Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana27.02.2023
Hajmi5.78 Mb.
#43606
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
73-26-PB
3.3.Fil’tirlar tuzilishi
Filьtirlar tayyorlanishiga qarab 2 guruxga ajratiladi:
1)Avval tayyorlanib keyin quduqka tushiriluvchi filьtirlar.
2)Quduqka tushirilib keyin tayyorlanadigan filьtirlar.
Birinchi gurux filьtirlarining eng oddiysi, bu oddiy mustahkamlovchi
quvurlarda shaxmat tartibida diametri 1,6dan 1,9mm gacha bo’lgan teshiklar
teshib hosil qilingan filьtirlar hisoblanadi. Bunday filьtirlar yuqori
o’tkazuvchan bo’lib, qum zarrachalarining quduqka kirib kelishiga to’skinlik
kilmaydi. Tayerlanishi arzon va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan bunday
oddiy filьtirlar qattiq tog’ jinslaridan tashqil topgan konlar uchun qo’l keladi.
Emiriluvchan tog’ jinslarida tuzilgan maxsuldor qatlam uchun ariqchali teshik
hosil qilib yasalgan filьtirlarni qo’llash yaxshi samara beradi. Bunday filьtirlar
ma’lum miqdorda qum zarrachalarini o’tkazib qolgan qismini filьtir ortida ushlab
koladi va filьtir ortidan diametri katta bo’lgan qumlar ikkinchi qumli filьtir hosil
qiladi.
Fil’tirlar tuzilish jihatidan ikki turga bo’linadi:
1)Ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining
uzunligi yoki kundalangiga hosil qilingan bo’lishi mumkin.
2)Ximoya setkasi o’rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o’ralgan teshiklar
hosil qilingan quvurlar.
Ariqchali filьtirlardan tashqari, qimmat va kam qo’llaniladigan toshli
(graviynыe) filьtirlar turi ham mavjud. Toshli filьtirlar tuzilishining xar-xilligiga
qaramasdan uni ikki turga ajratish mumkin: 1) Fil’tir quduqka tushirilib toshni
keyin joylashtirish. 2)Fil’tir yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqka
tushiriladi.
Filьtirlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo’lishi kerak va u juda
mustaxkam emirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo’llash juda samaralidir.
d
gr
/d
qum
<12 bo’lishi kerak. Bu kursatkichni 6 dan 8 gacha oralig’ida tanlash yaxshi
samara beradi. Filьtirlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo’lib, uning
o’tkazuvchanligi qatlam qumlari o’tkazuvchanligidan 30 marta ortik bo’ladi.
Toshlarni o’lchamiga qarab, tashqi va ichki kojuxlarda uzunligi 25-35 mm, eni 1,5-
2,2 mm bo’lgan to’rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki kojuxlar bir-biri
bilan payvandlangan bo’ladi. Fil’tirning birinchi tushirilgan qismining uchiga
yopik chugunli yunaltiruvchi bo’ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash
uchun o’tkazuvchi ulangan bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan toshli filьtirdan tashqari quduq tubiga qumni
zichlantirilgan filьtirlar ham qo’llaniladi. Bunda boshqa filьtirlardan farqi teshilgan
tizma ortiga katta zarrachali kvars toshlari (joylashtirilgan) to’ldirilib filьtir hosil
qilinadi. Fil’tirni o’rnatishdan oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda
qum qatlamni gidravlik yorish uskunalari yordamida zichlanadi.



Download 5.78 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish