Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligiga




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
2.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligiga 
qo’yilgan talablar 
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonining vazifasi chaqiriqqacha bo’lgan 
yoshlarni jamiyat talablarini o’zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida 
milliy armiya safiga tayyorlashdan iborat. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim 
jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat, 
madaniyat va mehnat, harbiy bilim ko’nikmalarini o’zlashtirishi, hayotiy tajriba 
asosida jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallashi, salohiyati va 
dunyoqarashining shakllanishida harbiy pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib 
chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo’ladigan 


13 
sifatlarni shakllantirish harbiy pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi 
hisoblanadi. Buning uchun avvalo harbiy pedagogning o’zida yangicha bilim 
berish, o’zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat 
bilan shug’ullana olish ko’nikmalari tarkib topgan bo’lishi lozim. Shu nuqtai–
nazardan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga 
zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga 
solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, 
ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi 
o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy 
bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi 
kerak”
7
.- deb ta’kidlaydi. 
Shaxs kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar 
tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining 
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa 
respublikamizda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning yo’lga qo’yilishi uchun zarur 
asoslarni yaratib berdi. 
Shaxsga 
yo’naltirilgan o’qitish avvalo ta’limning paradigmasini 
o’zgartiradi. Shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan 
bo’lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik – o’qishga 
o’rgatishga yo’naltirilgan. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega 
bo’lib, uning vazifasi eng avvalo yoshlarni mustaqil bilim olish faoliyatini 
tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo’llash 
malakalarini shakllantirishga qaratilmog’i lozim. Pedagog bunday maqsadlarda, 
o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash kerakki, ular yoshlarga 
nafaqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan 
mustaqil egallashlari, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni 
asoslashi va erishilgan bilimlardan yangi bilimlar olishlarida foydalanish 
malakalariga ega bo’lishlari lozim
8
.
7
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., 1997. 7-bet. 
8
Muslimov.N.A. harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fanl. 
dokt. ... diss. T.: 2007. – 349 b 


14 
Kadrlar tayyorlashga ijtimoiy buyurtma, mutaxassisning shaxsiy va kasbiy 
sifatlari hamda amaliy kasbiy kompetentligini ta’minlashning tarkibi va 
mazmunini tahlil qilgan holda zamonaviy pedagogni shakllantirishga 
qo’yiladigan talablar hamda ushbu talablar tuzilmasini aks ettiruvchi model 
ishlab chiqildi. Bunda biz pedagog shaxsini amaliy kasbiy kompetentlikka ega, 
yuksak darajada madaniyatli, yondash fanlar sohalarini tahlil eta oladigan, 
tarbiyalash va o’qitish metodlarini puxta egallagan va mutaxassisligi bo’yicha 
amaliy faoliyat yurita oladigan, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassis 
sifatida tavsifladik. 
Zamonaviy pedagog shaxsi modeli ta’lim tizimini modernizatsiyalash va 
taraqqiy ettirish borasida yuzaga keladigan vazifalarning muvaffaqiyatli hal 
etilishini ta’minlovchi, ma’lum sifatlarni ta’riflovchi hamda mutaxassisning o’z-
o’zini rivojlantirib borishini aks ettiruvchi tamoyillarni belgilashga xizmat 
qiladi
9

Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab 
chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi 
holatlar asos uchun qabul qilindi
10



Download 1.33 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligiga

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish