Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
3. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik 
qobiliyatini tashkil etish yo’nalishlari 
«Axborot-kommunikativ kompetentlik» tushunchasini turli nuqtai nazardan, 
kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismi sifatida ham, shaxsning axborot 
madaniyatining tarkibiy qismi sifatida ham baholash mumkin. Ahamiyatli 
belgilar sirasiga axborot texnologiyalari asoslarini bilish, kompyuterdan zaruriy 
texnik vosita sifatida foydalanish, ta’lim makoni sub’ektlarining faol ijtimoiy 
pozitsiyasi va motivatsiyasining ifodalanganligi, axborotni izlash, tahlil qilish va 
foydalanishga oid bilim, ko’nikma va malakalarning jami kiritiladi. Odatda, 
muayyan kompetentlikni shakllantirish muammolarini tadqiq qilishda axborot-
kommunikativ kompetentlik egallaganligining uchta darajasi farqlanadi: 
- bazaviy (tayanch) – bu darajada kompyuter savodxonligi uchun zarur 
bo’lgan tayanch bilim, ko’nikma va malakalar shakllangan; kasbiy faoliyatni 
tashkil etishda AKT dan minimal foydalanish (elektron ko’rinishdagi axborotni 
yaratish, tahrir, saqlash, nusxa ko’chirish va ko’chirishning umumiy usullarini 
egallash, taqdimot texnologiyalari vositasida axborotni taqdim qilish, Internet 
tarmog’ida axborotni qidirish ko’nikmalarini egallash va x.k., tarmoqda o’zaro 
hamkorlikning muammo xarakteriga tobora mos keladigan va uni tobora optimal 
usullar bilan hal qilish imkonini beradigan usulini (yoki ularning 
kombinatsiyasini) tanlash); 
- texnologik (bu darajada AKT amaliy faoliyatning instrumentiga (quroliga) 
aylanadi (Internet-resurslar potentsialini, ularning interaktivligi va axborotliligini 
maqsadli nuqtai nazaridan baholash; global kompyuter tarmog’i resurslari va 


24 
dasturiy vositalarini asosiy texnologik, iqtisodiy, ergonomik va texnik talablarni 
hisobga olgan holda tahlil; Internet global tarmog’ida dasturiy-texnologik va 
axborot ta’minotini taqdim qilish sifati, vosita va shakllarini tahlil qilish); 
- amaliy (professional) darajada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 
yangi vositalarni yaratish va ulardan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda samarali 
foydalanish malakasiga ega bo’lishi
13

Axborot-kommunikativ kompetentlikning uch darajali modeliga mos holda 
pedagogda: 
- bazaviy daraja – pedagogning vazifalaridan kelib chiqib AKT vositalarida 
ta’lim-tarbiya maqsadlariga erishish uchun zarur bilim, malaka va ko’nikmalar 
invarianti; 
- texnologik daraja – AKT o’zlashtirish va pedagoglik faoliyatiga 
ixtisoslashtirilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish metodikasi va mazmuni 
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, texnologiya hamda resurslarni joriy 
qilishga tayyorlik; 
- pedagogik (psixologik-pedagogik, metodik, ijodiy) daraja –kasbiy faoliyat 
maqsadlariga mos elektron vositalarini ishlab chiqish, AKT vositalaridan 
shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash bo’yicha vazifalarni hal qilishda 
foydalanishni farqlash mumkin. 
Chaqiriqqacha 
harbiy 
ta’lim 
jarayonlarida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanish jarayoni nafaqat ta’lim-tarbiyaning tashkiliy 
shakllari va metodlari o’zgarishiga, balki yangi metodlarni ham shakllanishiga 
olib keladi. 
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonlarining samarali o’tishi va undan 
kutilgan natijalarni berishi bu jarayonda muayyan talab va shartlarga amal qilish 
lozimligini taqozo etadi. Quyidagi shartlarga qat’iy amal qilish tadbirlarni 
o’tkazishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish jarayonining 
samaradorligini ta’minlaydi: 
13
Aripov M.M., Imomov T.A. Informatika. Axborot texnologiyalari. 1-qism. – T.: O’zMU, 2001. – 
342 b.


25 
- har bir ta’lim-tarbiyaviy tadbirni uyushtirishdan ko’zlangan aniq maqsadni 
belgilash; 
- erishiladigan natijani bashoratlash; 
- ta’lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari hamda natijalarini nazariy jihatdan 
asoslash; 
- kasbiy faoliyatni tashkillashtirishda zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish loyihasini yaratish; 
- foydalanishi rejalashtirilgan texnologiyalarni natijani kafolatlashga 
safarbar qilish; 
- kasbiy faoliyatni intensiv asos, ya’ni, maksimal ilmiy aniqlik, kam resurs 
sarflab samarali natijaga erishish asosiga qurish
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonni boshqariluvchi jarayonga aylantirish; 
- ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan 
foydalanishga alohida e’tibor berish; 
- tarbiyaviy jarayonda tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar o’rtasida ijodiy 
hamkorlikni qaror toptirishga erishish; 
- tarbiyalanuvchilarning faolliklarini oshirish; 
- ta’lim-tarbiya maqsadiga erishilishdagi natijaviylikni tahlil etib borish, 
ekspert baholash. 
Chaqiriqqacha 
harbiy 
ta’lim 
jarayonida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini qo’llash tarbiya metodlarning samaradorligini oshirishga, 
o’qituvchilar mehnat faoliyatining o’zgarishiga, ularning ish metodlarini 
takomillashishiga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o’zgarishiga olib keladi. Bu 
esa chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonini axborotlashtirishni tashkil etish va 
boshqarishda o’ziga xos vazifalarni qo’yadi. 
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari 
asosida samarali tashkil etish: 
- o’quv materiallarni ishlab chiquvchi jamoa tarkibiga pedagoglar, 
kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini; 
- ular o’rtasida vazifalarning taqsimlanishini; 


26 
- chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va 
mazkur faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi. 
Zamonaviy texnologiyalar asosidagi chaqiriqqacha harbiy ta’lim faoliyat: 
- chaqiriqqacha harbiy ta’lim faoliyatning texnologik asosini tez rivojlanishi 
bilan bog’liq ravishda o’quv mashg’ulotlarni o’tkazish bilan bog’liq murakkab 
jarayonni yengillashuvini; 
- o’quv mashg’ulotlarni o’tkazishda pedagogning maxsus malakalarini 
shakllanishini. 
O’quv mashg’ulotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari asosida 
tashkillashtirishdan maqsadni belgilashda dastlab quyidagi omillar aniqlanishi 
lozim: 
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning 
maqsadi; 
- tadbirning maqsadiga erishishda qo’llaniladigan texnologiyalar; 
- axborot materiallarini taqdim etish usullari; 
- mashg’ulot o’tkazish metodlari; 
- taqdim etiladigan muhokamali topshiriqlarining turlari; 
- munozara va bahslarni tashkil etish yo’llari; 
- o’zaro aloqa usullari va muloqot. Bularning barchasini o’quv 
mashulotlarni tayyorlashga mas’ullar–pedagoglar va texnologiyalar bo’yicha 
mutaxassislar hamkorlikda amalga oshiradilar
14

O’quv mashg’ulotlarni o’tkazish uchun texnologiyalarni tanlashda eng 
samarali yo’llardan biri – bu multimediali yondashuvdir. Chaqiriqqacha harbiy 
ta’lim jarayonida mashg’ulotlarni samarali tashkil etish uchun texnologiyalarni 
tanlashda quyidagi muhim omillarga: 
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida yangi texnologiyalardan 
foydalanib tarbiyaning maqsadlariga erishishni ta’minlashning muhimligi; 
14
Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy 
asoslari. – T.: Fan, 2007. – 160 b. 


27 
- eng zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, an’anaviy texnologiyalar 
ham samara berishi mumkinligi; 

o’quv 
mashg’ulotlarning 
samaradorligi 
natijalari 
axborot 
texnologiyalarining turiga qarab emas, balki mashg’ulotni avvaldan ishlab 
chiqish, ularni qiziqarli olib borish sifatiga bog’liqligi; 
- texnologiyalarni tanlashda talabalarning shaxsiy xususiyatlariga, 
tarbiyaviy faoliyat sohasining o’ziga xos tomonlariga e’tibor qaratish lozimligini 
alohida ta’kidlash zarur. 
O’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda o’qituvchi mavzu 
doirasidagi eng so’nggi ma’lumotlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Mavzu 
bo’yicha ma’lumotlar to’plashda ilmiy adabiyotlardan, Internet tarmog’idan 
foydalanish, mutaxassislar bilan suhbatlashish kerak. Lekin hozirgi vaqtda aholi 
orasida, Internet tarmog’i nisbatan eng ishonchli manba, degan yolg’on tasavvur 
mavjudligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Shuning uchun mashg’ulot 
ishtirokchilariga Internet eng ishonchli axborot manbai sifatida emas, balki 
tezkor manba sifatida baholanishini alohida ta’kidlash kerak. Bugungi kundagi 
eng ko’p aldovlar aynan Internet tarmog’i orqali ro’y berayotganini misol qilib 
o’z fikrini tasdiqlashi mumkin. Bunda Internetning ilmiy yo’nalishlardagi o’rni 
e’tirof etiladi. Shuningdek, kundalik ommaviy axborot vositalari, 
teleradiokanallardagi ma’lumotlardan o’rinli foydalanish zarur. 

Download 1.33 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish