• 10.5. Tebratma - dastgox
  • Nasos quduqlari usti jixozlari




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/43
    Sana27.02.2023
    Hajmi5.78 Mb.
    #43606
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
    Bog'liq
    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
    73-26-PB
    10.4.Nasos quduqlari usti jixozlari
    Nasos quvurini ushlash, quduq maxsulotini yunaltirish va quduq ustini
    jixozlash uchun hamda quvur orti qismidagi gazni olish uchun nasos qudug’i ustiga
    maxsus jixozlar o’rnatiladi.
    Nasos quduq usti jixozi (68-rasm) uchlik – salnik va planshaybadan tashkil
    topgan bo’ladi.Quduqning uchi bo’rtib chiqkan nasos quvurlari bilan jixozlashda
    quvur quyidagicha maxkamlab ko’yiladi: planshayba markazidan nasos quvuri
    diametriga mos teshik hosil kilinib nasos quvuri rezьbasi tushadigan silindrik rezьba
    hosil qilinadi. Planshaybaga ikki tomonidan rezьba ochilgan uzinligi 1m bo’lgan
    quvurcha 14 berkitilib yuqorisidan mufta 11 maxkamlanadi. Pastki qismiga
    ko’taruvchi quvur tizmasining muftasi maxkamlangan bo’ladi. Mufta 11ga


    salnikli zichlagich uchlik 9ga maxkamlanib, u orqali sillik shtok 10
    o’tkaziladi.Salnik, korpus va shtok oralig’ini zichlashtiradi va oqimni
    yontomondagi chiqish yo’liga yunaltiradi.
    Planshaybada A teshikcha teshilgan bo’lib, u quvur ortidan gazni olish
    uchun xizmat qiladi. B teshikcha esa quduqdagi satxni YAkovlev apparati
    yoki exolot yordamida o’lchash uchun xizmat qiladi.Satx o’lchangandan
    keyin B teshik tiqin 16 bilan berkitiladi.Gaz olish uchun mo’ljallangan
    teshikka quvurcha 15 ventil bilan maxkamlanadi.
    Planshayba ulchami mustahkamlovchi kuvirlar tizmasi diametri va
    uning flansiga qarab tanlanadi.68-rasm
    10.5. Tebratma - dastgox.
    Konlarda Azinmash ishlab chiqkan bir-necha turdagi redo’qtorli
    tebratma - dastgoxlar ishlatiladi.
    Redo’qtorli tebratma - dastgoxlar tuzilishidagi umumiyliklar quyidagilar.
    1)Barcha dastgoxlar yopik ikki pogonali redo’qtorga ega.
    2)Redo’qtor ikki kolodkali tormoz tizimi bilan jixozlangan bo’lib,
    dvigatelni tuxtatgandan keyin balansirni tebranishdan tuxtatish uchun
    muljallangan.
    3)Dvigateldan redo’qtorga xarakatni uzatish uchun klino simon tasma
    xizmat qiladi. Ular suv o’tkazmas, yog’ingarchilikdan ximoyasiz ishlatilsa ham
    bo’ladi. YOng’inga xavfsiz hisoblanadi.
    4)Barcha dastgoxlarda po’lat arkon osmalardan foydalaniladi. Bu nasos
    silindiriga plunjerni o’rnatishda sillik shtokni tartiblashni osonlashtiradi.
    Maxsuldorligi xar-xil bo’lgan quduqlar uchun xar-xil turdagi tebratma-
    dastgoxlar ishlab chiqarilgan.GOST-5866-56 bo’yicha besh xil tebratma -
    dastgox ishlab chiqilgan:SKN-2-615, SKN3-1515, SKN5- 3015, SKN10- 3315,
    SKN10- 3012. bu erda: a) birinchi uch xarf – «stanok-kachalka normalьnoga
    ryada» normal qatorli tebratma- dastgoxlar. B) Xarflardan keyingi sonlar -
    shtanga osilgan no’qtaga berilaetgan zurikish tn da. V)CHiziqchadan keyingi
    sonlar- uch sonlida –birinchisi, turt sonlida –oldindagi ikkitasi, shtanganing
    osilish no’qtasidan yurish uzunligi dm da. G)Oxirgi ikki son - bir minuttagi
    balansirning tebranishlar soni.


    Barcha tebratma dastgoxlar turtta asosiy qisimdan tuzilgan bo’ladi(55-
    rasmga karang)
    Tirgaklar yuqorisiga tayanch plita o’rnatilgan bo’lib, unga balansir
    o’qining tebranishi uchun ikkita podshibnik o’rnatib maxkamlanadi. Reduktor
    11 ramaga o’rnatiladi va bolt bilan mahkamlanadi. Etaklanayotgan valning har
    - ikkala tomoniga bittadan krivoship 13 o’rnatilib, unga chugunli posongi
    maxkamlanadi. Dvigateldan redo’qtorga xarakat ikkita parallel ishlovchi
    krivoship- shatunli mexanizm orqali uzatiladi. U balansir bilan kundalang
    travers 8 orqali ulanadi. SHatun 10 quvurdan tayyorlangan bo’lib, uning yuklri
    qismiga boshcha payvandlangan bo’ladi.
    Tebratma – dastgox turini tanlash quduqdan olinadigan suyuqlik
    miqdoriga va quduqning cho’qirligiga bog’liq bo’ladi.

    Download 5.78 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish