Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
 
 
II BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY 
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK
SHART-SHAROITLARI 
1. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini 
shakllantirish tizimini amalga oshirish shakllari 
Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning 
asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy 
jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko’nikmalarni 
egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bulinadi:
1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo’nalishlari 
bilan bog’liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, 
mustaqil hayot yo’lini topa olishi, o’zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o’rnini 
anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror 
qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog’liq kompetentlik, u talaba uchun 
o’quv va boshqa vaziyatlarda o’zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. 
Talabaning individual ta’lim yo’nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy 
dasturi ana shu kompetentlikka bog’liq.
2.Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o’zlashtirishi zarur 
bo’lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo’lib, milliy va umuminsoniy 
madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy 
asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan 
va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish 
borasidagi bilimlar, masalan, bo’sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.
3.O’quv-bilish kompetentligi, bu talabaning o’rganilayotgan aniq ob’ektlar 
bilan bog’liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat 
bo’lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to’plami bo’lib, unga maqsadni 


33 
ko’ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, 
faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. 
O’rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan talabalarni kreativ ko’nikmalari, ya’ni 
bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal 
etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.
4.Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko’rsatuv vositalari va axborot 
texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni 
tanlab olish, ularni tahlil etish, o’zgartirish, saqlash va uzatish mahorati 
shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o’quv fanlari asoslarini muhim 
axborotlar asosida o’zlashtirishini ta’minlaydi.
5.Kommunikativ 
kompetentlik. 
Ta’lim 
oluvchilar 
bilan 
o’zaro 
munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi tilni 
o’zlashtirish, guruhlarda ishlash ko’nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy 
tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishni bilishni o’z ichiga oladi.
6.Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, 
vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste’molchi, xaridor, mijoz, 
ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va 
huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi 
bilim va tajribalarni egallash(xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil 
qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko’zlab, harakat qilish mahorati, mehnat 
hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.
7.Shaxsning 
o’z-o’zini takomillashtirish kompetentligi 
ma’naviy, 
motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o’z-o’zini rivojlantirish, irodaviy va 
xissiy jihatdan o’z-o’zini boshqara olish qaratilgan.
Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko’ra faoliyat usullarini 
egallaydi, bu unga o’zida zamonaviy mutaxassisga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy 
sifatlarini 
rivojlantirish, 
texnik 
tafakkurini, 
madaniyati 
va 
hulqini 
shakllantirishga yordam beradi.


34 
Kasbiy kampetentning rivojlanishi – bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda 
o’zgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, 
jarayonning ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy 
darajasiga bog’liq.
Ma’lumotlarning zamonaviy tizimida bo’lgan o’zgarishlar, o’qituvchining 
malaka oshirishga va o’zining kasbiy kobiliyatlarini oshirishga majbur qiladi, bu 
degani o’zining kasbiy kompetentini oshirishiga majburligidir. Zamonaviy 
ma’lumotning asosiy maqsadi jamiyatning, davlatning, shaxsning zamonaviy 
tarbiyalarga mos bo’lishi, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
Harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishda 
pedagogik hamda texnik–texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni 
hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlarning to’plami sifatida qayd etiladi. 
Pedagogik sharoitlar mazkur jarayonni yuzaga keltiribgina qolmay, balki uning 
mavjud holatini ham belgilaydi.
Harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirish 
bosqichma-bosqich, pedagogik turkum fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik 
sintezni va fanlararo aloqadorlik darajasida faoliyatida pedagogik hamda 
muammoli - vaziyatli topshiriqlarni echish orqali amalga oshiriladi.
Harbiy ta’lim o’qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va 
usullarni qo’llab yangi materialni qanday bayon qilishni o’ylaydi. U 
o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy 
rivojlanishi va mehnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa faktorlarni hisobga 
olgan holda ish ob’ektlarini tanlaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi 
juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. harbiy qurollar, texnologik protsesslar 
uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu ma’lum darajada harbiy ta’limda o’z aksini 
topishi kerak. Demak, bo’lajak o’qituvchilar fan va texnika soxasidagi 
taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan ta’lim oluvchilarni tushunarli 
shaklda xabardor qilib turishi va o’z mahorati ustida ishlashi kerak.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining ta’lim va tarbiya berishida
mahorat turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:


35 
- ta’lim berish mahorati;
- ta’limning zamonaviy usullarini qo’llay olish mahorati;
- tarbiyalay olish mahorati;
- inson omilini ta’minlovchi fazilati;
- bilimlarni holisona baholash va nazorat qila olish mahorati; 
harbiy ta’lim o’qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilishda quyidagi 
jihatlarga: 
a) ta’lim – tarbiya ishining aniq maqsadga yo’naltirilganligini, ilmiy 
jihatdan asoslanganligini hamda uning mazmunini to’g’ri tanlanganligini 
aniqlash; 
b) mehnat va kasbiy faoliyatning natijasi sifatini aniqlash, rivojlanish 
bosqichlari, taraqqiyot darajasini belgilash hamda istiqboldagi yo’nalishlarini 
yoritish; 
Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo’yiluvchi talablar nuqtai 
nazaridan kompetentlik talabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va 
faoliyat usullari to’plamini maqsadga muvofiq qo’llash qobiliyatini anglatadi.
Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun 
ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. 
Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy 
maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy 
jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu 
nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy – madaniy, 
o’quv – bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o’z–
o’zini takomillashtirish turlariga bo’linadi.
Harbiy ta’lim o’qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon 
bo’ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija. Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish 
darajasini baholashda muhim asoslar sifatida aks etadi va ular, o’z navbatida, 
Davlat ta’lim standarti mazmunida qayd etiladi. Ta’lim tizimi faoliyatini 
baholashda uning samaradorligi hamda pedagogik tizim rivoji bilan bog’liq 
asosiy ko’rsatkichlarini ajratib ko’rsatish mumkin. 


36 
Aynan ana shu ko’rsatkichlar o’qituvchining kasbiy shakllanish darajasini 
baholash mantiqini asoslab beradi. Ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlarning 
harbiy ta’lim o’qituvchilarini kasbiy shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlariga 
ega ekanligi barchaga ma’lum. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning ko’proq 
pedagogik ongning nazariy darajasini rivojlantirishga yo’naltirilganligi aksariyat 
hollarda ko’pincha, talabalarning bilimlari og’zaki xususiyatga ega bo’lishiga 
olib keladi.Harbiy ta’lim o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda 
mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish muhim o’rin tutadi.
Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida, o’qituvchi 
rahbarligida yoki o’qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish 
majmuini anglatadi. Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi:
1.Bevosita auditoriyada - ma’ruza amaliy mashg’ulot, yoki seminar ishlari 
bo’iicha vazifalar berish jarayonida;
2.O’qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot 
chog’ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, yakka topshiriq 
bajarishda va boshqalar.
3.Axborot resurs markazida, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba 
tomonidan o’quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida.
Mustaqil ish bo’yicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash 
asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriyada (amaliy va 
laboratoriya) mashg’ulotlarida o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va 
baholanadi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalarda sababiy - tashkiliy (o’quv 
faoliyatani mustaqil tashkil etishning qadriyatli yo’nalishlari, bilim, malaka va 
ko’nikmalari), mazmunli-protsessual (o’quv faoliyatining mohiyatini bilish va bu 
faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishini belgalovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va 
tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishgda zarur sanalgan shaxs sifatlarini o’zi 
baholash) kabi ko’nikmalarning shakllanishi mustaqil bilim olish jarayonida 
majmuaviy ravishda shakllanib boradi. 


37 
Mustaqil bilim olishga tayyorgarlikning tashkiliy asoslari:
pedagogik- psixologik, texnik - texnologik tushunchalar hisoblanadi. 
Pedagogik-psixologik va texnik-texnologik tushuncha (kategoriya)lar sababiy va 
tekshirish-baholash tarkibiy qismlarining rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatadilar. 
Demak, mustaqil bilim olishga tayerlash jarayonida talabalarda nazariy 
(tushunchali) fikrlash qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari ta’lim jarayonining har bir 
bosqichida namoyon bo’lsada, harbiy ta’lim yo’nalishidagi talabalarning 
auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olish 
jarayonlaridagi shakllarini ilmiy asoslashga harakat qildik.
a) auditoriyada tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
1a-shakl ma’ruza tinglash va bayon etilganlarni daftarga qayd etish;
2a-shakl –ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni bajarish;
3a-shakl - texnik modellashtirish va loyixalash.
v) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
1v-shakl - o’quv adabiyotlari bilan ishlash;
2v-shakl - nazorat ishlariga tayyorlanish; .
– harbiy ta’lim fanlaridan ma’ruzani tinglash, uni daftarda qayd etish 
jarayonida ma’ruza manbalari varaqning bir tarafiga, ikkinchi tarafiga joy 
qoldirilgan holda yoziladi.
Ikkinchi tarafiga esa talaba tomonidan chiqarilgan xulosalar, texnik 
echimlar, mulohazalar, ularda paydo bo’lgan savollar, savollarga javob 
variantlari, faktlar va xar xil belgilar qo’yishni tavsiya etiladi. Bu maqsadda 
ba’zan keng hoshiyalar qoldiriladi.
Ma’ruza tinglash – intellektual faoliyatning murakkab turidir. Uning 
muvaffaqiyati birinchidan, umumiy «tinglay olish» bilan, ikkinchidan, daftarga 
yozib borish bilan bir vaqtda materialni o’zlashtirib borish bilan bog’liqdir. 
Ma’ruzani yozib olish – undagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratishga, ma’ruza 
jarayonida eshitilgan ma’lumotlarni o’ylab ko’rishga, o’qituvchi tomonidan 


38 
izohlanayotgan material ketma-ketligini mantiqiy nuqtai-nazardan tushunishga 
yordam beradi.

Download 1.33 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish