Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/43
Sana27.02.2023
Hajmi5.78 Mb.
#43606
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
73-26-PB
13.2.Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat
va mexanizmlar.

Quduq burgilanib va o’zlashtirilib bo’lgandan keyin burg’ilash
minorasi boshqa joyga yangi quduq burg’ilash uchun ko’chiriladi. Ularning
o’rniga quduq ichiga ishlatish jixozlarini tushirib ko’tarish uchun bir muncha
soddalashtirilgan ko’taruvchi inshoat qo’llanilishi kerak bo’ladi. Konlarda
ko’taruvchi inshoatning ikki turi qo’llaniladi: mo’qim va xarakatlanuvchi
ko’taruvchi inshoat.

Mo’qim ko’tarib-tushiruvchi inshoatga xar xil turdagi minora va
machta (ikki oyok) lar kiradi.Minoralar ishlatib bo’lingan nasos-kopressor quvurlar
va burg’ilash quvurlardan ham tayyorlangan bo’ladi. Eng ko’p tarqalgan balandligi
24 va 22 m bo’lagan (VET –24 x 75 va VET –22 x 50) ko’tarish kobilyati 75 va50
tn. Bo’lgan minoralar ko’p tarqalgan. Minora oyoklari pastki qismi oralig’idagi
masofasi 6 m dan 8 m gacha yuqori qismi 2 m bo’ladi. 192 – rasmda VET –22 x
50 markali minora keltirilgan.
192-rasm. VET-22x50 ishlatish minorasi.


Ayrim hollarda balandligi 24 m va yuk ko’tarish kobilyati 40 tn bo’lgan
uch oyokli metal minoralar ham ishlatiladi. Oyoklari pastki qismidagi masofasi 5
m va yuqorisidagi oralig’i 2 m bo’ladi.

CHo’qur bo’lmagan
quduqlardaminora o’rniga machtalarda foydalaniladi. Sanoatda metal
machtalarning ikki turi ko’p qo’llaniladi: MESN –15 x 15 yuk ko’tarish kobilyati
15 tn va MESN –22 x 25 yuk ko’tarish kobilyati 25 tn. machta (193 - r) bir-biri
bilan 50 –mm quvur bilan ko’ndalangiga ulangan uchta diametri 63 mm nasos-
kompressor quvuridan tayyorlangan ikki oyokdan iborat bo’ladi.
193-rasm. MES-15x15 ishlatish machtasi.

Machtaning yuqori plitasiga kranblok o’rnatilgan bo’ladi. Yig’ish va
tashish kulay bo’lishi uchun machta bo’laklarga ajratildi. Ko’p qatorli quduqlarda
ikki yoki uch kranblokli minora yoki machta o’rnatiladi.

Mo’qim minora yoki machtalar yil davomida 2-3 % kalendar vaktida
qo’llaniladi. Xar bir quduqda minora o’rnatish katta xarakat va ko’p metal
sarflanishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun oxirgi paytlarda quvurda ta’mirlash
ishlarini olib borish uchun ko’chirib yuriluvchi minora va machtalardan
foydalaniladi. 194- rasmda ko’chma machta kelti rilgan, u lebetki bilan traktor
yordamida tashiladi va lebetka yordamida traktor ko’targich quduq oldida
jixozlanadi.


194-rasm a) Harakatlanuvchi machtaning harakat uchun holati. b)
xarakatlanuvchi machtaning ishchi holati. v) «Bakines» agregatining xarakatlanish
holatini umumiy ko’rinishi. 1-machtani ko’taruvchi mexanizm; 2-machtani
tayanchi; 3-machta; 4-tal blok; 5-tal blok osmasi; 6-agregatni yorituvchi moslama;
7-yakor roliki; 8-moy idishi; 9-tayanch (stoyak); 10-yokilgi baki; 11-trator; 12-
lebyotka bilan chegaralangan kabeni; 13-boshqaruv agregati; 14-shestirna to’sini;
15-ko’targich; 16-karobka uzatmasi; 17-baraban val yigmasi; 18-xarakatsiz uchini
maxkamlovchi moslama.
Konlarda PTMT – 40 markali xarakatlanuvchi machtalar ishlatiladi.
Qurilma barcha qismlari gusenisali «Vostok» telejkasiga o’rnatilgan.
Harakatlanuvchi «Bakines» agregati (194-rasm v) T – 100 gusenisasi
traktorga jixozlar kompleksi o’rnatilgan, uning tarkibiga: machta 3, kronblok, tal
blok 4, baraban yigmasi 17, karobka 16 va machtali ko’taruvchi mexanizm 1 lar
kiradi.

Download 5.78 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat

Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish