• Baholash
  • Dars bosqichlari Vaqt reglamenti Jami
  • Darsning borishi I. Tashkiliy qism
  • II. O’tilgan mavzuni takrorlash O’tilgan mavzu “Aqliy hujum” usulidan foydalaniladi. “Bilimdonlar” guruhiga savollar
  • Zukkolar” guruhiga savollar
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash “O’rnini top”
  • V. O’quvchilarni baholash
  • Navoiy viloyat Uchquduq tumani xtbga qarashli 18-sonli maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Isayeva Muhayyoning 10-sinf adabiyot fanidan yozgan Mavzu: “O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi”




    Download 3.28 Mb.
    bet2/2
    Sana14.02.2022
    Hajmi3.28 Mb.
    #17547
    1   2
    Bog'liq
    O\'tkir Hoshimov Dars ishlanma
    husandocx, soatlar, Malumotnoma, filologiya, Информатика
    O`quv jarayoni
    mazmuni

    Dars turi: bilm, ko`nikma, malaka va layoqat hosil qiluvchi
    Dars uslubi: aralash
    Dars usuli: noan’anaviy: “Aqliy hujum”, “O’rnini top”, “Bilimingni sinab ko’r”.
    Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.
    Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.
    Baholash: 5 balli tizim asosida.

    Shakllantiriladigan kompetensiyalar:

    Kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetensiyalari










    Dars bosqichlari

    Vaqt reglamenti

    Jami

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    45 daqiqa

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    10 daqiqa

    Yangi mavzu bayoni

    15 daqiqa

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    15 daqiqa

    O’quvchilarni baholash

    1 daqiqa

    Uyga vazifa

    1 daqiqa



    Darsning borishi
    I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, kun yangiliklari bilan tanishish, psixologik muhit yaratish.
    Sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratib olamiz:
    1-guruh “Bilimdonlar”
    2-guruh “Zukkolar”
    O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra Bakalavr diplom maketi bilan rag’batlantiriladi.
    “5” baho uchun “4” baho uchun

    II. O’tilgan mavzuni takrorlash
    O’tilgan mavzu “Aqliy hujum” usulidan foydalaniladi.
    Bilimdonlar” guruhiga savollar
    1. A.Oripov qachon va qayerda tug’ilgan?
    2. A.Oripov dramalarini sanab bering?
    3. A.Oripovning afsonaviy – mifologik va fantastik mavzu asosida yaratgan asarini ayting?
    4. A.Oripovning “Birinchi muhabbatim” she’rida qanday g’oya ilgari surilgan?
    Zukkolar” guruhiga savollar
    1. A.Oripov bolaligi haqida ma’lumot bering?
    2. Inson qachon muhabbatga suyanadi?
    3. A.Oripov “Qo’riqxona” she’rida inson ko’nglini nimaga o’xshatgan?
    4. Shoir haqida qanday ma’lumotlar bilasiz?
    III. Yangi mavzu bayoni:

    O‘tkir Hoshimov 1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Do‘mbiravot mavzeida tug‘ildi. O‘. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida o‘qish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi. 1959 yildan 1963 yilgacha “Temiryo‘lchi”, “Qizil O‘zbekiston”, “Transportniy rabochiy” gazetalarida xat tashuvchi, mussaxhih, tarjimon bo‘lib ishladi. So‘ng “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim (1963–1966), “Toshkent oqshomi” gazetasida bo‘lim mudiri (1966–1982), G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari (1982–1985) bo‘ldi. 1985–1995 yillarda “Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrirlik qildi. 1995 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi lavozimida ishladi. 2005 yildan “Teatr“ jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishladi.
    O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va ma’naviy xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi.
    Shu paytgacha yozuvchining “Po‘lat chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den moti’lka”, (1971), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir bo‘ldi” (1975), “Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.
    Shuningdek, Stefan Sveyg, E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London O. Berggols, V. Shukshin, M. Karim va boshqa adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. “Xazon bo‘lgan bahor”, “Birovning tashvishi (Inson sadoqati)”, “To‘ylar muborak”, “Baland dorga osilma”, “Qatag‘on” sahna asarlari muallifi.
    Ilk kitobi 1962 yilda “Po‘lat chavandoz” ocherklar to‘plamidir. Birinchi yirik nasriy asari “Cho‘l havosi”, “Odamlar nima derkin” (1965),”Shamol esaveradi” (1966), “Qalbingga quloq sol” (1973) qissalari e’lon qilingan. “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
    Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so‘nggi qurboni”, “O‘zbek ishi” kabi novellalari o‘zbek hikoyachiligida muhim hodisa bo‘ldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi o‘ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli ma’naviy – axloqiy masalalar bilan birga o‘tkir ijtimoiy muammolarni ko‘targan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida O‘. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog‘liq holda tahlil va talqin etish yo‘lidan borgan.
    O‘.Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Hazon bo‘lgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “To‘ylar muborak” (1979), “Qatag‘on” kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy – ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
    1995–2004 yillari 1-, 2-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 1986 yili Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti loyiq topilib, 1996 yili “Mehnat shuhrati”, 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan.
    Adib 2013 yil 24 may kuni 72 yoshida vafot etdi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash



    O’rnini top” usulidan foydalanamiz, O’.Hosimovning qissa, hikoya va asarlari aralash holda beriladi, o’quvchilar adib ijod namunalarini o’z o’rniga qo’yishlari kerak.



    Bilimingni sinab ko’r” usuli orqali o’quvchilarda kelajakka umid, ertangi kunga ishonch tuyg’ulari uyg’otiladi. Sinf o’quvchilari 10-sinf bo’lganligi uchun barchasining ko’nglida oliy o’quv yurtiga kirish orzusi qamrab olgan. Shuning uchun ushbu usul orqali ularga qisman bo’lsa ham bu imkoniyatni beramiz. O’quvchilarga sinf taxtasida turli oliy o’quv yurtlari rasmlari tushirilgan tarqatmalar ko’rsatiladi, biror o’quv yurtini tanlaydi va orqasida yashiringan savolga javob topadi va rag’batlantiriladi.









    Bilimdonlar”
    1. O’.Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan?
    2. O’.Hoshimov asarlarini sanab bering?
    3. O’.Hoshimov qaysi jurnallarda bosh muharrir lavozimida ishlaydi?


    Zukkolar”
    1. O’.Hoshimovning birinchi yirik nasriy asari qaysi?
    2. O’.Hoshimov qanday ordenlar bilan mukofotlangan?
    3. O’.Hoshimovning ilk romani qaysi?



    V. O’quvchilarni baholash: Guruhlar olgan baholar soni jamlanadi va g’olib guruh aniqlanadi.
    VI. Uyga vazifa: O’.Hoshimovning hayoti va ijodiga oid qo’shimcha ma’lumotlar yig’ib kelish va “Ikki eshik orasi” romanini o’qib kelish.
    Download 3.28 Mb.
    1   2




    Download 3.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy viloyat Uchquduq tumani xtbga qarashli 18-sonli maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Isayeva Muhayyoning 10-sinf adabiyot fanidan yozgan Mavzu: “O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi”

    Download 3.28 Mb.