|
Neft kimyoviy jarayonlar Reja: Umumiy tushunchalar Neftkimyoviy jarayonlarni sinflash
|
bet | 1/3 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #136478 |
Bog'liq Roza apa
Neft kimyoviy jarayonlar
Reja:
1. Umumiy tushunchalar
2. Neftkimyoviy jarayonlarni sinflash
3.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Umumiy tushunchalar
Neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatida bir qator muhim neft mahsulotlarini olish va ularning sifatini yaxshilash uchun turli kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Kimyoviy jarayonlarni qo‟llash orqali neftni chuqurroq qayta ishlashga erishiladi va dastlabki neftning tarkibidagiga nisbatan 1,5–2 barobar ko‟proq tiniq neft mahsulotlarini olish imkoniyati paydo bo‟ladi. Kimyoviy jarayonlar yordamida neftkimyoviy ishlab chiqarishlar uchun turli xom ashyolar, jumladan, to‟yinmagan uglevodorodlar (etilen, propilen, butilenlar, butadien) va aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, etilbenzol, ksilollar, izopropilbenzol) olinadi. Ushbu xom ashyolar asosida platsik massalar, sintetik kauchuklar, sintetik tolalar, yuvuchi vositalar va boshqa muhim mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bir qator kimyoviy jarayonlardan foydalanish orqali tiniq neft mahsulotlari va moylarning sifatini yaxshilash (oltingugurtsizlantirish, antidetonatsion xossalari va barqarorlikni oshirish, kokslanishni kamaytirish, rangini yaxshilash va hokazo) mumkin. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi ishlab chiqarishlarida qo‟llaniladigan eng asosiy kimyoviy jarayonlar qatoriga katalitik riforming, katalitik kreking, izomerlash, gidrotozalash, gidrokreking, kokslash, piroliz, alkillash, vodorodsizlantirish, polimerlanish kabi jarayonlar kiritiladi. Katalitik riforming. Jarayon benzin fraktsiyalaridan yuqori oktanli benzinlarni olish, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, etilbenzol, ksilollar) ni ajratish va texnik vodorodni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Jarayon tarkibida 70-80 % (hajm bo‟yicha) vodorodni ushlagan gaz bilan tsirkulyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Harorat 450-5300 S va bosim 1,5-4,0 MPa atrofida o‟zgaradi. Ushbu jarayon turli katalizatorlar (asosan, platinali katalizator) ishtirokida olib boriladi. Riforming paytida tarkibida katta miqdorda vodorodni ushlagan gaz ham olinadi. Bu gazdan neft mahsulotlarini oltingugurtsizlantirish, ya‟ni gidrotozalashda foydalaniladi. Katalitik kreking. Ushbu jarayon orqali (harorat 420-5300 S; bosim 0,1-0,3 MPa; alyumosilikat, steolit ushlovchi va boshqa katalizatorlar ishtiroki bilan) turli ditsillyatlar va qoldiq xom ashyodan yuqori oktanli benzinlar va tarkibida yuqori konstentratsiyali propan-propilen hamda butan-butilen fraktsiyalarini ushlagan gaz olinadi. Izomerlash. Normal uglevodorodlar (pentan, butan, benzin fraktsiyasi) ni izomerlash yo‟li bilan alkillash uchun ishlatiladigan izobutan yoki sintetik kauchuk va benzinning yuqori oktanli komponentlarini olish uchun xom ashyo hisoblangan izopentan olinadi. Jarayon harorat 120-1500 S va bosim 1 MPa gacha bo‟lgan sharoitda olib boriladi. Gidrotozalash. Neft fraktsiyalarini oltingugurtsizlantirish hamda ikkilamchi neft mahsulotlari tarkibida bo‟lgan to‟yinmagan uglevodorodlarni vodorod bilan to‟yintirish uchun ishlatiladi. Ushbu jarayondan moy va parafinlarni to‟la tozalash uchun ham foydalaniladi. Jarayon harorat 300-4200 S va bosim 3-4 MPa bo‟lganda amalga oshiriladi. Gidrokreking. Yuqori haroratda qaynaydigan ditsillyat fraktsiyalaridan qo‟shimcha miqdordagi tiniq neft mahsulotlari olish uchun ishlatiladi. Jarayon harorat 370-4200 S va bosim 14-20 MPa chegarasida o‟zgarganda amalga oshiriladi. Tarkibida ko‟p miqdorda oltingugurtni ushlagan mazutlarni gidrokreking qilish orqali bug„ qozoni yonilg„isidagi oltingugurt miqdorini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Bunday sharoitda atrof muhitni ifloslantirishga sababchi bo‟ladigan oltingugurt ikki oksidining miqdori kamayadi. Kokslash. Ushbu jarayon yordamida neft qoldiqlari va yuqori haroratda qaynovchi ikkilamchi ditsillyatlardan tarkibida kam miqdorda kulni ushlagan neft koksi olinadi. Hosil bo‟lgan koksli ditsillyatlar tiniq neft mahsulotlari olish uchun qayta ishlashga jalb etiladi. Kokslash jarayoni bosim 0,1-0,3 MPa va harorat 480- 5400 S atrofida o‟zgargan paytda amalga oshiriladi. Piroliz. Neft ditsillyatlari (benzin, kerosin) yoki gaz (etan, propan) ni piroliz qilish neft kimyosi uchun muhim ashyo bo‟lgan to‟yinmagan uglevodorodlar (etilen, propilen, butadien) ni ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Piroliz paytida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol) va pirokondensat ham olinadi. Ushbu jarayon bosim 0,01 MPa dan past bo‟lganda va haroart 650-9000 S atrofida o‟zgarganda amalga oshiriladi. Alkillash. To‟yinmagan uglevodorodlar (propilen, butilenlar, amilenlar) yordamida izoparafinli uglevodorodlar (izobutan yoki izopentan) ni alkillash orqali benzinlarning yuqori oktanli komponentlari olinadi. Masalan, izobutanni butilen bilan alkillash natijasida izooktan hosil bo‟ladi. Alkillash reaktsiyasi harorat 0 dan - 100 S gacha o‟zgarganda (katalizator sifatida N2SO4 ishlatilganda) yoki harorat 25-300 S bo‟lganda (katalizator sifatida NF ning suvdagi eritmasi qatnashganda) amalga oshiriladi. Benzolni to‟yinmagan uglevodorodlar (etilen, propilen) bilan alkillash jarayonida katalizator sifatida fosfor yoki sulfat kislotasi, alyumosilikatlar va boshqalar ishlatiladi. Katalizatorning turiga ko‟ra, jarayon harorat 50 dan 4500 S gacha va bosim 1 dan 3 MPa gacha o‟zgarganda amalga oshiriladi. Vodorodsizlantirish. To‟yingan uglevodorodlardan to‟yinmagan uglevodorodlarni olish (masalan, butandan butilen, butilendan butadien, izopentandan izoamilen, izoamilendan izopren olish va hokazo) maqsadida molekula tarkibidan vodorodni ajratib chiqarish vodorodsizlantirish jarayonining asosini tashkil etadi. Jarayon xromalyuminiyli katalizatorlar ishtirokida, harorat 530-6000 S bo‟lganda, atmosfera bosimida yoki vakuum otsida olib boriladi. Vodorodsizlantirish yo‟li bilan etilbenzoldan tsirol, izopropilenbenzoldan esa α – metiltsirol olinadi. Polimerlanish. Kichik molekulali moddalar (monomerlar) ning katalizatorlarning ishtiroki bilan o‟zaro ta‟siri natijasida yuqori molekulali modda (polimer) ni olish polimerlanish jarayoni deb yuritiladi. Ushbu jarayon katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Plastmassalar, sintetik kauchuklar, moylar va boshqa mahsulotlarni olishda polimerlanish jarayonidan foydalaniladi. Masalan, katalizator (fosfor kislotasi) ishtirokida propilenning polimerlanishi orqali yuvuvchi vositalar ishlab chiqarishda qo‟llanilinadigan propilen tetrameri olinadi. Propilenning polimerlanishi natijasida yuqori sifatli plastmassa (polipropilen) ishlab chiqariladi. Izobutilenning polimerlanishi orqali qattiq poliizobutilen (molekulyar massasi 200000 atrofida) yoki suyuq poliizobutilen (molekulyar massasi 10000 atrofida) olinadi. 2.
|
| |