POROSHOKLARNI TAYYORLASh BOSQICHLARI




Download 1.18 Mb.
bet2/169
Sana02.07.2022
Hajmi1.18 Mb.
#24701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1
Новый документ в формате RTF, 222222222, 2 massiv, Buyuk Britaniya, Процедуралар, Dildora Mineral xomashyoni biotexnologik qayta ishlash Mustaqil ish
POROSHOKLARNI TAYYORLASh BOSQICHLARI
Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to’la bo’lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo’lish-bo’lmasligi dori tarkibi, uning qo’llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o’ta maydalangan bo’lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o’xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo’lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o’rta me'yorda bo’lgani ma'kul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo’llarining tashqi qavatiga mo’ljallangan bo’lib, ularning tomok yo’llariga tushish zarurati yo’k. Ishlatilishi oldidan eritish uchun mo’ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar issiqlikka chidamli bo’lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo’llash usulidan tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Xayvonot va o’simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo’lib, minerallardan solishtirma og’irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba'zi bir moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat angidrid va xavo namligi ta'sirida o’zgaradi. Ko’pchilik kukunlar gigroskopik bo’lgani sababli xavoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari xavo ta'sirida suvini yo’kotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jixatidan turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o’zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.

Download 1.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



POROSHOKLARNI TAYYORLASh BOSQICHLARI

Download 1.18 Mb.