• 1.1.-rasm. Maydalash usullari
  • Nazaruy materiallar




    Download 1.18 Mb.
    bet3/169
    Sana02.07.2022
    Hajmi1.18 Mb.
    #24701
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
    Bog'liq
    5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1
    Новый документ в формате RTF, 222222222, 2 massiv, Buyuk Britaniya, Процедуралар, Dildora Mineral xomashyoni biotexnologik qayta ishlash Mustaqil ish
    Maydalash, aralashtirish. Dori tayyorlash uchun mo’ljallangan kukunlarni maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezrok va to’larok so’rili­shi bo’lsa, ikkinchisi maydalangan kukunlar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingredientlarning ayrim zarrachalari ajralib ko’rin­maydi.
    Dori modda zarrachalari maydalanishi natijasida bir zarracha, alohida zarrachaning sathi kamaysa ham, umum zarrachalar sathini ifodalovchi umumiy sath (umumsath) bir necha bor oshadi.
    Umumsath ko’rsatkichining oshishi quyidagi 2-jadvalda yakkol ko’rinib turibdi.
    1.1.-jadval

    Zarracha qirralari
    o’lchami, mkm

    1 sm3 hajmdagi
    zarrachalar soni

    sm2 o’lchamidagi
    umumsath m2

    0,1 sm q 10000 mkm
    0,1 mm q 1000 mkm
    100 mkm
    10 mkm
    1 mkm
    0,1 mkm

    1
    103
    106
    109
    1012
    1015

    6
    60
    600
    6000
    60000 = 6 m2
    600000 = 60 m2

    Umum sath oshishi bilan dori moddaning tana bilan tutashgan sathi ham ortadi. Natijada eriydigan moddalarning erishi tezlashadi, tanaga so’rilishi kuchayadi. qattiq moddalarga mexaniq ta'sir ko’rsatish har xil bo’lishi mumkin. Ularni parchalash, maydalash, ezish, yorish, sindirish, kesish, arralash, urish yoki shu usullaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi (1.1.-rasm).



    1.1.-rasm. Maydalash usullari
    a — ezib maydalash; b — yorish; v — sindirish; g — kesish; d — arralash;
    e — ezgilab maydalash; j — urib maydalash; z — erkin tushish.

    Yorishda – jismning bosim ko’p ta'sir qilingan joyi yoriladi.Hosil bo’lgan zarrachalar bir-biriga o’xshash bo’lsa ham shakli, kattaligi jixatdan bir-biriga yakin bo’ladi. .


    Sindirishda — egiltiruvchi kuchlar ostida jism parchalanadi.
    Parchalanishdan hosil bo’lgan zarrachalar kattaligi va shakli jixatidan turlicha bo’ladi.
    Kesish va arralashda - jismlarni belgilangan kattalikda va shaklda maydalash mumkin. Yanchishda - jism siqiluvchi, cho’zuvchi, kesuvchi, ezuvchi kuchlar ta'sirida maydalanadi. Bunda mayda kukunga o’xshash mahsulot hosil bo’ladi.
    Urilganda - mo’ljalga olib urilganda yorilgandagi kuch ta'siri qaytarilib jism yorilishi mumkin, umuman urilishda ezish ta'sir kuchi bilan maydalanadi. Dori moddalari fizik jixatdan maydalangan, qattiqlik jixatdan o’rta qattiqlikdagi qovushqoq jismlar bo’lganligi sababli (xox kristal, xox amorf modda bo’lsin) ularni maydalashda yanchish va ezish usulidagi kuchlar ta'siridan foydalaniladi.
    Ezish va ishkalash modda zarrachalarini maydalash bilan birga ularni o’zaro yaxshi aralashishini ham ta'minlaydi. Bu esa murakkab kukunlarni tayyorlashda ayniqsa ko’l keladi.
    Xozirgi kunda elaki dorilar tayyorlashda ularni maydalash va aralashtirish uchun dorixonalarda kadimdan ma'lum bo’lgan hovonchadan (mortaria) foydalaniladi (1.2.-rasm). Bizni elaki dori texnologiyasini o’rganish bo’yicha qilingan ishlarimiz asosida olgan natijalar shuni ko’rsatadiki, ularning maydalik darajasi, maydalash usullari, aralashtirish usuli uning sifatiga biosamaradorligiga ta'sir etuvchi omil hisoblanadi. Shu sababdan bu texnologik jarayon va maydalik darajasini ham tarkibi turiga qarab me'yorlashtirish kerak. Ularning maydaligi 0,1-0,3 mm oraligida bo’lishi mumkin. Dorixatlarda ko’p ishlatiladigan elaki dorilarni murakkab tarkiblaridan dorixonada yarim fabrikatlar tayyorlab ko’yish mumkin. Bunda elaki dorilar tarkibi o’rganilib uning ko’p uchraydigan ma'lum bir qismi yarim fabrikat holida tayyorlansa bo’ladi. Elaki dorilar tarkibini draje holida ham tayyorlash mumkinligi G. S. Yusupova tomonidan ko’rsatilgan.
    Hovonchalar har xil o’lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, latundan yasaladi. Kundalik amaliyotda eng ko’p ishlatiladigani chinni hovonchadir. Chinni hovonchalar 7 xil hajmda chiqariladi. Chinni hovonchalar yuza tomonidan sillik, ichi esa govak va notekis bo’ladi.

    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




    Download 1.18 Mb.