• Videoanjuman
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/43
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.33 Mb.
    #59965
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
    Bog'liq
    Qo’l yozma huquqida
    OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation
    Interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish 
    etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio 
    ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga 
    yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi. 
    Videoanjuman – uzoqlashtirilgan foydalanuvchi guruhlari orasida (raqamli 
    videolzuv lki oqimli video ko’rinishida ma’lumotlarni almashinish) yig’ilish va 
    munozaralar o’tkazish jarayonini ta’minlaydi. 
    Audioanjuman – tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan 
    holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning 
    ma’lumotlarni ovozli – raqamli ko’rinishda almashinish jarayonini ta’minlaydi. 
    Elektron axborot resurslarini tarqalishi bo’yicha ikki guruhga ajratish 
    mumkin: 
    - jismoniy tashuvchilar orqali tarqatish (kompakt disk, DVD disk va Flash 
    driver orqali); 
    - kompyuter tarmog’i orqali tarqatish (lokal yoki korporativ tarmoqlar). 
    O’quv mashg’ulotlari o’tadigan xona to’g’ri tanlanishi kerak. Mashg’ulot 
    o’tishi belgilangan xona ko’rimsiz bo’lmasligi lozim. Agar mashg’ulot o’tadigan 
    xona zamonaviy texnologiyalar vositalari bilan jihozlanmagan bo’lsa, bu 
    talabalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va o’qituvchi targ’ib qilayotgan 
    g’oyalarga ishonch bilan qarash paydo bo’lmaydi. O’quv mashg’ulotga 
    mo’ljallangan xonalar qanchalik fanga doir ko’rgazmali jihozlar bilan jihozlansa, 
    talabalarda ham g’urur, faxrlanish tuyg’ulari paydo bo’ladi hamda o’tkaziladigan 
    mashg’ulotning samaradorligi ortadi. Bu xonalarni jihozlashda mavzuga doir 
    o’quv plakatlari, tarqatma materiallariga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. 


    30 
    O’quv mashg’uloti samaradorligini oshiradigan eng asosiy jihatlardan biri 
    ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish. 
    Zamonaviy 
    axborot 
    texnologiyalari 
    muhitida 
    tarbiya 
    mazmunini 
    takomillashganlik darajasi bu yuksak ma’naviyatli shaxs talablarga javob bera 
    oladigan barkamol avlodni tarbiyalash muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
    Axborotlashgan jamiyatda tarbiya mazmuni deganda egallanishi talab etiladigan 
    ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni 
    shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy g’oyalar tizimi tushunilib, uning tarkib 
    topishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: 
    - jamiyat ehtiyojlari; 
    - milliy meros, buyuk allomalar va etuk olimlarining zamonaviy 
    metodologik qarashlari; 
    - umuminsoniy qadriyatlar; 
    - ilmiy-texnik taraqqiyot; 
    - chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimining o’zida yuzaga keluvchi, ta’lim 
    sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlar. 
    O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy etish o’tkazilgan mashg’ulot sifatini tashxis qilmay turib, 
    undagi jarayonlarni samarali boshqarish, ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishda bir 
    qancha murakkabliklar vujudga keladi. O’quv mashg’ulotini o’tkazish 
    jarayonlarida talabalarning kasbiy kamoloti darajasini belgilangan mezonlar va 
    yondashuvlar orqali aniqlashda axborot texnologiyalariga asoslangan tizimni 
    tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiya maqsadlariga mosligini nazorat qilish bu 
    boradagi muammolarni yechish imkoniyatini yaratadi. 


    31 

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish