|
Ikkinchi guruh uchun dars moduli
|
bet | 43/54 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #115 |
Ikkinchi guruh uchun dars moduli
O‘quv faoliyati elementi
|
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali yuzasidan savol-topshiriqlar
|
Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
|
Ajra-
tilgan vaqt
|
Baho
|
1-O‘FE
|
Maqsadi: Sifat-so‘z turkumi mavzusi yuzasidan o‘zlashtirilgan bilimlarni aniqlash.
Savol- topshiriqlar. 263-mashqdagi 2-topishmoqni o‘qing. Sifatlarni toping, narsalarning belgisiga ko‘ra topishmoqlarning javobini ayting va yozing.
Lug‘at ishi: So‘zlarni davom ettiring:.mazmunsiz, so‘zsiz, madorsiz...(-siz qo‘shimchasi yordamida yasalgan sifatlar)
|
Topishmoqlarni ifodali o‘qishga harakat qiling, ma'nosini tushuning. Passiv o‘quvchilar fikrini ham eshitib ko‘ring va tahlil qiling. Tahlilda faol ishtirok etishga harakat qiling. Topshiriqlarni yozish jarayonida husnixatingizga e'tibor bering.
|
4 da-
qiqa
|
|
2-O‘FE
|
Maqsadi: sifatlarni gap va matn tarkibida o‘rinli qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish. 264-mashq. Bog‘ning bahorgi ko‘rinishi haqida hikoya tuzing. Tuzgan gaplaringizda sifatlar ishtirok etsin va shu gaplariningizni daftaringizga yozing.
Savol va topshiriqlar: Bahorda bog‘ qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Daraxtlar va gullarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Bahorda bog‘larni kuzatganmisiz?
|
Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar qanday so‘roqlarga javob bo‘lishini eslang. Sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan sifatlarni qo‘llashga yahamiyat bering. Ikkinchi guruh bajargan vazifalarni ham kuzatib boring.
|
5
|
|
3-O‘FE
|
Maqsad: Sifatlarning ot bilan bog‘lanishi yuzasidan o‘quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish.
Savol va topshiriqlar: 265-mashqni o‘qing. Ikkinchi to‘rtlikdagi ajratib ko‘rsatilgan otlarga bog‘lanib kelgan sifatlarni aniqlab, shu sifatlarga so‘roq bering va ko‘chiring. Siz Vatanni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Fikringizni besh-olti gap bilan ifodalang.
Saylanma diktant. Qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni ajratib yozing: mazmunli, nafis, rangli, baho, tor, aqlli, jahl.
|
She'rni ifodali o‘qing. Otlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishini eslang.
|
5
|
|
|
|
| |