Nizom 1-bob. Asosiy qoidalar




Download 35.55 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi35.55 Kb.
#42697
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ilova Summativ Baholash Nizom - 28.03.2022 15 16 (2)
9SsBe2CmozKH37pH72DnGM4yhdkRSLtjM9jsA8r1, Marshrutlash Protokollari Marshrutlash, Fizika 10 ta savol, 9-v, 09-21, Документ Microsoft Word (2), rasm 3, Feruza, metod birlespe математикаi, Boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy qobilyatlarini rivojlantirish usullari, 1-sinf Barcha fanlardan 2022-2023 ish reja file 6301ee805d41e, Cisco packet tracer dasturida telnet va ssh protokoli bilan ishl-fayllar.org, Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturida telnet va ssh, MetodilkaliqQollanba

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar bilimini
baholash tartibi to‘g‘risida
NIZOM



1-bob. Asosiy qoidalar

1. Mazkur nizom ijod (7-11-sinflar) va ixtisoslashtirilgan (5-11-sinflar) maktablar o‘quvchilarining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirishini yagona standartlar asosida baholash tartibini belgilaydi.


Ushbu nizom talablari Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga tatbiq etiladi.
2. Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda formativ
va summativ baholash turlaridan foydalaniladi.
3. Mazkur nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
formativ baholash – o‘quvchilarning faoliyati, o‘zlashtirishi, ehtiyoji
va bilimining o‘sishi to‘g‘risida ma’lumot beradigan doimiy jarayon bo‘lib, ularning darsdagi faoliyatini kuzatish, uy vazifalarini bajarishini monitoring qilish, kichik testlar, so‘rovlar o‘tkazish va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi.
summativ baholash – o‘qishning ma’lum bir davrida (o‘quv dasturining bo‘lim va boblari, choraklik, o‘quv yili oxirida) o‘quvchining davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni bo‘lib, test, yozma ish, og‘zaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot
va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi summativ baholash natijasida o‘quvchining o‘zlashtirishidagi ehtimoliy bo‘shliqlarni aniqlaydi, ularni o‘quvchi bilan birgalikda bartaraf qilish bo‘yicha ishlaydi;
yillik baho – o‘quv yili yakuniga ko‘ra o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi;
elektron jurnal – o‘quvchining darsdagi faolligi haqidagi ma’lumotlar hamda formativ va summativ baholash natijalari qayd qilib boriladigan tizim;
imtiyoz – o‘quvchining fan dasturlarini yuqori o‘zlashtirish orqali erishgan yutuqlari uchun ma’lum muddat choraklik summativ baholashdan ozod etish.


Download 35.55 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 35.55 Kb.