Qatlamni gidravlik yorish




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana27.02.2023
Hajmi5.78 Mb.
#43606
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
73-26-PB
4.4.Qatlamni gidravlik yorish
Qatlamni gidravlik yorish usuli – yomon o’tkazuvchi tog’ jinslaridan
tuzilgan neft quduqlarini maxsuldorligini oshirish va haydovchi quduqlarda
qatlamning qabul kiluvchanligini oshirishda eng samarali usullardan hisoblanadi.
Bu usulda er yuzidan haydalayotgan yuqori bosimli suyuqlik yordamida
maxsuldor qatlamda bosim hosil kilish va mavjud yoriqlarni kengaytirib quduq


maxsuldorligi oshiriladi. Hosil qilingan yoriqlar bosim tushgandan keyin kayta
yopilib kolishini oldini olish uchun qatlamga kvars qumlari suyuqlik bilan
haydaladi.
Hosil qilingan yoriqlar qatlamga bir necha o’n metrlab kiradi va quduq
maxsulotini bir necha o’n marotaba oshiradi.
Qatlamni gidravlik yorish quyidagi ketma-ket bajariladigan jarayonlar
orqali amalga oshiriladi.
1) 
Qatlamda yoriq hosil kilish uchun suyuqlikni haydash
2) 
Hosil qilingan yoriqlarni to’ldirish uchun qum tashuvchi suyuqlikni qum
bilan haydash.
3) 
YOriqlarga qumni bostirish uchun, bostiruvchi suyuqliklarni haydash.
7-rasm.Qatlamni gidravlik yorish tarxi.
1-yoruvchi suyuqlikni haydash; 2-qum-suyuqlik aralashmasini haydash; 3-
bostiruvchi suyuqlikni haydash.1-glina; 2-neft qatlami.
Katlani yorish uchun quduq tubida bosimni quyidagicha aniklaymiz:
Ryor=1,5Hpg –2,5 Hpg (4.1)
bu erda: N - quduq cho’qurligi; m da ; r - tog’ jinsi zichligi; kg/m
3
da; 
Asosan yoruvchi suyuqlik va qum tashuvchi suyuqlik sifatida bir- xil
suyuqlikdan foydalaniladi. SHuning uchun bu suyuqliklarni atashni soddalashtirish
uchun yorish suyukligi deb ataladi. Ikki xil yorish suyuqligi qo’llaniladi: 1)
uglevodorodli suyuqlik; 2) suvli eritmalar.
Ayrim hollardagina suv-neft’ va neft-kislota emulьsiyalari qo’llaniladi.
Neft quduqlarida uglevodorodli suyuqliklardan foydalinadi: ularga yuqori
qovushqoq neft maxsulotlari, mazut yoki uning neft bilan aralashmasi, dizel
yokilgilari yoki xom neft, neftni sovun bilan aralashmasi.
Suv haydovchi quduqlarda suv eritmalari qo’llaniladi: ularga suv, sulьfit-
spirtli bardani suvli eritmasi, tuz kislota eritmalari va xar-xil reagent bilan
aralashtirilgan suv.
Maxsuldor 
qatlam 
o’tkazuchanligiga 
qarab 
yoruvchi 
suyuqlik
qovushqoqligi 50 dan 500gacha oraliqda tanlab olinadi.
Qatlamni gidravlik yorishda yoriqni to’ldiruvchi qumlar quyidagi
talablarga to’liq javob berishi kerak:
1)mexanik mustaxkam bo’lishi, yoriqlarni orasida ezilib ketmasligi kerak.
2)yuqori o’tkazuvchanlikni saqlab qolishi kerak.
Bu talablarga kvars qumi to’lik javob beradi.Qum zarralari o’lchami 0,5
mm dan 1 mm gacha bo’ladi.Qatlamga qumni haydash miqdori tog’ jinsi yorilish
darajasiga bog’liq. Ko’p yoriqli tog’ jinslaridan (ohaktosh va dolamit ) tuzilgan
qatlamlarga bir necha o’n tonna qum haydash mumkin.
Qatlamni gidravlik yorish texnologiyalari quyidagilardan tashkil
topgan bo’ladi. Ishlov berishdan oldin quduq oqimi tekshiriladi, uning qabul
qiluvchanligi va yutilish bosimi aniqlanadi. Tekshirish natijasida yorish
suyuqliklari miqdorini, haydash bosimi aniqlanadi va ishlov berilgandan keyingi
natijani tahlil qilinadi.


Qatlamni gidravlik yorishdan oldin quduq qumli va loyli tiqinlardan
tozalanadi va quduq devori ifloslovchi qoldiqlardan yuviladi. Ko’p hollarda
kislotali ishlov beriladi yoki qatlam tekshiriladi. Bu ishlar yorish bosimini
pasaytiradi va uning samaradorligini oshiradi.
Qatlamni gidravlik yorish uchun quduq tubi jixozlari tarxi 8-rasmda
keltirilgan.
8-rasm.Qatlamni gidravlik yorishda er osti jixozlarining joylashish tarxi.
1-mustahkamlovchi quvurlar tizmasi; 2-nasos-kompressor quvuri; 3-
gidravlik yakorь; 4-paker; 5-maxsuldor qatlam; 6-dumcha.
Yuvilgan, tozlangan va maxsus shablonda tekshirilgan quduqka 89-114
mm li quvurlar tizmasi tushirilib, u orqali yorish suyuqligi haydaladi. Qatlamni
gidravlik yorishda kichik diametrli quvurlardan foydalanilmaydi, chunki undan
suyuqlik xaydalganda ko’p bosim yo’qotiladi. Mustahkamlovchi quvurlar
tizmasiga yuqori bosim ta’sir qilmasligini ta’minlash uchun yoriladigan qatlam
yuqorisidan paker o’rnatiladi.
Quduqda bosim oshirilganda pakerni tizma bo’ylab harakatlanishini oldini
olish maqsadida gidravlik yakor o’rnatiladi.
Quduq usti yoruvchi suyuqlik haydovchi agregatlar ko’shilgan maxsus
boshcha bilan jixozlanadi.
Gidravlik yorish jarayonida quduq usti jixozlanishi tarxi quyidagi rasmda
keltirilgan.
9-rasm.Qatlamni gidravlik yorishda er usti jixozlarining joylashish tarxi.
1-quduq; 2-4AN-700 agregatlari; 3-qumaralashtiruvchi ZPA agregati; 4-
yordamchi nasos agregatlari; 5-qum tashuvchi suyuqlik uchun idish; 6-yoruvchi va
bostiruvchi suyuqliklar uchun idishlar.



Download 5.78 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish