• Geometrik nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Trigonometrik nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Mexanik nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Gidrostatik nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Radionivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Stereofotogrammetrik nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Oldinga nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • O‘rtadan nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Oddiy va murakkab nivelirlash deb nimaga aytiladi
  • Nivelirlash. Nivelirlash turlari




    Download 17.83 Kb.
    Sana18.04.2023
    Hajmi17.83 Kb.
    #52402
    Bog'liq
    Nivelirlash. Nivelirlash turlari
    sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari

    NIVELIRLASH. NIVELIRLASH TURLARI
    Nostandart test tuzish

    1. Qo‘llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash qanday turlarga bo’linadi?

    1. Geometrik nivelirlash.
    2. Trigonometrik nivelirlash.
    3. Barometrik nivelirlash.
    4. Mexanik nivelirlash.
    5. Gidrostatik nivelirlash.
    6. Radio nivelirlash.
    7. Stereofotogrammetrik nivelirlash.


    1. Geometrik nivelirlash deb nimaga aytiladi

    Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo‘yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo‘li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirdan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi, nivelirlashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi.

    1. Trigonometrik nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Bu metod erdan baland ko‘tarilgan sari havo bosimining kamaya borishi qonuniyatiga asoslangan. Barometrik nivelirlash natijasida nuqtalarning balandligi 1-2 metr aniqlikda topiladi. SHuning uchun aniqlikda nivelirlash talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, turli ekspeditsiyalarda, geologik, geografik va boshqa tekshirishlarda biror joyning relefini dastlabki o‘rganishda nivelirlashning bu turidan foydalaniladi.
    Barometrik nivelirlashda barometr va boshqa asboblardan foydalaniladi.


    1. Mexanik nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Nivelirlashning bu usulida maxsus avtomat-nivelir ishlatiladi. Bu asbob velosiped, mototsikl yoki avtomashinaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Avtomat nivelir o‘rnatilgan mashinada bosib o‘tilgan yo‘lning profili qog‘ozda, avtomatik ravishda chizilib boradi. Bu usulda joyning profili boshqa usuldagiga nisbatan osonroq va tezroq tuziladi, lekin anikligi juda kam bo‘ladi. SHuning uchun mexanik nivelirlashdan katta aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, yo‘l qurilishida va joyning relefini dastlabki o‘rganishdagina foydalaniladi.

    1. Gidrostatik nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Bu usulda joydagi nuqtalarning balandliklardagi farq o‘zaro bog‘liq ikkita idishdagi suyuqlik satxini kuzatish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformatsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo‘lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo‘llaniladi. Bu usul sodda bo‘lib, undan yopiq, tor va qorong‘i joylarda ham foydalanish mumkin.


    1. Radionivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Bu nivelirlash radioto‘lqinning samolyotdan erga, erdan samolyotga etib borish vaqtiga qarab samolyotning qanday balandlikda uchayotganini bilish imkoniyatini beradi. Samolyotning uchayotgan balandligi radiovo‘sotomer degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radionivelirlash turli qidiruv ishlarida xamda turli masshtabda topografik kartalar tuzishda qo‘llanilmoqda.


    1. Stereofotogrammetrik nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Bu usulda joyning samolyotdan turib olingan aerosuratlariga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxonada bajarilganligidan vaqt va mablag‘ ancha tejaladi.
    Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qo‘llaniladi.

    1. Oldinga nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Joydagi ikki nuqtaning (A va V nuqtalar) bir-biriga nisbatan balandligini aniqlash kerak deylik. Buning uchun A nuqtaga nivelir, V nuqtaga reyka tik qilib o‘rnatiladi. Nivelir ishlaydigan holatga keltirilib, qarash trubasi reykaga vizirlanadi va v-sanoq olinadi. Asbobning reyka yoki ruletka bilan ulangan balandligi (A nuqtadan nivelir qarash trubasining gorizontal holatdagi vizir o‘qigacha bo‘lgan oraliq) i ga teng bo‘lsa, V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi h q i - b bo‘ladi.


    1. O‘rtadan nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    O‘rtadan nivelirlashda nivelirlanayotgan nuqtalarga tik qilib reykalar o‘rnatiladi, reykalar oralig‘iga esa nivelir o‘rnatiladi. Nivelir ish holatiga keltiriladi, qarash trubasi oldin keyingi reykaga vizirlanib, reykadan a sanoq olinadi, so‘ngra oldingi reykaga qaratiladi va v sanoq olinadi.

    1. Oddiy va murakkab nivelirlash deb nimaga aytiladi?

    Ikki nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligi bu nuqtalar orasiga nivelirni bir marta o‘rnatishda aniqlansa, bunga oddiy nivelirlash deyiladi.
    Ikki nuqtaning balandliklari orasidagi farq katta bo‘lgan hollarda yoki bir-biridan uzoq joylashgan ikki nuqtaning nisbiy balandligini aniqlashda bu ikki nuqta oraligi bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lak aloxida-aloxida nivelirlanadi, bunga murakkab nivelirlash deyiladi.
    Download 17.83 Kb.




    Download 17.83 Kb.