NaCl eritmasida doimiy potensiali +0,05 B, ln HCl eritmasida +0,15 B. Xona xaroratida quruq CL, Fe, Br va l misning korroziyasiga sezilarli ta’sir qilmaydi, namlik oshganda ular agressivlashadi. Oltingugurt va uning birikmalari, hamda ammiak va uning birikmalari misni kuchli yemiradi .Havoda va suvda mis chidamli xisoblanadi . Oksidlovchi muhitlarda (HNO3; H2SO4) mis tezda korroziyaga uchraydi (.rangli xiralashadi ). Mis kislorod bilan Cu2O xosil qiladi , bu esa uning texnologik va korrozion xossalariga salbiy ta’sir qiladi . Mis asosida muhim sanoat qotishmalari ( latunlar, bronzalar va boshqalar qotishmalar ) olinadi . Tarkibida 15%Zn bulgan latun oltinsimon rangga ega, atmosfera korroziyaga qarshi chidagani uchun oltin urniga medal va badiiy buyumlar tayyorlash unchun ishlatiladi . Latun tarkibida ruxning 20….30 % bulishi korrozion darz ketishiga olib keishi sababli uning tarkibiga kremniy (0,5%) va margane (1% ) qushiladi . Misning qurg’oshin , alyuminiy, kremniy , berilliy , kadmiy, xrom va boshqa elementlar bilan qotishmalari bronzalar deyiladi . Bronzalar yuqori kimyoviy bardoshlikka ega . Bronzalar ichida kemniyli bronza quymalari eng yuqori korroziyabardoshklikka ega.Alyuminy. Sanoatda ishlatilishi buyicha Fe dan keyin 2 urinda turadi . Alyuminiyningnormal eletrod potensiali -1,67B. termodinamik jihatidan faol xisoblanadi. Passivlanish qobiliyati natijasida suvda atmosfera sharoitlari , neytral va kuchsiz kislotali eritmalarda chidamlidir . Alyuminiy sirti passiv xolatda Al 2O3 yoki Al2O3 H2O dan iborat yupqa qatlam bilan qoplangan buladi . Alyuminiy gazli mihitlarda erish xaroratigacha (600 C) turgan buladi.

Alyuminiy HCl, HClO4, H3PO4 ishqorlar, oxak va betonlarda chidamsiz. Alyuminiy va uning qotishmalari (kimyoviy bbuyoqlar bilan) sanoatda keng qullaniladi. Texnik alyuminiy korroziyaga chidamli , payvandlanuvchan bulganligi har xil quvurla, kabellar, eshiklar idishlar, sut uchun sisternalar va boshqa yuklanishlar bulmagankonstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi . Alyuminiyning duralyumin, sulyumin kabi quyma qotishmalari xozirgi paytda keng qullaniladi .

Magniy va uning qotishmalari . Magniy korroziyabardosh metall xisoblanadi Uning turg’in potensiali – 2,37 B, 0,5 n HCl eritmasidagi stasional potensiali -1,45 B . Manfiy elektrokimyoviy potensial bulishiga qaramasdan passivlanish qobiliyati yuqori korroziyabardoshligini belgilaydi. Magniy xromli va vodorod bariy kislotalar ishqorlarda, atmosfera va distillangan suvda chidamli, kuchlanishlar ta’sirida tezda darz yeydi. Magniy kimyoviy faol bulganligi uchun havoda MgO oksid qatlamini xosil qiladi . Bu oksid qatlami ximoyalash qobiliyatiga ega emas , shuning uchun sirti lak buyoq. surtiladi.. Magniy qotishmalari zichligi kam, yuqori solishtirma mustahkamlikga ega va tebranishlarni yaxshi sundivurchanligi uchun aviasiya va raketa texnikasida keng qullaniladi, tok manbalari uchun anodlar tayyorlanadi.




Download 320 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 320 Kb.