- Masofali ta’lim turlari




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation
2- Masofali ta’lim turlari  
Taqdimot (prezentatsiya) – o’qitish jarayoni taqdimotdan boshlanib unda 
kirish mashg’uloti o’tkaziladi. Talabalar o’quv–metodik majmuasi bilan keyslar 
oladilar, o’kuv guruhi bilan tyutor (metodist o’qituvchi), mashg’ulotlar o’tkazish 
rejasi va o’quv fanlari bo’yicha masofali ta’lim metodikasi bilan tanishadilar.
O’quv jarayoni – ta’lim olishda talabaning fan bo’yicha o’zlashtirgan 
bilimlarini va amaliy tajribasini muammoli pedagogik va texnik-texnologik 
vaziyatlarda qo’llash bilan uning qoidalarini o’rtasidagi nisbatlarini talabalar 
anglab etishlariga va asoslangan yangi turdagi o’quv tsiklidan foydalaniladi. 
Talabaning mustaqil ishlashi interfaol va elektron multimediali darslik, elektron 
kutubxonalar, Internet global tarmog’idan foydalanish bilan ta’minlanadi.
Tyutorlik (metodist o’qituvchilik) – mustaqil o’zlashtirilgan bilim va 
ko’nikmalarni mustahkamlash, tuzatish, jamoa bo’lib ishlashning samarali 
metodlarini o’zlashtirish va tajriba almashish, tyutorlik – o’qitish faol 
metodlaridan foydalanish bilan guruhli mashg’ulotlarda: guruhli munozaralar, 
amaliy o’yinlar, muammoli pedagogik va texnik-texnologik vaziyatlardan 
chiqish va boshkalar. Tyutorlar talabalar bilan kulay vaktda norasmiy sharoitda 
ishlaydilar.


45 
Yozma ish - tyutor (metodist o’qituvchi) tomonidan baholanadi va 
tushuntiriladi, bu talabaning o’z bilimlarini tuzatishi uchun qaytar aloqada 
bo’lishni ta’minlaydi.
Maslahatlar. Talaba tyutor (metodist o’qituvchi)dan fanning mazmunini 
o’zlashtirishda tushunmagan savollar bo’yicha telefon yoki elektron pochta 
orqali bo’lgani kabi shaxsan maslahat olishi mumkin. Shu bilan doimiy aloqa 
ta’minlanadi, ushbu o’quv fanini o’rganish jarayonida yuzaga keladigan 
muammolarni tez hal etishga imkon beradi.
O’quv adabiyotlar. O’quv-metodik majmua masalan ishchi daftarlarida 
faqat axborot materiallari emas, balki ular bilan ketma-ket keladigan savollar va 
topshiriqlar ham bo’lib ularga javob berib talaba o’zining amaliy tajribasini 
shakllantiradi, uni auditoriyada olingan bilimlari bilan solishtiradi. Pedagogik va 
texnik-texnologik vaziyatlarini tahlil qiladi uni yaxshilash yo’llarini izlaydi, 
shaxsiy tasavvurlari tizimini shakllantiradi, o’quv materialni o’zlashtirganlik 
darajasini o’zi nazorat qiladi. Masofali ta’lim o’quv-metodik to’plam nusxalari 
guruh talabalari soniga mos kelishi kerak. Barcha o’kuv-metodik materiallar 
an’anaviy matnli ko’rinishda va axborotni elektron etkazuvchilar, audio
Talaba kompyuterdan o’quv faoliyatida asosiy vosita sifatida foydalanadi
bu esa o’quv fanining mazmunini savollarini o’rganishga va an’anaviy didaktik 
vositalarga nisbatan afzalligini ko’rsatadi.
Mavjud ilmiy manbalarni o’rganish hamda dissertantning shaxsiy 
tajribasiga asoslangan holda masofali ta’lim vositalari quyidagilardan iborat:
1. Elektron darsliklar.
2. O’quv-metodik qo’llanmalari.
3. Oddiy va multimediali variantlar asosida kompyuter ta’limi tizimlari.
4. Audio o’quv-axborot materiallari.
5. Video o’quv-axborot materiallari.
6. Laboratoriya praktikumlari.
7. Trenajyorlar.
8. Ma’lumotlar va bilimlar banki.


46 
9. Elektron kutubxona.
10. Ekspert tizimi asosidagi ta’lim.
Masofali ta’lim o’quv-metodik to’plamlarini yaratishning tashkiliy-metodik 
tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. O’quv rejasidagi fanni o’rganishning maqsadini ifoda etishi (tanlagan 
ta’lim yo’nalishi bo’yicha uning ta’lim tizimidagi o’rni va ahamiyatini 
tushuntirish yordamida fan asoslarini muvaffaqiyatli o’rganishni ta’kidlashi 
lozim. Fan, bob va mavzular ro’yxati, ularni o’zlashtirish talab etiladigan 
darajaga keltirish maqsadga muvofiqdir). shartli belgilarni aniq hamda to’g’ri 
ifodalash talablariga to’la javob bera olishi (fan avvalgi yoki keyingi fanlar 
mohiyatini yorituvchi standart birliklarni aniq va to’g’ri qo’llanilishini 
ta’minlashi zarur).
3. Elektron o’quv materiallarining talaba tomonidan avval o’rgangan 
muhitning yaratilishini ta’minlay olishi (mualliflikda yaratilgan dasturlarni 
o’zlashtirish talaba uchun qo’shimcha qiyinchilik yaratishi va uning e’tiborini 
fanning mazmunidan chetga tortmasligi kerak).
4. Gipermatnli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, elektron o’quv 
materiallarini talabalarning ilovalar bo’yicha harakatlanishlarida to’g’ri yo’lni 
topa olish hamda oddiy talablarga javob bera olishlariga imkon yaratishi (o’quv 
materiallarining kirish so’zida matnda qo’llaniladigan shartli belgilarning 
mohiyatini izohlash, shuningdek, turli murojaatlardan foydalanish borasida 
maslahatlar berilishi zarur).
5. O’quv materiallaridan Internet tarmog’i resurslari murojaatlaridan 
foydalanishda web-saytlari bo’yicha murojaatlaridan saqlanish (ushbu holat ko’p 
vaqtni talab etadi).
6. Talaba faoliyatining mustaqil faoliyat, o’qituvchi nazoratining esa o’z-
o’zini nazorat qilish faoliyatiga almashtirilishi (ushbu o’rinda faoliyat qulay 
metodlar, samarali mezonlar va maslahatlar asosida yo’lga qo’yilishi bo’yicha 
beriladigan tavsiyalar to’liq ta’riflarga ega bo’lishi zarur).


47 
7. O’quv fanlari mazmunining to’laligi, bu - talabaning qo’shimcha o’quv 
ma’lumot manbalariga murojaat etishining bir qadar kamaytirilishi.
8. O’quv fanlarining tuzilmasini yaratishda moduldan foydalanilishi.
9. O’quv materiallari tarkibidan nazorat topshiriqlari, glossariy, shaxsiy 
faoliyatni mustaqil nazorat qilish uchun taklif etilgan javobli testlar hamda 
mashq qilishga asoslangan pedagogika hamda ishlab chiqarishdagi muammoli-
vaziyatli topshiriqlar kabi majburiy elementlarning mavjudligi.
O’quv- metodik majmua quyidagi bo’linmalardan tashkil topgan: 
1.Kirish.
2.Fanni o’rganishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar.
3.Fan bo’yicha yaratilgan o’quv dasturi.
4.Fanga kirish (tarixi, predmeti, dolzarbligi, boshqa fanlari bilan o’zaro 
bog’liqligi).
5.Asosiy mazmuni (bo’limlarning modullar bo’yicha bo’yicha tuzib 
chiqilganligi).
6.O’quv qo’llanmalari (tayanch konspekt, ma’ruzalarning reja-konspekti);
7.Topshiriqlarni bajarishda eng ko’p uchraydigan xatolarni tahlil qilish, 
nazariy bilimlarini qo’llash borasidagi ko’nikmalarni ishlab chiqish uchun 
praktikum.
8.Ish daftari, ya’ni, amaliy topshiriqlarni bajarishga oid misollar berilgan, 
shuningdek, mustaqil bajarish uchun mo’ljallangan topshiriqlardan iborat o’quv 
qo’llanmasi (daftarning toza sahifalariga talaba fanni o’zlashtirish va shaxsiy 
ishchi hujjatlarni yaratish borasidagi fikrlarini yozib borishi mumkin).
9.Fanni mustaqil o’rganishga oid metodik tavsiyalar.
10.Laboratoriya praktikumi.
11.Xulosa.
12.Adabiyotlar ro’yxati (asosiy, qo’shimcha, fakultativ).
13.Mustaqil ishlarning mavzulari.
14.Oraliq test o’tkazish va bilimlarni nazorat qilish tizimi.
15.Yakuniy nazorat.


48 
16.Qisqartiritmalar ro’yxati.
17.Ma’lumotnoma, glossariy.
18.Atamalarning izohli lug’ati.
19.Fan dasturi mavzusiga oid o’quv materiallari, mavjud darsliklar, ilmiy 
jurnallarda chop etilgan maqolalar, metodikalar va boshqalar asosida yaratilgan 
xrestomatiya (daydjest).
20.Audiokassetalar
21.Yo’naltiruvchi yoki tanishtiruvchi ma’ruzalar yozilgan videokassetalar, 
texnik jihozlarning umumiy tuzilishi, ishlash tamoyili, texnologik jarayonlar va 
boshqa fanlar bo’yicha tajriba ishlarining bajarilishi borasidagi videotasvirlar.
22.Oddiy va multimediali (CD-ROM) kompyuter ta’limi dasturlari.
Elektron darslikni talabaga o’quv fani yoki uning muayyan bo’limi, 
shuningdek, oddiy darslik, ma’lumotnoma, masalalar to’plami va laboratoriya 
praktikumida yoritilgan qarashlarni o’zida birlashtirishga imkon beruvchi o’quv-
metodik to’plami sifatida e’tirof etuvchi g’oyalar ancha keng tarqalgan. Bizning 
fikrimizcha, elektron darslik mualliflik tizimi yoki gipermatnli belgilash tipi – 
HTML yordamida ishlab chiqilgan hamda multimediali yakunlangan materialdan 
iborat manbadir. Elektron darslikning quyidagi ikki variantidan foydalanish 
mumkin: on-line va off-line. To’plamning psixologik-pedagogik funktsiyalari 
o’quv materiallarini gipermedia muhitida taqdim etish, talabalarning 
o’qituvchilar bilan va o’qitish vositalari bilan E-mail, usernet, IRC, Iphone 
yordamida o’zaro didaktik aloqalari orqali amalga oshiriladi.
Masofali ta’lim dasturlari muayyan fanni aks ettiruvchi, u yoki bu darajada 
uni o’rganish texnologiyasini amalga oshiruvchi va turli o’quv faoliyatini amalga 
oshirishga imkon beradigan vositalardir. Bunday dasturli vositalar odatda
o’quvchi shaxsini rivojlantirish uchun, o’quv jarayonini jadallashtirish va 
an’anaviy o’quv-tarbiyaviy jarayonlarda boshqa maqsadlarda foydalanish uchun 
mo’ljallanadi.


49 
Masofali ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, uning mazmuni, usullari va 
vositalari bilan tanishish o’quv jarayonida bajariladigan quyidagi asosiy 
vazifalarini ajratib ko’rsatishga imkon beradi:
- o’qitish jarayonini individuallashtirish va darajalashtirish;
- talabaning o’quv faoliyati jarayonida o’z-o’zini nazorat qilishi va mavjud 
xatolarni tuzatish;
- ko’p vaqt va mehnat talab etadigan, mayda hisoblash ishlarini 
kompyuterda bajarish hisobiga, o’quv vaqtini uzaytirish;
- o’rganilayotgan jarayon yoki hodisalarni modellashtirish;
- kompyuterda muayyan tajriba yoki sinovlarni tashkil etish asosida 
laboratoriya ishlarini olib borish;
- turli muammoli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilish malakasini 
shakllantirish;
- muayyan turdagi fikrlash qobiliyatini (masalan, ko’rgazmali-obrazli va 
nazariy) rivojlantirish;
- ta’lim olishga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish (masalan, dasturga tasviriy 
vositalar yoki o’yin vaziyatlarini kiritish yo’li bilan);
- idrok etish faoliyati va boshqalar. 
Masofali ta’limni tashkil etish sharoitlarida amaliy, laboratoriya 
praktikumining 
an’anaviy 
shakllari 
foydalanuvchi(talaba 
tajriba 
o’tkazuvchi)ning modellashtirish muhiti bilan samarali interaktiv o’zaro 
aloqalariga erishish yo’lida texnik vositalar, kompyuter grafikasi va 
animatsiyadan foydalanib, materialshunoslik, texnik tajribani imitatsiya qilish 
hamda loyihalashtirish, modellashtirish texnologiyasidan foydalanuvchi, virtual 
laboratoriyalar bilan to’ldiradi.
Masofali ta’limni tashkil etish maqsadida nashr etilgan elektron 
multimediali darsliklar o’quv ma’lumotlari tuzilishining yaxlit, aniq va qisqa 
bo’lishini ifodalaydi. Elektron multimediali darsliklarda grafik va jadvalli 
materiallar berilgan. har bir sahifada ma’lum bo’limni o’rganish jarayonida 
talabaning o’z shaxsiy fikrlarini yozish uchun joy mavjuddir. Mashq qilish va 


50 
tekshirish topshiriqlari ham qo’llanmaga kiritilgan bo’lib, ular bilimlarni 
o’zlashtirish darajasini nazorat qilishga imkon beradi.
Bosma o’quv materiallarining elektron varianti YAAT dan foydalanish 
bilan didaktik vositalar mustaqil turidan nashrlarda bo’lmagan bir qator ijobiy 
sifatlarga ega bo’lib, ular sirasiga kompyuter xotirasi yoki tashqi manbada 
ixcham saqlanishi, o’zgartirishlarni tezlikda kiritilish va elektron pochta orqali 
uzoq masofalarga uzatish mumkinligi kabi holatlar kiradi. Bundan tashqari 
printer yordamida material osonlik bilan bosma nashrga aylantiriladi.
Shunday qilib, masofali ta’lim tizimida yuqorida ko’rib chiqilgan 
vositalardan aralash foydalanish tajribasi shakllangan deb aytishga imkon beradi. 
Masofali ta’limning shunday turlarida talabalarga ma’lum muddatga o’quv-
metodik vosita (keys)lar to’plamini berish usulidan foydalananiladi. Xususan, 
amaliy fanlar asoslarini o’rganishda keys tarkibiga bajarishga oid topshiriq, 
material to’plamlari ham kiritiladi. Keys tarkibiga yana kompyuterda va 
kompyuter tarmoqlarida ishlash borasidagi amaliy ko’nikmalarni shakllantirish 
bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar ham kiritiladi.
Masofali ta’limni tashkil etishda dastlab e’tiborni ushbu tizim o’quv 
materiallarini yaratish texnologiyalaridan foydalanishga qaratish maqsadga 
muvofiq.

Download 1.33 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish