Quduqda quvurlarni teshish




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana27.02.2023
Hajmi5.78 Mb.
#43606
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
73-26-PB
3.4.Quduqda quvurlarni teshish
Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini maxsuldor qatlamning kerakli
chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam xarajatliligi uchun
ko’p qo’llaniladi.
Maxsuldor qatlam otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish
(perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo’llaniladigan apprat perforotor deb
ataladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement xalqasida teshik hosil kilish
uchun to’rtta usuldan foydalaniladi:
O’qli, o’qsiz, torpedalash va suv qum aralashmasi bilan teshish.
O’qli perfaratorlarning quyidagi turlari mavjud:
1)Bir vaqtda otiladigan teshgichlar, bunda maxsuldor qatlamni teshish
barcha o’qlar bir vaqtda otilib, maxsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustaxkam
qalin qatlamli quduqlarda qo’llaniladi.
2)O’klari ketma-ket otiladigan perfaratorlar, bunda birinchi o’q otilgandan
keyin ikkinchi o’q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq
hosil bo’lishi)ni oldini olish uchun qo’llaniladi.
3)Terib otuvchi perfaratorlar bunda kerakli oraliklarni navbatma-navbat
otish uchun qo’llaniladi. Bu usul kalin bo’lmagan qatlamlarni ochish uchun
ishlatiladi.
O’kli perfaratorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi.Tizmani
teshishda 11-12,7 mm li o’klardan foydalaniladi. O’kli teshgichning kamchilik
tomoni barcha otishlar xar doim ham tizmni tesha olmaydi. Ayrim otishlarda
energiyaning tezda yo’qatishi natijasida tizmani teshib o’tmaydi.O’kli
perfaratorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3.
Maxsuldor qatlamni ochishda torpedali teshish usuli yaxshi samara
beradi. Unda snaryad yordamida teshiladi, snaryad maxsuldor qatlamni yorib
kiradi va portlaydi g’ovak va yoriqlar hosil qiladi. TPK-22 va TPK-32 «torpednыy
perfarotor Kolodyajnogo» markali perfaratorlar ishlatiladi.Perfaratorning tashqi
diametri 100 mm bo’lib diametri 127 mm li quduqlarda qo’llaniladi.
O’ksiz teshish usulida maxsuldor qatlam qumlyativ zaryad yordamida
teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo’lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s
gacha bo’lib.
O’ksiz perfaratorlar korpusli va korpussiz perfaratorlarga bo’linadi.
Korpusli perfarator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopik korpusdan
tashqil topgan bo’lib uni ko’p marta ishlatish mumkin. Korpusda qumlyativ
zaryad, detanasiya hosil kiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo’ladi.
Bunday perfaratorlar 10 va 20 zaryadli bo’lib markasi PK-103.
Korpussiz teshgichda xar- bir zaryad aloxida germetik kobik bilan
mustaxkamlangan bo’lib, bu portlash vaktida yoriladi. Korpussiz perfaratorlar
KPR-50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud.
Teshish usullarini tanlashda perfaratorlarni xususiyatlarini bilishimiz
shart. O’ksiz perfaratorlarni qattiq tog’ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish
yaxshi natija beradi; o’kli perfarator- uncha qattiq bo’lmagan tog’ jinslaridan
tuzilgan qatlamni teshishda qo’llaniladi.Snaryadli teshish usuli qattiq va kam
o’tkazuvchan tog’ jinslarida qo’llash yaxshi natija beradi. Otilgan o’k va
snaryadlar tizmani deformasiyalaydi va sement xalqa va qatlamlarda yoriq hosil
qiladi.

Download 5.78 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish