Kasbiy sifatlar quyidagilardan iborat




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
Kasbiy sifatlar quyidagilardan iborat:
pedagog kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishga undovchi rag’bat, yangi 
bilimlarni o’zlashtirishga intilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalangan holda yangi axborotlarni olish, ilg’or tajribalarni o’rganish ehtiyoji, 
yuqori pedagogik mahorat darajasiga, pedagogik faoliyatda muvaffaqiyatga 
erishishni ko’zlash, yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot qila olish, 
pedagogik jamoadagi barcha kasbdoshlari tomonidan tan olinishga, ilmiy-texnik 
taraqqiyotning asosiy yo’nalishlarini bilishga intilish, zamonaviy texnika va 
texnologiyalar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan bog’liq motivatsion 
sifatlarga ega bo’lishi lozim; 
- pedagog eruditsiya, sezgirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, pedagogik 
tasavvur, tashxis qilish, bashoratlash, ijodkorlik, pedagogik fikrlash (pedagogik 
dalil, hodisa, jarayon hamda tizimlarni tahlil qila olish; pedagogik vaziyatlarda 
ijodiy, moslashuvchan, tanqidiy, tizimli, harakatchan, tezkor fikrlay olish), 
zamonaviy texnika hamda texnologiyalar orasidagi umumiylik, tipiklik hamda 
xususiylikni bilish bilan bog’liq intellektual salohiyatga ega bo’lishi lozim; 
- pedagog o’zaro muloqotda chidam va sabotlilik, pedagogik faoliyatni 
amalga oshirish, pedagogik maqsadlarga erishish, o’z faoliyatining ahamiyatini 
oshirish, o’zligini rivojlantirish, loyihalashtirilgan pedagogik jarayonlarni amalga 
oshirishdagi qat’iyatlilikni o’zida mujassamlashtiruvchi irodaviy sifatlariga ega 
bo’lishi lozim; 
pedagog yoshlarning o’y-kechinmalari, quvonch va tashvishlarini tushuna 
olish, hamfikrlik, mamnunlik, bolajonlik, ochiqlik hissiyoti, yoshlarning yosh-
fiziologik va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish, shuningdek, ruhiy 
muhitni boshqara olish bilan bog’liq hissiy sifatlarga ega bo’lishi lozim; 
- pedagog axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va undan maqsadli 
foydalanish usullarini egallash, kasbiy faoliyatda asosli mustaqil qarorlarni qabul 
qila olish, raqobatbardosh kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lish, yangi bilimlarni 


20 
mustaqil egallay bilish, o’z ustida ishlashi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil 
qila olish, o’zini kasbiy-axloqiy jihatdan tutish, egallagan ko’nikma va 
malakalarni yangi, nostandart vaziyatlarda qo’llay olish, yangi axborotlar ichida 
tez yo’nalish olish, pedagogik qobiliyatlarni namoyon qilish, loyihalash va 
rejalashtirish bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim; 
- pedagog kasbiy faoliyatini va o’z-o’zini tahlil qilish, baholash; faoliyati, 
individual muloqot metodini ijtimoiy-kasbiy sohadagi tajribalar bilan qiyoslay 
olish; ijodiy jarayonda refleksiya qila olish, o’z individualligining rivojlanishi, 
kasbiy faoliyati va xulqidagi shaxsiy sifat hamda kamchiliklarini anglay olish
kasbiy kamolotga erishish bilan bog’liq o’z-o’zini boshqara olish ko’nikma va 
malakalariga ega bo’lishi lozim. 

Download 1.33 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish