Harbiy pedagogning shaxsiy sifatlari quyidagilardan iborat




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
Harbiy pedagogning shaxsiy sifatlari quyidagilardan iborat: 
- Yoshlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi va 
“Ta’lim to’g’risida”gi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to’g’risida”gi hamda “Mudofaa to’g’risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” mazmun va mohiyatini anglab yetish, yoshlar faoliyatiga oid 
Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, insonning boshqa insonga, jamiyatga, 
atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni o’zida 
mujassamlashtiruvchi davlat siyosatining dolzarb masalalari haqidagi bilimlarni 
o’zlashtirishini ta’minlash uchun pedagoglar siyosiy-huquqiy bilim va 
madaniyatga ega bo’lishlari lozim 
12

Yoshlarda vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat, milliy g’urur va milliy 
iftixor, axloqiy fazilatlar, globallashuv sharoitida milliy o’zlikni anglash, 
ma’naviy kamolotga intilish tuyg’ularini shakllantira olish uchun pedagog 
yuksak ma’naviy kamolotga ega bo’lishi talab etiladi; 
- Yoshlarni yot va zararli ta’sirlardan himoya qilish, ularni hayotga, yon-
atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissi bilan yashashga 
o’rgatish, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalash, ular qalbida 
sog’lom hayot tarziga intilishni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-
ehtirom tuyg’ularini shakllantirish, o’z fikrini bayon qila olish, ilmiy asoslay 
bilishi uchun pedagog mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlik, diniy 
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini puxta 
egallagan bo’lishi kerak; 
 - Pedagoglar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan 
vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalarini, respublikamizdagi barcha millatlar 
va dinlarga mansub kishilarning tinchligi va ravnaqini ta’minlashda diniy 
12
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat to’g’risida”gi Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. – T:. Adolat, 436-11-son. 2002.-5-bet 


18 
bag’rikenglikning o’rni va ahamiyatini bilishi, dinning xalqimiz ma’naviyatiga, 
insonning poklanishida, jamiyatni ruhiy-axloqiy jihatdan sog’lomlashtirish 
borasida islom dinining ijobiy ta’sirini targ’ib qilish ko’nikmalari, yoshlarni 
yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlash, yoshlarda shakllantira olish malakalari bilan 
bog’liq diniy bag’rikenglik (tolerantlik) madaniyatiga ega bo’lishi lozim; 
- Pedagoglar yoshlarda yuksak ma’naviyat va ekologik madaniyat 
uyg’unligi, tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalarni yaxlit 
tasavvur qila olish, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallash 
hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi, global ekologik 
xavflar, atrof-muhit muhofazasi bilan shug’ullanuvchi davlat va nodavlat 
tashkilotlari, jamiyatning ekologik barqaror va garmonik rivojlanishini 
ta’minlash bilan bog’liq bilim, ko’nikma va malakalarni o’zida 
mujassamlashtiruvchi ekologik bilim va madaniyatga ega bo’lishi lozim; 
- Pedagoglar sog’lom hayot tarzini yuritish bo’yicha ilmiy tasavvur va 
e’tiqodga ega bo’lish, har bir millat, har bir xalq o’z nasl-nasabini, kelajak 
avlodini asrab-avaylashi, uning qadrini bilish, har qanday millatning ravnaqi, 
umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z 
farzandlarining aqliy va jismoniy etukligiga bog’liqligini idrok eta olish
sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni 
tarbiyalay olish bilan bog’liq sog’lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatga ega 
bo’lishi lozim; 
- Pedagog yoshlarda iqtisodiy islohotlarning ma’naviy asoslari, iqtisodni 
erkinlashtirish, bozor iqtisodining o’ziga xosligi, demografiya va iqtisodiy 
siyosat, intellektual mulk va uni baholash, oila byudjeti va uning iqtisodiy 
asoslari, sug’urta va soliq tizimining ijtimoiy mohiyati, O’zbekistonda iqtisodiy 
yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yo’lida butun dunyo bilan o’zaro manfaatli 
iqtisodiy aloqalarga erishish, yoshlarda mulkdorlik tuyg’usini shakllantirish, 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va uni bartaraf 
etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash yo’llarini, tabiiy va inson 


19 
resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy bilim, ko’nikma va 
malakalarni shakllantira olishi talab etiladi. 

Download 1.33 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harbiy pedagogning shaxsiy sifatlari quyidagilardan iborat

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish