• Nikohga yetuklik xususiyatlari
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
  • Nikohning yuzaga kelishiga asos bo’ladigan ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, ahloqiy va psixologik omillar komlpleksi




    Download 2.37 Mb.
    Sana16.12.2022
    Hajmi2.37 Mb.
    #35308
    Bog'liq
    3-Mavzu.
    Krivoship shatun mexanizmining dvigatelda kullanilishining zarur, avtomatik boshqarishni loihalash, Islam 1-mavzu, RI elektron biznes , tarix 456786168718, Zararkunanda dasturlarni aniqlash va ulardan himoya qilish vosit, Avtomatlashtirish tizimlari, Boshlang\'ich ta\'lim yo\'nalishi adabiyotlar ro\'yxati, труд и заработная плата, ПРИЕМЫ САТИРЫ И ЮМОРА В СОВРЕМЕННОЙ ПЕРИОДИКЕ, 23, Ishchi tayyor lotinda WEB DASTURLASH FANIDAN 20220220, 18-mavzu MC Excel da yecheykalar, Axborot xavfsizligi

    Nikohning yuzaga kelishiga asos bo’ladigan ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, ahloqiy va psixologik omillar komlpleksi


    Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi. Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo‘lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillaridir. Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo‘rin bo‘lsa, u shoshilinch, bo‘sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o‘rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo‘lib boraveradi va bu shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini tug‘diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, quvonch baxsh etolmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, shu poydevorlar, ya’ni nikoh, oldi omillari nimalardan iborat?
    Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, ahloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo‘lmish psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtirgan, ko‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bo‘lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o‘zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qay darajada «etilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qay darajada javob bera olishi nazarda tutiladi.
    Nikohga yetuklik xususiyatlari
    Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va ahloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «to‘la yetukligi» haqida gapirilsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetuk­ligi haqda gapirilganda «etuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la olmaydi. Shuning uchun xam odamning «etukligi», ayniqsa nikohga, oilaviy hayotga «etukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma’­lum bir umumqabul qilingan standart, o‘rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o‘lchov birligi», ko‘rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. Masalan, barcha o‘quv yurtlari (maktab, litsey, kol­lej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo‘ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rtacha bilimlar va malaka yig‘indisini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o‘qishni davom ettirish yoki ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi.
    Shu keltirib o‘tilganlarning o‘ziyoq nikoh oldi omillari qay darajada murakkab xarakterga ega bo‘lgan muammolardan ekanligini ko‘rsatib turibdi. Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muammolarini yoritishga bag‘ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko‘rinishlari farqlanadi. Quyida Sizning e’tiboringizga ularning ayrimlari haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz. Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy hayotga yetukligi: ularning oida qurish motivlari: ularning oila qurgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari: ularni o‘zlarining bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin
    Masalan, nikohga yetuklik deyilganda, oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko‘rsatkichlari yetarlicha aniq, alomatlarga, belgilarga ega bo‘lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko‘plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo‘lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jihatlar bir oz murakkabroq, qat’iy bir ko‘rsatkich, che­garaga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Masalan, odamning jinsiy yetukligi o‘ziga xos omillarga ega. Klinik kuzatishlar ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog‘atga yetish) 12—14 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda esa 14—16 yoshga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba’zi bir bo­lalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq ro‘y berishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlar 2 yoshga farq qilishi mum­kin. Ayrim tibbiyot olimlari bolalarni to‘la jinsiy yetilishlari uchun yana 2—3 yil kerak bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Jinsiy yetilish qat’iy jinsiy ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi. Bu davrga kelib bolalar­da ikkilamchi jinsiy alomatlar namoyon bo‘la boshlaydi. Jinsiy sekretsiya bezlarining faolligi ortadi. Qiz bolalarda oylik sikllari (menstruatsiya), o‘g‘il bolalarda pollyutsiyalar ro‘y bera boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ularda rubertat davr boshlanadi. (Bu davr haqida va uning xususiyatlari haqida 4-mavzuda batafsil ma’lumotlar berilgan). Demak bu davrga ke­lib, bolalarning moddiy va ma’naviy qiziqishlarining o‘sib borishi bilan bir qatorda jinsiy ehtiyojlar shaxs faolligining kuchli manbalaridan hisoblanib, u turli psixologik va ijtimoiy shakllarda namoyon bo‘la boshlaydi.
    Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi odamni biologik rivojlana boshlashining o‘ziga xos bosqichidir. Ular bola ruhiyatining rivojlanishiga, uni shaxsining shakllanishiga, hayot faoliyatining boshqa jihatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jinsiy hayotning ko‘plab muammolarini nafaqat yoshlarga, balki uzoq vaqt oila qurgan, farzandli bo‘lgan katta yoshlilarga ham tushuntirib o‘tish lozim bo‘ladi, chunki ularda ham shu asosda ko‘plab jiddiy nizolar yuzaga kelishi mumkin. Jinsiy munosabatlar masalasi o‘ta nozik masaladir, bu borada ko‘pincha, «yolg‘on», «bachkanalarcha uyatchanlik»ka duch kelinadi. Ba’zi bir ota-onalar va o‘qituvchilar hatto maorif rahbarlari ham maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e’tiroz bildiradilar va «Jinsiy tarbiya, jins masa­lasiga oid barcha zarur ma’lumotlar biologiya kurslarida berilgan, buning ustiga «ota-bobolarimiz bunday jinsiy savodxonliksiz ham binoyidek yashaganlar», — qabilida mulohaza yuritadilar. 
    Albatta, bunday nuqtai-nazar o‘ta qoloq, bugungi kun nikoh-oila munosabatlari talablarini, hozirgi zamon oilasi funksiya- larini hisobga olmay chiqarilgan xulosalardir. Aynan shunaqa yo‘llar bilan yoshlarga jinsiy tarbiyadek o‘ta nozik va zarur masalalar yuza- sidan beradigan har qanday sanitar-gigienik oqartuv ma’lumotlarning ahamiyati butunlay kamsitib kelinmoqda. Bu esa millionlab o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishish vaqtida g‘aflatda qolishlariga va buning oqibatida ayrim hollarda hayotda tuza- tib bo‘lmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishiga olib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Hech nima bilan asoslanmaydigan xavotir, hadik, gohida esa haqiqiy vahima zaminida o‘smir xulqida turli xil og‘ishlar, nerv-fiziologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi sanitar-gigienik tarbiyaning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi va jinsiy tarbiya berilmaganligining natijasidir. Bu masala ayniqsa bizning etnosimizda o‘ta jiddiy mohiyat kasb etadigan masaladir.
    Jinsiy tarbiya masalasiga ko‘pincha yo alohida e’tibor talab qilinmaydigan va hech qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmaydigan, har bir yosh guruhi uchun osongina o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan, yoki o‘ta shaxsiy, intim, ko‘pchilik orasida, ayniqsa, bolalar orasida muhokama qilib bulmaydigan masala tarzida qaraladi. Shu kabi mulohazalar qator mamlakatlarda, ayniqsa Sobiq Ittifoqda jinsiy tarbiyaga oid materiallarni, bunga taalluqli tadbirlarni maktab dasturidan chiqarib tashlanishiga asos bo‘lgan. Bu o‘rinda jinsiy tarbiyani, organizmning faoliyati haqidagi bugungi kunda har bir odam o‘zlashtirishi, bilishi zarur bo‘lgan sanitar-gigienik, psixogigienik ma’lumotlar bilan uzviy bog‘liq tarzda qaralishi maqsadga muvofiqdir. Oilaviy hayotda esa jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni kompleks tahlil qilgan holda aytish mumkinki, har bir to‘rtinchi ajralishgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29%ida) jinsiy mutanosiblikning u yoki bu tarzda buzilishi (er-xotinning jinsiy nomutanosibligi) sabab bo‘lmoqda.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


    Download 2.37 Mb.




    Download 2.37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nikohning yuzaga kelishiga asos bo’ladigan ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, ahloqiy va psixologik omillar komlpleksi

    Download 2.37 Mb.