I BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation
I BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA 
KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK 
ASOSLARI 
1.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini 
shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari 
Mamlakatimizda mustaqillik bilan boshlangan davr xalqimiz hayotining 
barcha sohalarida milliy ruhimizga mos va xos bo’lgan islohotlarni amalga 
oshirish uchun keng istiqbollar ochdi, Endilikda «Respublikani haqiqatdan ham, 
uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, 
an’analari, urf-odatlari va ko’nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har 
tomonlama hisobga olib, yuksaltirish ommaviy bo’lib qoldi. Prezidentimiz 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Asrlar davomida aqlu-zakovati ila bunyod etgan 
boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat 
va erk sari intildi. Ana shu milliy g’urur bugungi istiqbolimizning oltin 
poydevoridir»
1

Markaziy Osiyoda maktab madrasalar o’rta asrlardayoq rivojlangan, hozirgi 
Ma’mun akademiyasiga o’sha davrda asos solingani fikrimizning dalilidir. 
Pedagogik tarbiyashunoslikda qadimgi Yunonistondan keyingi Markaziy 
Osiyoda rivoj topgan. Chunki dunyoga mashhur Al Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar avvalo 
madrasada mudarrislik qilganlar. «Ikkinchi muallim» sifatida dunyoga mashhur 
Abu Nasr Forobiy pedagogik madaniyati haqida shunday deydi: «Muallim 
shogirdga nisbatan o’ta hokimlikka ham, o’ta bo’shlikka ham yo’l qo’ymasligi 
lozim, chunki o’ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi, 
agarda shogird muallimning bo’shligini sezsa, unda muallimga va uning ilmiga 
nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi»
2
. U axloqning o’n ikki tamoyili 
haqida fikr yuritganda, xushfe’llik, shirinsuxanlik fazilatini alohida ulug’laydi. 
1
Karimov I.A.Barkamol avlod orzusi.-T.:Sharq,1998.-184 b 
2
Abu Nasr Farobiy “Baxt saodatga erishuv yo’llari” (“Risola fi-tanbeh ola asbob as-saodat”) 17-bet 



Ma’lumki, Abu Ali Ibn Sino dunyoda tibbiyot fanining asoschilaridan biri 
sifatida mashhurdir. Lekin uning inson ruhiyati va jismoniy uyg’unligi, insonni 
bir butunlikda o’rganish ta’limoti yetarli o’rganilmagan. U «yaxshi va yomon 
xulqning hammasi sharoit va tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi». 
Inson muloqatda samimiylik, nutq tovushi, ovoz ohangi kabi ta’sir vositalariii 
ruhshunos sifatida ifodalaydi. «Tabiatning insonlarga in’om etgan yana biri oliy 
fazilat inson nutqidir. Inson o’zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali 
o’z ifodalarini izhor etadi»-deb yozadi. 
Sa’diy Sheroziy o’qituvchilarni Talabalar bilan muloqatda bo’lish 
qoidalaridan xabardor bo’lishga, o’ylab, har bir so’zni o’ylab gapirishga da’vat 
etadi. Aqlli odam ko’p o’ylamasdan gapirmaydi, o’z so’zi va fikrini huddi 
qimmatbaho yoqut kabi dilda saqlaydi. 
Buyuk ma’rifatparvar muallim mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim 
tizimi, o’qitishni takomillashtirish, o’qituvchi malakasini shakllantirish bo’lg’usi 
o’qituvchilarni tayyorlash muammolariga mutloqo yangicha yondashgan olimdir. 
U o’qituvchilarning shaxsiy fazilatlari, axloqi, odobi, bilimdonligi, ziyrakligi, 
topqirligi, farosatliligi, aql zakovatliligi ta’lim va tarbiya uchun asosiy negiz 
ekanligini ta’kidlab o’tadi. Ayniqsa, uning fikricha, ijodiy izlanish, o’qish va 
o’qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o’qituvchilarning eng 
muhim sifatlaridan biridir
3
.
Qadimgi Sharq, pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da 
ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratli gaplar aytilgan bo’lib, ular hozirda 
ham ma’lum darajada o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
«Qobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan bo’lib, 
44 bobdan iborat. Uning 7 - boblari so’z odobi haqidadir. Asar muallifning 
farzandiga qilgan nasihatlari sifatida yozilgan. U farzandini yoqimli, muloyim, 
o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: «Yaxshi so’zlashga o’rgan va 
muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so’zni gapirigani 
istasang, til shuni gapiradi. So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar 
3
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asari 32-bet. 



u yaxshi so’z bo’lsa ham yomon ko’rinadi». «Kishi suxandon va notiq bo’lishi 
lozim».Har bir notiq o’z nutqi ustida ko’p mashq qilishi, xalq oldida nutq 
so’zlaganda yoqimli gapirishi, xalqning e’tiborini qozonishi zarur. Xalq, oldida 
gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq, sening 
so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini 
so’z orqali biladilar. har kishining ahvoli o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi». 
Kaykovus notiq so’zning ma’nolarini har tomonlama o’rgangan bo’lishi kerak, 
deb hisoblaydi. Notiq xalq tilini, xalqning fikrini, ruhiyatini bilishi kerak. 
«Shunday kishini notiq deymizki, uning har so’zi xalqda tushunarli bo’lsin». 
So’zlaganda o’ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigaya xulosani ko’z oldiga 
keltirib gapirgan notiq pushaymon bo’lmaydi: «O’ylamasdan so’zlama, har bir 
so’zni o’ylab gapir». U tildagi so’zlarni buzib so’zlamaslikka, hamma vaqt 
mavjud til normalariga amal qilishga chaqiradi»-«Agar so’zni va ilmni yaxshi 
bilmasang ham, hech bir so’zni buzma, to’g’ri ta’rifla, so’zni bir xil gapir». 
Kishi kamtar bo’lishi kerak, o’zini xalq, orasida oddiy, kamtar tutishi lozim, 
mahmadonalik qilish, ko’p gapirish donolik belgisi emas, «Ey farzand» agar sen 
har qanday notiq bo’lsang ham, o’zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so’z 
bilimdonligi vaqtida bekor bo’lib qolmagaysan. Ko’p bilgulu, oz so’zla, kam 
bilsang, ko’p so’zlama, chunki aqlsiz kishi ko’p so’zlaydi, deganlarki, jim 
o’tirish salomatlik sababidir. Ko’p so’zlovchi aqlli odam bo’lsa ham, xalq uni 
aqlsiz deydi...»
4

Tajribalardan foydalanish va ilg’or texnologiyalarni qo’llash, zamon 
talablari asosida bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy 
kompetentligini shakllantirish qoidalarini hayotta tatbiq etish quyidagilarni 
nazarda tutadi. 
Demak, bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy 
kompetentligini shakllantirishda eng avvalo muomala odobi u aloqa qiladigan 
odamlar, muassasalar bilan o’z kasbiy vazifasini bajarayotganda sodir bo’ladigan 
4
Kaykovus “Qobusnoma” asaridan Toshkent “O’zbekiston” 1997 y. 46-47-betlar


10 
axloqiy munosabatlar majmuidir. Ushbu yondashuv asosida Yevropa pedagoglari 
muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratib ko’rsatadilar:

o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi muomala;

o’qituvchi bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi muomala;

o’qituvchi bilan ota-onalar o’rtasidagi muomala;

o’qituvchi bilan ta’lim muassasasi rahbarlari o’rtasidagi muomala
5

Pedagogik muomala jarayonida pedagogning muomalaga o’ziga xos 
moslashuvi alohida rol o’ynaydi. Bunday moslashuv deganda psixologik, nutq, 
harakat va shu kabi usullar tizimi tushuniladi, mazkur tizim pedagogik 
vaziyatning vazifasi va xususiyatlariga o’xshash bo’lgan muomala tuzilishini 
tashkil etish, ongiga samarali tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun tanlanadi. 
Pedagoglarning muomala masalalari haqidagi fikrlarini tahlil qilishimiz 
natijasida chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida muomalaning ko’rinishlarini 
aniqladik. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonidagi aloqalar tizimida harbiy 
rahbarlar bilan o’quvchi-yoshlar o’rtasidagi muomala munosabatlar katta o’rin 
egallaydi. Bu jarayonda o’quvchi-yoshlar insoniyatning asrlar davomida 
to’plagan bilimlarini, axloqiy tajribani egallab oladi. harbiy rahbar chaqiriqqacha 
harbiy ta’lim jarayonda yetakchi kishidir. Shuning uchun ham harbiy rahbar, 
uning axloqiy sifatlari, xulqiga o’quvchi-yoshlar bilan muomalasiga nisbatan 
alohida, yuksak talablar qo’yiladi.
6
Harbiy rahbarlar harbiy hayotga endigina kirib kelayottan barkamol shaxs 
sifatida shakllanadigan insonlar – o’quvchi-yoshlar bilan muomalada bo’ladi. 
O’quvchi-yoshlar harbiy muomala odobini asosan harbiy rahbar timsolida anglab 
oladi. 
5
Redjaboev A.D. Yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi asosida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning 
pedagogik asoslari: Ped.fanl.nomz. ...diss. – T:. 2004. – 167 bet. 
6
Tursunov.A. Armiya. T.:Adolat, 2003. 32 b.(Davlat va millat ramzlari). O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarini isloh hilish mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini,xududiy yaxlitligini, uning chegaralari 
dahlsizligini, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan». Z.b. 


11 
Demak, shirin muomala har bir kishiga quvonch, bemorga malham va najot 
bag’ishlaydi. Ilmiy tadqiqot ishimizda «Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich 
tayyorgarligi» fani tarkibida muomala madaniyatining nazariy va amaliy 
asoslarini, uning milliy va umuminsoniy xususiyatini yoritishga harakat qilinadi. 
Ma’lumki, barcha ma’naviy-axloqiy fazilatlarning poydevori, harbiy 
tushunchalari, ko’nikmalari chaqiriqqacha bo’lgan yoshidan tarkib toptirilsagina, 
bu poydevor barqaror bo’ladi. Harbiy rahbarlarning shaxs sifatida shakllanishida 
hal qiluvchi omilga aylanadi. Zero, ma’naviy-axloqiy fazilatlar tarkibida 
muomala munosabat madaniyati alohida o’rin tutadi. Ta’lim muassasasida 
o’quvchi-yoshlarga uy, oila muhitidan tashqari dastlabki harbiy muomala, 
munosabat muammolariga duch keladi. Shunisi xarakterliki, ta’lim muassasasida 
izchil va uzviylikda ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga asoslangan harbiy rahbar 
shaxsini shakllantirish amalga oshiriladi. Ya’ni oila, mahalla, ko’cha, tarbiyaviy 
ta’siridan farqli professional ta’sir ko’rsatiladi. Shuningdek, tarbiyadagi milliylik 
uyg’unligiga erishiladi. Ya’ni oilada, mahallada milliy kadriyatlar, mahalliy urf-
odatlar tarbiyasi ustuvor bo’lsa, ta’lim muassasasida dastlabki umuminsoniy 
kadriyatlar va harbiy bilimlar bo’yicha tushuncha, ko’nikmalarni shakllantirish 
yo’nalishida ham ish olib boriladi. 
Shundan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot ishimiz predmeti doirasida bo’lajak 
chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini 
shakllantirishda muomala madaniyatining quyidagi qirralari, yo’nalishlari 
shakllantirilishi kerakligini aniqladik: 
- harbiy pedagoglar va bo’lajak harbiy rahbarlar o’rtasidagi munosabat; 
- bo’lajak harbiy rahbarlar o’rtasidagi salomlashish munosabati; 
- ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi munosabat; 
- mashg’ulotlar jarayonidagi munosabatlar; 
- bo’lajak harbiy raxbarlarning xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish; 
- ommaviy ishlar jarayonida rasmiy munosabatning elementlarini 
shakllantirish; 
- ham kasblar o’rtasidagi munosabat; 


12 
- minnatdorchilik bildirish. 
Bu fazilatlar bevosita harbiy rahbarlarning axloqiy faoliyati namunasi 
asosida tarkib toptiriladi. Lekin harbiy rahbarlarning muomala madaniyati 
tarbiya jarayonining asosiy ta’sir vositasi bo’lishi pedagogik mahoratdir. 
Yuqoridagilarni bo’lg’usi harbiy rahbarlarning o’zi yaxshi bilib olmog’i lozim. 
Ana shu qadimiy madaniyat ma’naviy xazina, jahonga mashhur o’zbekona 
insonparvarlik, mehmondo’stlik, vatanparvarlik kabi milliy qadriyatlar zamirida 
muloqat, muomala fazilati alohida o’rin tutadi. Insoniy muomalaning ijtimoiy 
ahamiyati beqiyos bo’lib, tarixiy, milliy va umuminsoniy xususiyatga egadir. 
Muomala madaniyatini axloqiy, estetik va iqtisodiy tarbiya tarkibida bir 
butunlikda o’rganish bilan birga, alohida ilmiy muammo, kasb mahorati sifatida 
tadqiq qilish uning ijtimoiy ahamiyatini orttiradi. Pedagogik muomala masalasi 
ham o’ziga xos hususiyatga ega bo’lib, dunyo olimlari tomonidan ma’lum 
darajada o’rganilgan. 
Lekin mustaqil O’zbekistonda chaqiriqqacha harbiy ta’lim-tarbiya 
jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish mustaqil fikrlaydigan yosh 
avlodni erkin rivojlantirishniig pedagogik tizimi yaratilmagan. Zero-harbiy 
pedagogik muomala nazariyasi va amaliyoti chaqiriqqacha harbiy ta’lim-tarbiya 
jarayonini insonparvarlashtirish metodologiyasiga asoslanishi davr talabidir. 

Download 1.33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish