• 13 - MA’RUZA Ma’ruza: Quduqlarda er osti ta’mirlash ishlarini olib borish Reja 13.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
  • 13.4. Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan asosiy instrumentlar. 13.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
  • Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/43
    Sana27.02.2023
    Hajmi5.78 Mb.
    #43606
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
    Bog'liq
    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
    73-26-PB
    Nazorat savollari
    1.Ikki qatorli quduqlarni qo’llashdan maqsad nima?
    2.SHaxta necha metirgacha va nima nima maqsadda qaziladi?
    3.Ajratilgandan keyin ikki va uch qatorli quvurlar oralig’idagi masofa
    qancha bo’lishi kerak?
    4.Tizmalar diametrlari o’lchamlari kanday bo’ladi?
    5.Oralik bloki kanday tarkibiy qismlardan tuziladi?
    6.Ishlatish usullarini hisobga olgan xolda kanday kombinasiyalarni qo’llash
    mumkin?
    7.Ikki qatlamni favvora- favvora tarxi bo’yicha kanday ishlatiladi?
    8.Ikki qatlamni cho’qurlik nasosi va favvora tarxi bo’yicha kanday
    ishlatiladi?
    9.Birvaqtda aloxida kazib olish kaerda ko’p qo’llaniladi?
    10.Suvni qatlamga bir quduq orqali aloxida haydash qachondan qo’llanila
    boshlangan?
    13 - MA’RUZA
    Ma’ruza: Quduqlarda er osti ta’mirlash ishlarini olib borish
    Reja
    13.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
    13.2. Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat
    va mexanizmlar.
    13.3. Tal tizimi
    13.4. Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan
    asosiy instrumentlar.
    13.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
    Xar xil sabablar bilan quduqning normal (muayyan) ishlashi buziladi,
    natijada neft’ kazib olish kamayadi yoki butunlay to’xtaydi. Neft’ kazib olishning
    kamayishi yoki butunlay to’xtashi er osti yoki usti jixozlari qismining buzilishi,
    ishchi agent yoki elektroenergiyasining uzatilishi vaktincha to’xtashi, quduq tubiga
    qum yoki suvning kelishi, parafinning qotib kolishi natijasida yuz beradi.
    Quduqning uzok ishlamasdan turib kolishi quduqni ishlatish koeffisentiga ta’sir
    ko’rsatadi. Quduqning ishlatish koeffisenti quduq ishlagan kunlarining umumiy


    kunlar soni nisbatiga teng bo’ladi. Ishlatish koeffisenti 0,95-0,96 ga teng bo’lsa
    yaxshi hisoblanadi Quduqda er osti tomirini utkazish uchun tuxtalishi ishlatish
    koeffisentiga katta ta’sir kursatadi.

    Joriy er osti ta’mirlash ishlariga quyidagi ishlar kiradi: CHo’qurlik
    nasoslari yoki uning qismlarinialmashtirish, nasos shtangalarini uzilishi yoki
    echilib ketishini bartaraf etish, nasosni yuvish, almashtirish, nasos-kompressor
    quvuri yoki shtanga tizmalariga ko’shish yoki kamaytirish, quvurdagi sizishni
    bartaraf etish, qum yakorini tozalash, ishchi mufta va ko’shuvchi moslamalarni
    tekshirish, qum tiqinini yuvish yoki tozalash, paker tushirish va almashtirish va
    boshqa bir qancha ishlar kiradi. Bu ishlarni konda tashqil qilingan quduqni er osti
    ta’mirlash brigadasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Bir muncha qiyin bo’lgan ishlar, avariyani bartaraf etish, suvni
    okishini tuxtatish, kiyshaygan tizmalarni to’girlash, mustaxkam tiqinni burg’ilash,
    qatlamni gidravlik yorish va boshqa bir qancha ishlar quduqni tubdan ta’mirlash
    ishlariga kiradi. Bunday ishlarni neft konlari boshqarmasiga karashli tubdan
    ta’mirlash idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Kondagi er osti ta’mirlash ishlari buyicha tuzilgan brigada vaxta
    bilan ishlaydi. Bir vaxta tarkibiga uch kishi kiradi: nazoratchi va yordamchisi
    quduq atrofida ishlaydi, uchunchi qismi (traktorchi) shofyor kutaruvchi mexanizm
    lebedaksida ishlaydi. Ta’mirlashga tallo’qli barcha ishlar ko’taruvchi quvur (yoki
    shtanga) ni kutarib-tushirish bilan bog’liq. Buning uchun xar bir ta’mirlash olib
    borilayotgan quduqda kutaruvchi inshoat va kutaruvchi moslamalar joylashtirilishi
    kerak.

    Download 5.78 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish