• Fan boyicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakalariga qoyiladigan talablar
  • O’quv fanining maqsadi va vazifalari




    Download 0.99 Mb.
    bet3/187
    Sana07.12.2022
    Hajmi0.99 Mb.
    #33630
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
    Bog'liq
    8386 Ривожланишида нусони бўлган болалар диагностикаси (3)
    Didaktika fani va uning vazifalari, MA’LUMOTNOMA maktabsiz
    O’quv fanining maqsadi va vazifalari
    Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarni bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni, buzilishlarini o’rganishning metodologiyasi va amaliyoti hamda korrektsion-ta`limiy muassasalarni komplektlash bilan tanishtirishdan iborat.
    Fanning asosiy vazifalari:

    • talabalarni bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni, buzilishlarning psixodiagnostikasi masalalari boyicha nazariy tayyorgarlik bilan ta`minlash;

    • talabalarda bolalar rivojlanishidagi buzilishlarni o’z vaqtida aniqlashning amaliy malakalarini shakllantirish;

    • talabalarda bolalarda mavjud bo’lgan nuqsonlarni e`tiborga olgan holda ularni psixologik va pedagogik o’rganish, tekshirish malakalarini shakllantirish;

    • maxsus ta`lim muassasalarini (maktabgacha va maktab) komplektlash masalalari boyicha me`yoriy va amaliy materiallarni o’rganishni ta`minlash.



    Fan boyicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakalariga qoyiladigan talablar

    Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


    - psixodiagnostik jarayonning nazariy-metodologik asoslarini, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’rganishning tashkil etish va metodik ta`minlashga zamonaviy yondoshishlarni, asosiy psixodiagnostik metodikalarni va tahlil qilish yo’llarini, maxsus ta`lim muassasalariga bolalarni saralash tizimini bilishi kerak;
    - bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlay olish, turli nuqsonga ega bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik o’rganishni, tekshirishni o’tkazish, tashxis asosida korrektsion ish yo’llarini aniqlash, bolani maxsus ta`lim muassasasiga (maktabgacha va maktab) yo’naltirish va ta`limning tashkiliy formalari masalasini malakali hal qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;
    - talaba tibbiy va pedagogik hujjatlarni tahlil qilish asosida bolalarni tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan aloqaga kirishish, bolalarni tekshirish va xulosa chiqarish, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ishini tashkil etish; psixologik, pedagogik, logopedik tekshirish malakalariga ega bo’lishi kerak.

    Download 0.99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




    Download 0.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv fanining maqsadi va vazifalari

    Download 0.99 Mb.