|
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifiBog'liq Qo’l yozma huquqidaTadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi:
Tanlangan manbaga oid ilmiy metodik manbalarni tahlil qilish, ilg’or
pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish, chaqiriqqacha harbiy
ta’lim tizimida bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy
kompetentligini shakllantirish omillarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi
sifatlarini rivojlantirishning ilmiy, nazariy asoslarini yaratish:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida innovatsion texnalogiyalar
orqali kasbiy kompetentligini shakllantirishning mezonlarini ishlab chiqish;
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirishning tarbiyalash mexanizmlari yaratiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak
harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishga oid ilg’or
g’oyalardan O’zbekiston Respublikasi uzluksiz talim tizimining barcha
bosqichlarida, shuninigdek kasb hunar kollejlarida kasbiy mahoratni oshirishda
ularda kasbiy bilimlarni egallashga va amaliyotga tadbiq etishda foydalanish
mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-bo’lajak
harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirish omillariga oid bilimlarini axborot texnologiyalari asosida
rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlandi;
-bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarini tarbiyalash jarayonida ta’lim berish
yo’llari takomillashtirildi va unga mos mezonlar aniqlashtirildi.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi:
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosalar,
ilovalar va adabiyotlar ro’yhati bilan birgalikda 95 betdan iborat.
|
| |