«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi. Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularni talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yodga olish, biron – bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi, tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichia barcha talaba (yoki o‘quvchi)larni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga keltira olishga o‘rgatish.
Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashhulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o‘quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismia yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yhati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bu guruh o‘quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyolanadi).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
-
talaba (yoki o‘quvchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratadi;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab qoidalar bilan tanishtiriladi;
-
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
-
o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali tanishtiriladi.
|