Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar




Download 0.99 Mb.
bet7/187
Sana07.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#33630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187
Bog'liq
8386 Ривожланишида нусони бўлган болалар диагностикаси (3)
Didaktika fani va uning vazifalari, MA’LUMOTNOMA maktabsiz
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg`ulotlarda talabalar psixologo – pedagogik diagnostika maqsadida bolalarni tekshirishni o’rganadilar ( tibbiy va pedagogik xujjatlarni tahlili asosida tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan muloqotga kirisha olish, tekshirish va xulosa chiqarish ) ;


- talabalarda nuqson xarakterini aniqlashda eksperimental-psixologik metodlardan foydalanish malakalari shakllantiriladi;
- talabalarda tahlil qilish, psixologik ma`lumotlarni umumlashtirish va to’g`ri pedagogik xulosalar chiqarish malakasini oshiriladi;
- talabalarni xujjatlar bilan ishlashga o’rganadilar;
- talabalarni aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil kilish boyicha adabiyotlar va asosiy qo’llanmalar bilan tanishtiriladi.
Amaliy mashg`ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari:
Aqli zaiflikni o’xshash holatlardan farqlash.
Maxsus metodikalar yordamida aqli zaiflikni, PRSdan, astenik holatdagi bolalardan, psixopatik xulqli bolalardan, nutq buzilishlari, eshitish va ko’rish nuqsonlaridan farqlash.
Psixologik, pedagogik va logopedik tekshirish.
Turli nutq patologiyalari bo’lgan bolalarni logopedik tekshirish, ularning ta`limdagi imkoniyatlarini aniqlash.
Bolalarni o’qitish va tarbiyalashda individual yondashish yo’llarini aniqlash. Psixologik-pedagogik diagnostika metodlari.
Psixologik-pedagogik tekshirish o’tkazish, hujjatlar bilan ishlash, tekshirish natijalarini tahlil qilish, bolaning holati haqida xulosa chiqarish.
TPPK dagi amaliy mashg`ulotlar davomida talabalar TPPK xujjatlari bilan tanishadilar, mutaxassislar tomonidan xar tomonlama tekshirishni kuzatadilar. Mutaxassislar : vrach-psixonevrolog, psixolog, oligofrenopedagog va logopedlarning ishlarini , bolalarni tekshiruv-xujjatlarini olib borishni, ota-onalarga tavsiyalar berishni, ota-onalar bilan muloqotda bo’lishni o’rganadilar.
Aqli zaiflikni o’xshash holatlardan farqlash. Talabalarning psixik va jismoniy nuqsonlarga ega bo’lgan bolalarni va aqli zaiflikni o’xshash holatlardan farqlash haqidagi bilimlarini aniqlash, umumlashtirish. Psixologik-pedagogik diagnostika metodlari.
a) pedagogik, psixologik, logopedik tekshirish. Talabalarni bolaning tibbiy va pedagogik hujjatlarini tahlil qilish asosida tekshirish uchun material to’plashga o’rgatish;
b) talabalarning psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish, yozish, elementar hisoblash malakalarini va umumiy tasavvurlarini aniqlash uchun zarur materiallar bilan tanishtirish;
v) talabalarni tibbiy va pedagogik hujjatlarni tahlil qilish asosida tekshirish rejasini tuzishga va material to’plashga o’rgatish.



Download 0.99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187




Download 0.99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar

Download 0.99 Mb.