• 6- ma’ruza Mavzu: Neftni turli energiya manbaalari taьsirida siqib chiqarish mexanizmi Reja: 6.1.Suyuqlikni quduq tubiga okib kelish shartlari.
  • 6.1.Suyuqlikni quduq tubiga okib kelish shartlari
  • Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/43
    Sana27.02.2023
    Hajmi5.78 Mb.
    #43606
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
    Bog'liq
    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
    73-26-PB
    Nazorat savollari.
    1.Quduqlarda tadqiqot ishlarini olib borishdan maqsad nima?
    2.Quduqlarni barqaror rejimda tadqiqot etish kanday olib boriladi?
    3.Tadqiqot natijasida indiqator chizig’i kanday chiziladi?
    4.Quduqlarni bekaror rejimda tadqiqot etish kanday olib boriladi?
    5.To’xtatilgan quduqning bosimini tiklanishi kanday tenglama orqali
    aniqlanadi?
    6.Quduq ishlashining texnologik rejimi deganda nimani tushinasiz?
    7.Quduqdan maxsulot olishni chegaralash kanday holatdalarda amalga
    oshiriladi?
    8.Quduqlarni tadqiqot kilish usullari?
    9.Gidrodinamik tadqiqot kanday olib boriladi.
    6- ma’ruza
    Mavzu: Neftni turli energiya manbaalari taьsirida siqib chiqarish
    mexanizmi
    Reja:
    6.1.Suyuqlikni quduq tubiga okib kelish shartlari.
    6.2.Quduq debitini aniklash.


    6.3.Quduq va qatlamlarning uzaro taьsirlari.
    6.1.Suyuqlikni quduq tubiga okib kelish shartlari.
    Xar kanday sharoitda suyuqlik yoki gazni xarakati bosimlar farki
    ta’siridada ro’yberadi. Er osti gidravlikasi fanidan maьlumki yangi ochilgan
    uyumdan quduqlar orqali maxsulot olinmagan bo’lsa quduqda va uyumdagi bosim
    bir-xil bo’lib, bosimlar farki nolga teng bo’ladi. Quduqdan suyuqlik yoki gaz olina
    boshlangandan kiyin quduq tubi bosimi tushadi va qatlam bosimidan kichik
    bo’ladi. Qatlam bosimi va quduq tubi bosimlari farki taьsirida qatlamdan quduq
    tubi tomon suyuqlik yoki gaz oqimi hosil bo’ladi. Suyuqlik yoki gaz qatlamdan
    quduqka teshilgan teshiklar yoki emirilmaydigan tog’ jinslaridan tuzilgan
    uyumlarda ochiq yuzalardan okib tushadi. Quduq stvoli yon yuzasini silindr yon
    yuzasiga o’xshatish mumkin, uning radiusi quduq radiusiga teng. Agar maxsuldor
    qatlam teshiklar orqali ochilgan bo’lsa yon tomondan sizish yuzasi teshilgan
    teshiklar yuzasini yigindisiga teng bo’ladi.
    Suyuqlik oqimi quduqka kelishidan oldin, qatlamda xarakatlanishida quduq
    stvoliga uzliksiz konsentrik qator bo’ylab joylashgan yuzada xarakatlanadi.
    Quduq tomon xarakatlanayotgan suyulik yoki gaz oqimini ikki o’lchamli
    (uzunligi va kengligi) tekis oqim deb karaladi va shuning uchun bunday oqimni
    tekis radial oqim deb ataladi.
    Quduqdan bir kecha - kunduzda kazib olingan maxsulot miqdoriga sutkalik
    debit deb ataladi.

    Download 5.78 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish