Ni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 218.5 Kb.
bet7/14
Sana20.09.2022
Hajmi218.5 Kb.
#26123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Ismoilov Ozod amaliyot kundaligi

PGP haqida ikki og'iz so'z.

  • Elektron pochtalarni begona ko'zlardan himoyalash dasturlari ichida eng ommaviylashib borayotganlaridan biri - bepul tarqatiladigan PGP-dasturidir. Hozirgi kunda uning elektron yozishmalar uchun jahon standarti darajasiga ko'tarilib borayotganining sababi bu kriptotizimni qulfini buzish uchun hozirgi eng kuchli kompyuterlar uchun ham asrlar davomida hisoblashlar bajarishga to'g'ri keladi.

  • PGP dasturi ikki kalitli – maxfiy va oshkora kalitli kriptotizimning asosini tashkil etadi. Bunda har bir xat oluvchi o'z oshkora kalitini barcha uchun(masalan o'z Web sahifasida) e'lon qilib qo'yadi yoki xat yozishi kutilayotgan kimsaga o'z oshkora kalitini elektron quti orqali jo'natadi. Kimda-kim unga elektron xat yuboradigan bo'lsa PGP dasturidan foydalanib shu oshkora kalit yordamida o'z xatini shifrlab xat oluvchiga jo'natadi.




    • 28.09

    • Filip Zimmermann 1991 yilda insonparvarlik maqsadlarini ko'zlab Internetda o'z dasturini bepul nashr etgach, kriptografiya vositalarining eksporti qoidalarini buzganlikda gumon qilinib, AQSH huquqiy organlari tomonidan tergovga tortilgan. 1996 yilda tergov to'xtatilgach u o'z kompaniyasini ochgan. PGP dasturining yangi 5,0 rusumi Windows va Apple Macintosh amal tizimlarida ishlashga mo'ljallangan. 1997 yilda Diffi va Xellmanlarning hamda Xellman va Merklining patentlari muddati tugagani oshkora kalitli yangi algoritmlar yaratishga (patent uchun chegiruvlardan xoli)keng yo'l ochilib, oshkora kalitli tizimlarga bo'lgan monopoliya tugagan.







    • 29.09

    • Yangi rusumdan har bir foydalanuvchiga ikki juft kalit beriladi. Bitta jufti Diffi-Xellman algoritmidagi kabi shifrlash va shifrni ochish uchun ishlatiladi, ikkinchi jufti NIST tomonidan taklif etilgan sertifikatli imzo qo'yish(DSS) uchun ishlatiladi. Bu rusumda ham simmetrik kriptotizimning IDEA shifridan foydalanishda davom etilgan, uch karra DES yoki CASTni tanlash imkoniyati ham saqlangan. Raqamli imzodan foydalanish uchun SHA-1 hesh algoritmidan foydalanilgan. Bu esa RSA da ishlatilgan MD5 hesh-algoritmidan mukammaldir. PGP ni ochiq kalitlar serverlari bilan ishlay olishi uning kuchli tomoni hisoblanadi. Foydalanuvchi yangi oshkora kalitni hosil qilganda PGP uni olisdagi (masalan MIT dagi) serverga o'rnatishni taklif qiladi. Bu PGPdan foydalanuvchilarni global makonga birlashtiradi. Bunday imkoniyat hozircha boshqa oshkora kalitli tizimlarda mavjud emas




    • 30.09

    • Axborotni o'zgartirib, uni begona o'qishdan tashqari himoya qilish muammosi qadim zamonlardan beri inson ongini tashvishga solib keladi. Kriptografiya tarixi inson tilining tarixi kabi qadimiydir. Bundan tashqari, dastlab yozishning o'zi kriptografik tizim edi, chunki qadimgi jamiyatlarda faqat bir nechtasi unga egalik qilgan. Qadimgi Misr, Qadimgi Hindistonning muqaddas kitoblari bunga misoldir.

    • TO Axborotni himoya qilishning kriptografik usullari - ma'lumotlarni shifrlash, kodlash yoki boshqa o'zgartirishning maxsus usullari bo'lib, buning natijasida uning mazmuniga kriptogramma kaliti va teskari o'zgartirishsiz kirish imkoni bo'lmaydi. Himoya qilishning kriptografik usuli, shubhasiz, himoya qilishning eng ishonchli usuli hisoblanadi, chunki ma'lumotlarning o'zi himoyalangan va unga kirish imkoni yo'q (masalan, tashuvchi o'g'irlangan bo'lsa ham, shifrlangan faylni o'qib bo'lmaydi). Ushbu himoya usuli dasturlar yoki dasturiy paketlar shaklida amalga oshiriladi.







    • 01.08


    Download 218.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 218.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 218.5 Kb.