«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi




Download 0,76 Mb.
bet23/38
Sana21.03.2017
Hajmi0,76 Mb.
#504
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi.

Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yodga olish, biron – bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishdao‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida talaba (yoki o‘quvchi)larni baholay olishga yo‘naltirilgan.

Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga keltira olishga o‘rgatish.

Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlaria (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o‘quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida, yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.

Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yhati, qalam (yoki ruchka), slayd.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:



  • talaba (yoki o‘qivchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratadi;

  • talaba (yoki o‘quvchi)lar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab qoidalar bilan tanishtiriladi;

  • tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;

  • talaba (yoki o‘quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);

  • o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;

  • har bir talaba (yoki o‘quvchi) to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlayilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z – o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha talaba (yoki o‘quvchi)larninsh dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.






Download 0,76 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi

Download 0,76 Mb.