• Multimedia
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/43
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.33 Mb.
    #59965
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
    Bog'liq
    Qo’l yozma huquqida
    OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation
    Elektron taqdimot – slaydlardan mashg’ulotlarda namoyish va 
    ko’rgazmali material sifatida foydalanish bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim 
    o’qituvchisiga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Beriladigan axborot 
    materialining 
    elektron 
    taqdimotda 
    animatsiyalar 
    shaklida 
    berilishi 
    o’tkazilayotgan 
    mashg’ulotlarning 
    o’zlashtirilishini 
    engillashtiradi 
    va 
    ko’rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini talabalarga tarqatma materiallar 
    sifatida ham tarqatish mumkin. 
    Slaydlarga nisbatan talabalar o’zlarining fikrlarini bayon etishlari mumkin 
    va bu orqali ular olib borilayotgan mavzu bo’yicha xulosalar va savollarni 
    shakllantirish malakalariga ega bo’ladilar. 


    28 
    Bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchisiga bunday metodika yangi 
    axborotlarni ko’payib borishi, talabalarning tayyorgarlik darajasini o’zgarishi 
    bilan ma’lum bir mavzuga mo’ljallangan slaydni takomillashtirib borish 
    imkoniyatini beradi. 
    Chaqiriqqacha 
    harbiy 
    ta’lim 
    jarayoniga 
    zamonaviy 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, eng avvalo, pedagogik-psixologik 
    talablarga javob berishi kerak. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida pedagogik 
    va psixologik talablarga mos texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish uchun 
    quyidagi omillar muhim hisoblanadi: 
    - taqdim etilayotgan axborot resurslari ishonchli, tegishli sohaning hozirgi 
    zamon holatiga mos, tizimli va ketma-ket, ko’rgazmali, amaliyot bilan 
    bog’langan bo’lishi; 
    - taqdimot materiallari ilmiyligi va qabul qilinishi osonligining o’zaro 
    optimal variantida berilishi; 
    - taqdimot materiallarining bayon etilishi talabaga yo’naltirilgan bo’lishi 
    kerak. 
    Berilayotgan axborotlar mashg’ulot mavzusining mazmuniga mos bo’lishi 
    bilan birga talabalarda zarur ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishni 
    ta’minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o’zlashtirishi 
    lozim bo’lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma’lum bir mantiqiy tizimda taqdim 
    etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik 
    tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar 
    tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter
    skaner, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, 
    telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, 
    mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt 
    tizimlarini kiritish mumkin. 
    Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari muayyan amallarni 
    ongli, muntazam, rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. O’quv mashg’ulotlarni 


    29 
    o’tkazishda foydalanishi mumkin bo’lgan vositalarni quyidagicha guruhlash 
    mumkin: 
    Multimedia - mashg’ulotlarda axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli 
    grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan 
    musiqalar, 
    annimatsiya, 
    shuningdek 
    to’laqonli 
    videokliplar, 
    xatto 
    videofilmlardan foydalanilishini ta’minlaydi. 

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish